University of business and science bolalarning ijtimoiy moslashuvi



Yüklə 474,43 Kb.
səhifə13/90
tarix27.12.2023
ölçüsü474,43 Kb.
#161685
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   90
MOSLASHUV MAJMUA TAYYORlanayotgan

Makroomillar (makro-katta)-davlat, xalq, jamiyat.Bu omillar muayyan hududda yashovchi aholi ijtimoiylashuviga ta’sir qiladi.
Mezoomillar (mezo-o’rta)-hudud va yashash joyi ommaviy aloqa tarmoqlari, auditoriya, u yoki bu submadaniyatga tegishliligiga ko’ra ajratilgan guruhlarning ijtimoiylashuvi shart-sharoitlari. Mezoomillar etnik qurilmalarni shakllantirish jarayoniga, mintaqaviy sharoitlarga, shu hududning OAV lariga ta’sir qiladi.
Ijtimoiylashuvga mezoomillar mikroomillar orqali ta’sir qiladi. Mikro omillarga muayyan shaxslarga ta’sir qiluvchi omillar-oila, qo’shnilar, tengdoshlar guruhlari, tarbiya muassasalari, turli ijtimoiy, diniy, davlat, xususiy tashkilotlar kiradi.Shaxs tug’ilganidan boshlab rivojlanadigan muhit sotsium yoki mikrosotsium deyiladi.
Tashqi ijtimoiy omillardan tashqari ichki biologik omillar ham mavjud.Ularni bir-biridan mustaqil o’rganishning iloji yo’q. Zamonaviy ilmiy nazariyalarda shaxs rivojlanishining asosiy omillari sifatida biologik va ijtimoiy omillarajratib ko’rsatiladi.
Biologik omillar .Biologik irsiyat insonni inson qiluvchi umumiy jihatlarini aniqlaydi.Irsiyat deganda ota-onalardan bolalarga turli belgi, o’xshashlik, xususiyatlarning o’tishi tushuniladi. Irsiyatga ko’ra bolaga ota-onasidan inson organizmi, asab tizimi, miya va xis tuyg’u organlari, shuningdek, qomat tuzilishi, soch, teri rangi o’tadi. Bular insonni boshqa insonlardan ajratib turuvchi tashqi omillar hisoblanadi.Shuningdek irsiyat bo’yicha nerv faoliyatini rivojlantiradigan nerv xusuiyatlari ham o’tishi mumkin.Irsiyat bolaning tabiiy xususiyatlari asosida biror bir faoliyat sohasida muayyan qobiliyatlarining shakllanishini ko’zda tutadi.Psixologik ma’lumotlarga ko’ra qobiliyat insonning tabiiy xususiyati bo’la olmaydi.Bola qobiliyatlarining namoyon bo’lishi uning hayot, talim-tarbiya jarayonlariga bog’liq. Ota-onadan bolaga o’tuvchi bir qator kasalliklar mavjud-qon kasalligi, shizofreniya, epilepsiya, daun kasalligi va boshqalar. Bu kasalliklarni ginetika o’rganadi.

Yüklə 474,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə