University of business and science bolalarning ijtimoiy moslashuvi



Yüklə 474,43 Kb.
səhifə11/90
tarix27.12.2023
ölçüsü474,43 Kb.
#161685
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   90
MOSLASHUV MAJMUA TAYYORlanayotgan

Ajratish mexanizmiBu mexanizm ijtimoiylashuv mexanizmi sifatida inson o’zi uchun yomon taassurotlardan voz kechishi bilan bog’liq. Ajratish mexanizmi odatda nizolarni hal qilishdakuzatiladi
O`z-o`zini cheklash mexanizmi. Bu mexanizm ijtimoiylashuv jarayonida muhim o’rin tutadi. Agar tarbiyalanuvchiga uning yutuqlari do’stlarinikidan ko’ra ahamiyatsizroq tuyulsa, uning o’z-o’ziga hurmati pasayadi, yomon o’qiy boshlaydi. Bu o`z “Men”ini cheklab qo`yish, qiyinchiliklar oldida ojiz qolishdir. Ba’zi hollarda o’z-o’zini cheklash mexanizmini qo’llashni oqlasa bo’ladi. CHunki bu holatda moslashuv sodir bo’lishi mumkin. Biroq uzoq muddatli o’z-o’zini cheklash, o’z-o’ziga baho berishning pasayishiga olib keladi. Buning natijasida o’z salohiyatini bilmay turib tarbiyalanuvchi ilk muvaffaqiyatsizlikdan so’ng boshlagan ishini tashlab qo’yadi, oqimda suzaboshlaydi;
Loyihalash mexanizmining mohiyatini o’z kamchiliklarini boshqalarga tegishli deb hisoblash tashkil qiladi. O’ziga, boshqalarga qarshi qaratilgan salbiy hissiyotlar bilan inson o’ziga bo’lgan hurmatni saqlab qoladi. SHubhali inson hammadan gumonsiraydi, xudbin hammani xudbin hisoblaydi;
Identifikatsiyalash ijtimoiylashuvning yana bir asosiy mexanizmidir. Identifikatsiya jarayonida tarbiyalanuvchi hayolan o’zini o’rtoqlari bilan qiyoslaydi. Identifikatsiya ob’ekti nafaqat real insonlar, balki tasavvurlardagi insonlar ham bo’lishi mumkin. Identifikatsiyaning to’liq, qisman, ongli, ongsiz turlarimavjud.
identifikatsiya mexanizimi introyektsiya mexanizimi bilan juda bog’liq. Bunda boshqalarning xislatlari o’zgarmagan holda o’zlashtirib olinadi. Garchi bu mexanizm xayolan amalga oshirilsa ham uning natijalarini anglab olish qiyin emas;
Empatiya mexanizmi, ya’ni boshqa odamning hissiy holatiga hamdard bo’lish. SHaxsning muammo, qiyinchiliklarini yengishga yordam berish hissiyotga boy shaxslarning ijtimoiylashuvida muhim ahamiyatga ega;
Intellektuallashuv mexanizmida katta yoshdagi tarbiyalanuvchi abstrakt fikrlay boshlaydi va vaziyatdan chiqib ketish yo’lini o’zi uchun emas, go’yoki boshqa odam uchun qidiriyotgandek tuyuladi. Bu mexanizm tarbiyalanuvchi hayotiy muhim muammolarga (kasallik, boshqa maktabga o’tish, institutga kirish) duchor bo’lganda namoyon bo’ladi.

Yüklə 474,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə