University of business and science bolalarning ijtimoiy moslashuvi


- Jamoaning shakllanganlik darajasi



Yüklə 474,43 Kb.
səhifə7/90
tarix27.12.2023
ölçüsü474,43 Kb.
#161685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   90
MOSLASHUV MAJMUA TAYYORlanayotgan

- Jamoaning shakllanganlik darajasi. O‘zini o‘zi boshqarishning jamoa shaklining rivojlanishi bilan bog’liqlikda pedagogik taosir ko‘rsatish metodlari xam o‘zgarmasdan qolmaydi. Bizga maolumki boshqaruvning moslashuvchanligi tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan muvafaqqiyatli xamkorligining zaruriy sharti.
-Tarbiyalanuvchilarning individual o‘ziga xosliklari. Umumiy metodlar, umumiy dasturlarning o‘zi tarbiyaviy o‘zaro taosir etishning asosi bo‘la olmaydi. Ularni indivudual va shaxsiy tuzatish zarur. Insonparvar pedagog xar bir shaxs o‘ziga xosligini rivojlanishiga, o‘ziga xosligini saqlashga, o‘zining «Men»ini amalga oshirishiga imkon beradigan metodlarni qo‘llashga xarakat qiladi.
- Tarbiyaviy shart-sharoitlar. Unga moddiy, psixofiziologik, sanitar-gigienikdan tashqari sinfda yuzaga keladigan munosabatlar: jamoadagi iqlim, pedagogik raxbarlik usuli va boshqalar tegishlidir.Maolumki, mavxum shart-sharoitlar bo‘lmaydi, ular xamisha aniq. Ularni birlashuvi aniq xolatlarda ko‘rinadi. Tarbiya amalag oshadigan sharoit pedagogik vaziyatlar nomini oldi.
- Tarbiya vositalari. Tarbiya metodlari tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari sifatida yuzaga chiqadigan tarbiya vositalaridan tashkil topadi. Metodlar ular bilan mustaxkam bog’langan va birgalikda qullaniladigan boshqa tarbiya vositalari xam mavjud. Masalan, metodlarni samarali qo‘llanilishi uchun zaruriy yordam beruvchi ko‘rgazmali qo‘llanmalar, tasviriy sanoat asarlari va musiqa sanoati, ommaviy axborot vositalari.
- Pedagogik malakani egallaganlik darajasi. Tarbiyachi odatda faqat o‘zi biladigan va qo‘llashni egallagan metodlarni tanlab oladi. Ko‘plab metodlar murakkab bo‘lganligi bois, o‘kituvchida ko‘p kuch ishlatishni talab etadi. Bunday masouliyatdan bo‘yin tovlaydigan pedagoglar ularsiz faoliyatni tashkil etishga xarakat qiladi. Natijada turli obrazli, xilma-xil maqsad, vazifa, sharoitlardan kelib chiqib metodlardan foydalanishga qaraganda samarasi past bo‘ladi.

Yüklə 474,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə