University of business and science bolalarning ijtimoiy moslashuvi


-Mavzu: Ijtimoiy pedagogika fan sifatida



Yüklə 474,43 Kb.
səhifə3/90
tarix27.12.2023
ölçüsü474,43 Kb.
#161685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
MOSLASHUV MAJMUA TAYYORlanayotgan

1-Mavzu: Ijtimoiy pedagogika fan sifatida.
Reja: 1.Ijtimoiy pedagogika falsafaning tarkibiy qismi.
2.Ijtimoiy pedagogikaning ilmiy fan sifatidagi tuzilmasi.
3.Ijtimoiy pedagogikaning amaliy ahamiyati.
Tayanch tushunchalar: ijtimoiy falsafa, shaxs va uning shakllanishi, jarayon, inson va jamiyat, ijtimoiy muhit, ilmiy fan, metodologiya, tuzilma, amaliy faoliyat
Ijtimoiy falsafa — jamiyat va inson muammolari, insonning jamiyatdagi o‘rni, munosabatlari haqidagi fandir. Ijtimoiy falsafaning asosiy tushunchalari ijtimoiy adolatlilik va insonni ximoya qilish, insonning ijtimoiy muhitdagi o‘rni, insonning jamiyatdagi o‘rni kabilardir. Uning vazifasi, nazariy tomondan jamiyat rivojlanish jarayoni va undagi insonning o‘rnini talqin qilishdir.
Jamiyat va shaxs — ijtimoiy falsafaning asosiy muammosi, hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda shaxsning rivojlanishi, uning jamiyatdagi bog‘liqligi va jamiyatning insonlarga bog‘liqlik masalasidir. Ijtimoiy pedagogikada shaxs — tarbiya ob’ektidir. Shaxs va uning rivojlanishi, shaxsning yoshiga xos hususiyatlari ta’lim va tarbiya jarayoni, muhit va tarbiyaning shaxs rivojlanishidagi ta’siri va boshqalar. Falsafa ham, pedagogika ham inson va davlat, inson va avlod, inson va oilaning bir —biriga ta’siri, bu jarayondagi shaxsning rivojlanishi, uni shakllanishini o‘rganadi. Ijtimoiy pedagogikaning masalalaridan biri —bu shaxs va muhitning munosabatlaridir. Hozirgi zamon sharoitida bizning mamlakatda ijtimoiy falsafa jamiyatdagi bo‘layotgan o‘zgarishlarni aks ettiradi, yangi siyosiy, iqtisodiy, oilaviy, milliy va diniy munosabatlar shular jumlasidandir. Hozirgi zamon oilasi, undagi tinchlik, maktab va ta’lim, yoshlar va jamiyat, shahar va tabiat, bozor va byudjet, milliy munosabatlar yangicha fikrlash va tushuncha xosil qilishni taqazo etadi. Chunki bu muammolar markazida shaxs, inson taqdiri turadi ijtimoiy iqtisodiy, madaniy va ta’limiy muammolarning o‘zaro mutanosibligi hisoblanadi Ijtimoiy falsafa va ijtimoiy pedagogikaning o‘zaro aloqasini, ulardagi umumiylikni biz nimada ko‘rishimiz mumkin? Ijtimoiy falsafa — inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarining asosiy muammolarini aniqlaydi, ijtimoiy pedagogika esa bo‘ muammolarning bir qismini bartaraf etishda muhim rol o‘ynaydi. Bu muammolar: shaxs va muhit, shaxs va ta’lim, shaxs va oila, shaxs va ma’naviy madaniyat, shaxs va uning ijtimoiy mehnatga tayyorgarligi va ishtirokidir. Shunday qilib hozirgi zamon sharoitida inson va tabiat deb atalmish ijtimoiy — falsafiy muammo juda muhim bo‘lib turibdi. Ijtimoiy pedagogika o‘zgarayotgan muhitning shaxsni shakllanishiga ta’sirini, yangi jamiyatda o‘sib kelayotgan avlodga ta’lim berish ijtimoiy muammosi qanday hal qilinayotganini taxlil qiladi. Ijtimoiy falsafa ijtimoiy pedagogikaga nisbatan metodologiya hisoblanadi. Zotan jamiyatning ijtimoiy muammolari mavjud ekan, ular ijtimoiy pedagog, ijtimoiy xodimga yordam berishga da’vat etilgan. Ijtimoiy falsafa o‘zida jamiyatning turli qatlamlari manfaatlarini aks ettiradi. U inson oldida turgan ijtimoiy, maishiy, iqtisodiy, tabiiy, huquqiy muammolarni hal etish bilan birga psixologik va pedagogik muammolarni ham bartaraf etishga sharoit yaratadi. Ijtimoiy pedagogika shaxs va jamiyat muammosiga murojat qilgan holda insonning jamiyatdagi munosabatlarini tartibga soladi. Ayrim tang hollarda ayrim oilalarga o‘smirni jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga hayotiy sharoitlarga moslashishiga yordam beradi. Ijtimoiy pedagogika yangi iqtisodiy munosabatlarni oiladagi munosabatlarga va bolalar tarbiyasiga ta’sirini taxlil qiladi. Ijtimoiy pedagogika birinchi navbatda bolalik muammolariga murojat qiladi. Hamda u shaxs tarbiyasi uning ma’naviy axloqiy sifatlarini shakllanishi murakkab vaziyatlarda qo‘llab — quvvatlanishi masalalariga murojat etgan holda bolaga jamiyat hayotiga moslashishiga yordam beradi. Bugun ijtimoiy pedagogika insonni jamiyatdagi o‘rni haqidagi, shaxsning ijtimoiylashtirish haqidagi, hozirgi zamon sharoitida bolalik qiyinchiliklari haqidagi bilimlar majmuidir.
Ijtimoiy pedagog amaliyoti bolaga (o‘smirga) jamiyatda ijtimoiy — ma’naviy muvozanatni saqlashga, yangi munosabatlarni yaratishga yo‘naltirilgan. Ijtimoiy pedagogika o‘z oldiga qanday asosiy maqsadlarni qo‘yayotganini yuqoridagi fikrlardan bilib olsa bo‘ladi. Shuning uchun ijtimoiy pedagogika ijtimoiy falsafa singari boshqa fanlar: psixologiya, fiziologiya, anatomiya, mantiq, tibbiyot, iqtisodiyot bilan uzviy aloqada bo‘lmay turib faoliyat yurita olmaydi.
Ijtimoiy pedagogika ilmiy fan sifatida o‘zining ob’ekti deb inson va sotsiumning o‘zaro ta’siri (turlicha ko‘rinish va hollarda) hisoblanadi, ya’ni xodisa va jarayonlarning o‘ta yaxlitligi amaliy ijtimoiy — pedagogik faoliyat uchun manba va o‘zgartirish soxasi bo‘lib qoladi. Ijtimoiy pedagogika ilmiy fanning predmeti bo‘lib bu xolat shaxs va sotsium o‘zaro ta’sirining umumiy va pedagogik qonuniyatlari hisoblanadi. Aynan mana shu tomoni uni boshqa pedagogik fanlarda farqini ko‘rsatadi va unga o‘zaro bog’liqlik va oshkoralik harakterini kasb etadi.
Ushbu fan maqsadi — inson va sotsium o‘zaro ta’siriga ilmiy pedagogik asos bo‘lish, amaliyot ishlar darajasida bu o‘zaro ta’sirini har tomonlama uyg‘un bo‘lishi uchun ijtimoiy.— pedagogik faoliyatni ilmiy asosini sifat va samaradorligini yuqori ko‘tarish.
Ushbu maqsadga erishish ilmiy fan sifatida ijtimoiy — pedagogika vazifasi orqali hal etiladi. Bular bilim (tadqiqot) variantlari tavsiya beruvchi, ta’limiy, o‘zaro bog‘lovchi vazifalaridir.
Ijtimoiy pedagogika ilmiy fanining vazifalari 3 guruhga bo‘lingan:
1.Birinchi (Nazariy – amaliy) guruh — ijtimoiy pedagogika faoliyatini tadqiq etish bilan bog‘liq sotsium rivojlanishi qonuniyatlari, undagi munosabatlar, sub’ektlar va institutlarning ijtimoiy ishlari; ijtimoiy pedagogik faoliyatining turli ko‘rinishlar va tiplarda, ular taxlilining turlicha darajalarda ziddiyatlarni izlab topish, ularni hal etish tendensiyalarini aniqlash; ijtimoiy sohadagi mutahassis faoliyatining prinsiplari, mazmuni, usullari metodlari va shakllarini ishlab chiqish; ijtimoiy institutlarning yuzaga keltirishning tashkiliy asoslari; faoliyat ko‘rsatish, chet mamlakatlar hodimlari, tashkilotlari va institutlarini ijtimoiy pedagogik faoliyatini tahlil etish va tajribalarini baholash bilan bog‘liqdir.
2. Ikkinchi guruh - vazifalari hususiy (shaxsiy) metodologik, nazariy va ilmiy metodik asosini shakllantirish maqsadiga ega; ijtimoiy — pedagogik ilmiy yo‘nalish mazmunini tanlab olish, ilmiy bilimlar sohasi sifatida ijtimoiy pedagogikani mantiqiy, ilmiy fanni jamlash.
3. Uchunchi guruh - vazifalari ijtimoiy sohada kadrlarni tayyorlash uchun ta’lim kopleksini nazariy asosi bilan ya’ni ijtimoiy xodimlar, ijtimoiy pedagog, ijtimoiy yuristlar tayyorlash bilan bog‘liq. Bu ijtimoiy pedagogikaning uchunchi sifat ko‘rsatkichi bilan belgilanadi.
Ijtimoiy pedagogika boshqa gumanitar fanlar va ilmiy — yo‘nalishlar bilan mustahkam bog‘liq. Jumladan, u ijtimoiy falsafa, ijitimoiy siyosatshunoslik, ijtimoiy psixologik, ijtimoiy huquq, ijtimoiy informatika va statistika; shuningdek boshqarish nazariyasi, ijtimoiy meditsina va boshqalar bilan bog‘liqligi ham mavjud. Ijtimoiy pedagogika ma’lum darajada (o‘z tabiatiga ko‘ra) fanlararo ilmiy fan hisoblanadi, fanda ham va jamiyatda ham o‘zining ochiqcha harakteri bilan ajralib turadi. Ijtimoiy pedagogikaning umumiy fanlar tizimida inson va jamiyat to‘g‘risidagi fan sifatidagi o‘rnini aniqlab uning boshqa fanlar bilan aloqasini hisobga olish uning metodologik asosiini aniqlash imkonini beradi.
Ijtimoiy pedagogikaning ilmiy fan sifatidagi tuzilishi Ijtimoiy ishlar falsafasi, ijtimoiy siyosat, ijtimoiy — iqtisodiy, ijtimoii — psixologik, ijtimoiy ma’naviy-ma’rifiy va boshqa ijtimoiy ishlar bilan birga ijtimoiy pedagogika ham rivojlanib bormoqda.
Amaliy faoliyatning sohasi sifatida ijtimoiy pedagogikani predmeti — mavzu baxsi inson ijtimoiy aqlini turlicha ko‘rinishi va hillaridagi o‘zaro ta’siri yoki o‘zaro munosabati hisoblanadi. Uning maqsadi bo‘lib, insonning ijtimoiy faoliyatini saqlash, tiklash, quvvatlash, rivojlantirish uchun ijtimoiy aql va ta’lim o‘zaro munosabatlarini har tomonlama uygunligini ta’minlaydi. Bunday har tomonlama uyg‘unlashtirish asosan uch yo‘nalishda mazkur shaxsning ijtimoiy rivojlantirish, muhitni pedagogikalashtirish, inson bilan mazkur muhitni o‘zaro ta’sirini optimallashtirish orqali amalga oshiriladi. Amaliy faoliyat sohasi sifatida ijtimoiy pedagogika u yoki bu sotsium bilan o‘zaro ta’sir xolatidagi insonga yo‘naltirilgan. Bunday o‘zaro ta’sir ishtirokchilarini shartli tarzda 3 ta katta:
ijtimoiy — istiqbolli;
ijtimoiy — stabil;
ijtimoiy — muammoli guruhlarga bo‘lish mumkin.
Insonlarni u yoki bu guruhga ajratish mezonlari sifatida ularning qimmatli mo‘ljallar va hayotiy maqsadlariga qaratilgan yo‘nalishlar hamda ularning jamiyat tomonidan tan olingan ijtimoiy boyliklariga mos kelishi kerak. Bunday guruhlash usuli ijtimoiy pedagogik faoliyat bilan murakkab xolatga tushib qolgan shaxslarning (nogiron, narkoman va hokazo) muammolariga tezkor e’tibor berish imkoniyatini beradi. Mavjud shaxsni muammoli xolatini hal etish (axolini mazkur ijtimoiy muammoli qismga aloqador qismiga tegishli) bilan mazkur sohada maxsus kasb tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassislar shug‘ullanmog‘i zarur.
Bu o‘rinda o‘sha shaxs ijtimoiy pedagogning mijozi sifatida emas, balki ijtimoiy — pedagogik faoliyatning bevosita hamkori bo‘lib qolsagina faoliyat samarali bo‘ladi. Bunday yondashuv ijtimoiy — pedagogik faoliyatning, profilaktik, ogohlantiruvchi harakterda bo‘lishini ta’minlaydi va u axolini shakllanayotgan muammoli guruhini shakllanishini oldini olish va kelib chiqish sabablarini bartaraf etish yoki ogohlantirish, aholini ijtimoiy muammoli guruhini ijtimoiy Ijtimoiy pedagogika Ijtimoiy pedagogikaning tarixi Ijtimoiy pedagogika metodologiyasi Qiyosiy ijtimoiy pedagogika Ijtimoiy pedagogikaning umumiy masalalari Ijtimoiy pedagogikaning turli davrlarda rivojlanish tarixi Ijtimoiy pedagogika tarixining qatlami Ijtimoiy – pedagogika tarixiyilmiy tadqiqot ob’ekti Ijtimoiy pedagogikaning metodologik asoslari Ijtimoiy-pedagogik fan sifatida Ijtimoiy pedagogika ilmiy-tadqiqot faoliyat ob’ekti Ijtimoiy pedagogikaning ilmiy – ma’rifiy faoliyati Ijtimoiy pedagogika ilmiy-ta’limiy faoliyati Dunyoviy ijtimoiy pedagogik fikrlar Ijtimoiy pedagogikaning xududiy rivojlanishi Ijtimoiy pedagogikaning dunyo mamlakatlarida rivojlanishi. Ijtimoiy pedagogikaga doir ilmiy tadqiqotlar.
Xorijiy mamlakatlarda mutaxassislar tayyorlashning ijtimoiy muxiti — stabil guruhga aylantirish, ijtimoiy stabil guruhini ijtimoiy — istiqbolli guruhlarga o‘tkazish hisobiga kengaytirish uchun zarur sharoitlarni yaratish, ijtimoiy — istiqbolli guruhlar stabilligini saqlashdan iborat.
Ko‘plab tadqiqotchilarning fikricha amaliy faoliyatning bir soxasi sifatida ijtimoiy pedagogika integrativ — ta’limning, adabtiv — korrektsion, ekspressiv — yo‘naltiruvchi, nazorat — sanksionerlarni amalga oshiradi. Ularning o‘zaro birlashuvi o‘zgartiruvchi vazifa bilan shaxsiy pedagogik yo‘naltiruvchi kuchga ega bo‘ladi. Yuqoridagi vazifalarga muvofiq ijtimoiy pedagogikani ob’ektiv — mavzu soxasi va maqsadli yo‘nalishi bilan birga uning vazifalari belgilanadi. Ular adabtatsiya, reabilitatsiya, mobilizatsiya, kompensatsiya, profilaktika, korreksiya, stabilizatsiya, nazorat, targ‘ibot, maorif, ma’muriy va boshqalardan iborat. Ijtimoiy pedagogika juda keng imkoniyatlar maydoniga ega bo‘lib, davlat va jamiyatning tuzilma elementlari bilan belgilanadi. Davlat tizimida u o‘zining ta’sirini ta’lim institutlariga, sog‘liqni saqlashga, madaniyat, fan, ishlab chiqarish, boshqaruv organlari, ijtimoiy ximoya organlari va sotsiumning boshqa institutlariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Bundan tashqari u axolini turli ijtimoiy guruhlarga ijtimoiy birlashmalar, harakatlar va tashkilotlar, shuningdek diniy muassasalarga, ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolar jamiyatining ijtimoiy institutlariga ta’sir o‘tkazadi. Jumladan, biznes soxasida ijtisoiy pedagogika kichik, o‘rta va katta biznes korxonalariga xomiylik qiluvchilar turli ko‘rinishda vosita sifatida ta’sirini o‘tkazishi mumkin, eng muhimi ushbu soxa ichida ishlovchi va ishlamaydigan axoli uchun ijtimoiy dastur korxonasini shakllantirish, shuningdek ijtimoiy sohani rivojlantirishda ushbu sektor - investitsiyasini jalb etishdan iborat. Funksional jihatdan bunday ta’sir butunicha ijtimoiy muhitni pedagoglashtirishda, sotsiumning turli institutlarini pedagogik imkoniyatlaridan foydalanishda namoyon bo‘ladi. Olib borilgan tadqiqotlar jarayonida ijtimoiy — pedagogik faoliyatni asosiy umumiy va o‘ziga xos texnologiyasi aniqlanadi va tahlil etiladi. Umumiy texnoligiya ichida — ijtimoiy pedagogik tashxis, baholovchi, prognoz qilish, modellashtirish, yaxlitlash dasturlari mavjud. Ushbu dasturlarda qayta aloqa va ijtimoiy — pedagogik faoliyatning bilish va qayta o‘zgartiruvchi axborotlar bilan ta’minlash texnologiyalari o‘z ifodasini topishi zarur. Bular birgalikda ijtimoiy pedagogik faoliyatni texnologik jarayonining zanjirli siklini tashkil etadi. Unga xususiy (o‘ziga xos); ijtimoiy — pedagogik adaptatsiya va reabilatatsiya, profilaktika va kompensatsiya, ta’minlash va mobilizazatsiya, korreksiya va stabillashtirish, targ‘ibot — tashviqot texnologiyalarini hal etish kiradi. Ijtimoiy pedagogikani rivojlanishini o‘ziga xos hususiyatlari ishlab chiqilgan, sinab qo’rilgan va amaliy faoliyatda qo‘llanilgan innovatsion ijtimoiy pedagogik modellar, aholini turli guruhlar bilan ishlarini tashkil etish hisoblanadi. Amaliy ishlar tajribalarini umumlashtirish va oddiy manbalarni shu jumladan pedagogika tarixi bo‘yicha manbalarni umumlashtirish 3 — ta asosiy strategiya yo‘nalishini asoslash imkonini berdi va shunga muvofiq o‘z prinsiplari asosida maqsadlarga erishish va vazifalarni hal etishni ta’minlovchi ijtimoiy pedagogikani rolini ko‘rsatib berdi.
Birinchi strategiya — insonni sotsiumga kiritish, ya’ni uni ijtimoiylashtirish, ijtimoiy tarbiyani shakllantirish, rivojlantirish.
Ikkinchi strategiya — sotsiumni pedagoglashtirish (uning pedagogik imkoniyatlarini to‘laligicha foydalanish, samaradorligini oshirish).
Uchunchi strategiya ijtimoiy — pedagogik faoliyat maqsadiga ko‘ra optimallashtirish prinsiplari asosida inson va sotsium o‘zaro ta’sirini boshqarish. Shunga ko‘ra birinchi strategiya bilan u shaxsni ijtimoiy rivojlantirish; ikkinchi strategiyaga muvofiq ijtimoiy muhit pedagogikasi sifatida; nihoyat uchunchisiga muvofiq ijtimoiy ish pedagogikasi sifatida ishtirok etadi.

Nazorat savollari: 1. Ijtimoiy falsafaning asosiy tushunchalari nimalardan iborat?


2. Ijtimoiy falsafaning bosh muammosini nima tashkil etadi?
3. Nima sababdan ijtimoiy pedagogika ijtimoiy falsafaning tarkibi qismi hisoblanadi?
4. Ijtimoiy pedagogikaning ilmiy bilimlar tizimidagi o‘rni qanday?
5. Ijtimoiy pedagogikaning amaliy turmush jarayonidagi ifodasi nimalarda ko‘rinadi?



Yüklə 474,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə