University of business and science bolalarning ijtimoiy moslashuvi



Yüklə 474,43 Kb.
səhifə6/90
tarix27.12.2023
ölçüsü474,43 Kb.
#161685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
MOSLASHUV MAJMUA TAYYORlanayotgan

Ijtimoiylashuv agentlari. Insonning voyaga yetishida, uning shakllanishi jarayonida, u bevosita munosabatda bo‘lgan kishilar muxim o‘rin tutishadi. Ularni ijtimoiy pedagogikaga oid adabiyotlarda ijtimoiylashuv agentlari deb xam nomlanadi. Turli yosh davrlarida agentlarning tarkibi turli bo‘ladi. Bolalar va o‘smirlar uchun ota-ona, aka-uka, opa-singillar, qarindoshlari, tengdoshlari, qo‘shnilar agent bo‘lishlari mumkin. Yoshlik davrig kelib agentlar qatoriga turmush o‘rtog’i, xamkasblari xam qo‘shilishlari mumkin. Ijtimoiylashuvdagi tutgan o‘rinlariga, inson uchun qanchalik axamiyatli ekanligiga qarab agentlar xam farqlanadi: faol taosir etuvchi va faol taosir ko‘rsatmaydigan.
Ijtimoiylashuv mexanizmlari. Insonning ijtimoiylashuvi turli omillar, agentlar bilan xamkorlikda va bir qator mexanizmlar asosida amalga oshadi. Fransuz olimi Gabriel Tard Amerikalik Uri Bronfenbrener, rus olimlari V.S.Muxina va A.V.Petrovskiylarning tadqiqotlari ijtimoiylashuv mexanizmlariga turli yondoshuvlarni keltirib chiqaradi. Mavjud maolumotlarning umumlashtirilishi quyidagi mexanizmlarni aloxida ajratib ko‘rsatish imkonini beradi:
Ijtimoiy tarbiya va uning bosqichlari. Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Maqsad nafaqat metodlarni oqlaydi, balki ularni aniqlab beradi. Maqsad qanday bo‘lsa, unga erishish metodlari unga muvofiq bo‘lishi zarur. 
- Tarbiya mazmuni. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. SHuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan bog’lash g’oyat muximdir.
- Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini xisobga olish. U yoki shunga o‘xshash vazifalar tarbiyalanuvchilarning yoshi bilan bog’liqlikda xal qilinadi. Yosh bu oddiygina qancha yashaganligi son ko‘rsatkichi emas. Unda egallangan ijtimoiy tajriba, psixologik va axloqiy sifatlarning rivojlanganlik darajasi o‘z aksini topadi. Aytaylik, masouliyat tuyg’usini boshlang’ich taolim, o‘rta taolim va o‘rta maxsus, kasb-xunar taolimi muassasalarida taolim olayotgan o‘quvchilarda xam shakllantirish mumkin. Biroq xar bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish borasida turli metodlar qo‘llaniladi.

Yüklə 474,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə