University of business and science bolalarning ijtimoiy moslashuvi


O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi tarixi



Yüklə 474,43 Kb.
səhifə17/90
tarix27.12.2023
ölçüsü474,43 Kb.
#161685
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   90
MOSLASHUV MAJMUA TAYYORlanayotgan

2.O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi tarixi. Ijtimoiy pedagogika fani bundam 200 ming yil oldin ham mavjud bo‘lgan. Faqat unda bu fan pedagogikaning tarkibida bo‘lgan. Pedagogik sotsiologiya fanining ilk kurtaklari Yevropa va Osiyoda yozilgan. Bu fan asosan 820-829 yillardan boshlab rivojlangan, albatta fan bo‘lib emas. xozirda ped. sotsiologiya fan sifatida kiritilgan.
Pedagogik sotsiologiya sotsiologiya fanining tarmog’i sifatida. Har bir fan aniq bir haqiqatdan “o‘sib chikadi”, uning aksini ifodalaydi. Ilmiy bilimlar amaliy faoliyatidan uzilgan xolda rivojlana olmaydi. Aynan amaliyot istalgan fanning manbayi hisoblanadi. Boshqa tomondan, barcha amaliy faoliyat ham agar ilm fan yutuqlariga asoslangan bo‘lsa yanada samarali bo‘ladi. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida ham, amaliy faoliyat muhiti sifatida ham farqlaydilar, aslida ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq. Amaliy faoliyat - bu ijtimoiy pedagogikaning aniq bir bola yoki bolalar guruhi bilan olib boradigan ishidir.
Ijtimoiy pedagogika o‘quv fani sifatida ham oldinga chiqishi mumkin. O‘quv fani - bu umumta’lim yoki maxsus ta’lim muassasalalarida o‘rganiladigan predmetdir. O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatga ega - fan, ilmiy bilimlar sohasida maxsus amaliy faoliyat hamda o‘quv fani sifatida. qadim antik davrlardayok bolani himoya qilish maqsadida o‘z ijtimoiy pedagogik tarbiyaga oid muammolarni oldinga surganlar.
Eramizdan avvalgi 7-6 asrlar Markaziy Osiyo xududida jahon dinlari orasida eng kadimgi din zardushtiylik dini xukumronlik qildi. Bu din insoniyatga katta ta’sir qildi, ya’ni insonni birinchi o‘ringa olib chikdi. Zardushtiylar muqaddas kitobi “Avesto” (olovga siginish) o‘z erasining o‘ziga xos komusiy asari deb hisoblash mumkin. Zardusht dinda axloqiy me’yorlar asosi (axloqiy mezonlar) uchlikka tayangan edi. “Avesto”da - inson yaxshi fikrlarga ega bo‘lishi, faqat yaxshi so‘zlar va savob ishlar qilishi lozim deb yozilgan (xulq atvor)
O‘zbekistonda ommaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rivojlanishi va unda bolalarning ijtimoiylashuvi tarixi. O’zbekistonda maktabgacha tarbiyaning yuzaga kelishi o’tgan asrning 10-20 yillariga to’g’ri keladi. Bu davrda Turkistonda bolalarni gimnaziyaga kirishga tayyorlovchi xususiy bolalar bog’chalaridan tashqari boshqa maktabgacha tarbiya muassasalari bo’lmagan.
Biroq 1919 yilda davlatdagi siyosiy va iqtisodiy holat munosabati bilan o’sib kelayotgan avlodning sog’ligini saqlash, oziq-ovqat bilan ta’minlash masalalari bilan shug’ullanuvchi “Bog’chalarni himoyalash Kengashi” tuzildi. Bu davrda bollarni davlatning yanada sermahsul mintaqalariga ko’chirib keltirish, shuningdek, ularni ovqat, kiyim-kechak, uy, yoqilg’i, tibbiy yordam bilan ta’minlash masalalari yechilgan. Bu masalalarni yechishning asosiy vositasi ommaviy oshxonalar, yasli va bog’chalar, boshqa tomondan esa ayollarni respublikaning jamoat va siyosiy hayotida faol ishtirok etishga yordam bo’lgan.
Maktabgacha tarbiya ishini aniq tashkil qilish uchun 1918 yilda respublikada Toshkentning eski shahri o’zbek bolalari uchun 4-bolalar bog’chasi tashkil qilindi. 1919 yilda esa Samarqandda 2-bolalar bog’chasi va 3-bolalar uyida maktabgacha guruhlar ochildi. 1926 yilga kelib maktabgacha ta’lim muassasalarida (jami 40 ta) 2000ga yaqin bolalar bo’lgan.
1930 yilda O’zbekistonda respublikaning barcha katta shaharlari va viloyatlarida o’z bo’linmalariga ega bo’lgan maktabgacha tarbiya pedagogik maslahatxonasi tashkil qilindi. Uning faoliyati doimiy ma’ruzalar, radio suhbatlar, ayollar uchun ko’rgazmalar tashkil qilishdan iborat edi. Ular uchun bolalarga eng yaxshi burchak qilish bo’yicha musobaqa ham o’tkazilgan. Pedagogik maslahatlar beruvchilar oilalarga borishgan va bolalar burchaklarini tashkil qilishgan va shu bilan bolalarni bog’chalarga qabul qilish tartiboti hamda oilalarning tarbiya masalalari bo’yicha maslahat berish bilan birlashtirilgan.
1933-1934 yillarda sanab o’tilgan harakatlar natijasida O’zbekistonda 3840 ta kolxoz maydonchalari bo’lib, unda 127 ming bolalar qatnashgan. 1933 yil bolalar bog’chalari uchun ilk dastur loyihalarini ishlab chiqarish yilisifatida muhrlandi Rusiy zabonbolalar bog’chalari dasturlari asosida tuzilgan bu dasturlar keyinchalik mahalliy sharoitlarni inobatga olib qayta tuzilgan. Maktabgacha tarbiya birlashmalarining metodik faoliyati yagona markaz tomonidan rahbarlikni amalga oshirishga ehtiyoj sezgan. 1934 yil Toshkentda tuzilgan Respublika maktabgacha tarbiya metodik honasi shunaqa markaz vazifasini bajardi.
Ommaviy maktabgacha tarbiyaning rivojlanishida eng katta to’siqlardan biri malakali kadrlarning yetishmasligi bo’lgan. Qishloq aholisidan kadrlar tayyorlash uchun qisqa muddatli 3 oylik kurslar tashkil qilingan. Bundan tashqari XX asrning 70-yillari boshidan maktabgacha tarbiya mutaxassislarini tayyorlash vazifasi pedagogik o’quv yurtlari zimmasiga qo’shildi. 1930 yildan Toshkentda faoliyat yurituvchi pedagogik o’quv yurti 1936 yilda 60 ta mutaxassis tayyorladi.
Natijada 1938-1939 yillarda respublikada 927 ta bolalar bog’chasi ochilgan edi va ularda 36710 ta bola bor edi. Maydonchalar soni esa 4835 ta bo’lib ularda 152000 bola bor edi. Shu bilan birga bu vaqtda onalar uchun “Bolalar xonalari” nomli maktabgacha tarbiya muassasalari ham tuzilgan.

Yüklə 474,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə