University of business and science bolalarning ijtimoiy moslashuvi


b) o‘ziga xosliklariga ega bo‘lish



Yüklə 474,43 Kb.
səhifə5/90
tarix27.12.2023
ölçüsü474,43 Kb.
#161685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
MOSLASHUV MAJMUA TAYYORlanayotgan

b) o‘ziga xosliklariga ega bo‘lish;
v) unga tegishli bo‘lgan masalalarni xal qilish, uning o‘z darajasini aniqlab olishiga xalaqit beradigan xayotiy xolatlarga qarshi turish xoxishi sifatida namoyon bo‘ladi.
Agar shaxsning jamiyatga kirishida ijtimoiylashuv va individuaalashuv jarayonlari o‘rtasida tenglik yuzaga kelsa, insonning jamiyatga yaqinlashuvi ro‘y beradi. SHu bilan birga bu yerda shaxs va muxitning o‘zaro taosir etish xam sodir bo‘ladi. SHunday qilib, muvaffaqqiyatli ijtimoiylashuv moslashuv va individuallashuv o‘rtasida muvozanat saqlangandagina amalga oshishi mumkin. Bu jarayon 3 asosiy soxada amalga oshadi:
- faoliyat-turlarning kengayishi, uning shakl va vositalarini qo‘lga kiritish, erkin mo‘ljal olish.
- muomala-muomala doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish, xulq-atvor meoyorlarini o‘zlashtirish.
- anglash-shaxsiy men obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida shakllantirish, o‘z ijtimoiy mansubligi va o‘rnini anglash, o‘ziga baxo berishni shakllantirish.
Ijtimoiylashuv vositalari. Inson ijtimoiylashuvi u yoki bu jamiyat ijtimoiy qatlamlariga xos bo‘lgan universal vositalar orqali amalga oshiriladi, ularga: go‘dakni emizish va g’amxo‘rlik qilish usullari, maishiy va gigienik yurish-turish qoidalari, insonni o‘rab turuvchi moddiy madaniyat maxsulotlari, maonaviy madaniyat unsurlari (alladan boshlab ertaklargacha), muomala usuli va mazmuni, shuningdek oilada jazolash va mukofotlash uslublari, insonning xayotiy faoliyatidagi ko‘p sonli munosabatlari-muloqot, o‘yinlar, maonaviy-amaliy faoliyat, sport bilan shug’ullanish kiradi.
Xar bir jamiyat, davlat, ijtimoiy gurux ijobiy va salbiy taoqiqlar-man etish, ruxsat berish, majburlash chora-tadbirlarini ishlab chiqshadi. Bu choralar yordamida inson xulq-atvori shu jamiyatda qabul qilingan meoyoriy qadriyatlarga moslashtiriladi. Bola ijtimoiylashuvining yetakchi vositalari muomala (ota-onalar, tengdoshlar va boshqalar bilan) xamda faoliyat (o‘yin, o‘qish, ijod, sport)dir. Psixologik-pedagogik tadqiqotlar jarayonida turli yosh davrlariga turli faoliyat turlari mos kelishi aniqlangan.
Bolaning meyorida rivojlanishining eng muxim shartlaridan biri bu muomala. Muomala va faoliyatning yetakchi turlariga nisbatan quyidagi yosh davrlari qo‘llaniladi:
-go‘daklik davri-bevosita xissiy-ruxiy;
-go‘daklikdan keyingi davr-predmetli faoliyat;
-maktabgacha davr-rolli o‘yinlar;
-ilk maktab davri-o‘quv faoliyati;

- o‘smirlik davri-kasb taolimi faoliyati;



-o‘spirinlik davri-shaxsiy muloqo tfaoliyati.

Yüklə 474,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə