Amaliyotga keng tadbiq qilingan eng ko‘p
sonli antibiotiklar, demak
sanoatda
ishlab chiqariladigan, aktinomisetlar xosil qiladigan biologik faol
moddalarga kiradi. Bu antibiotik moddalar turli xil
kimyoviy tuzilishga va keng
spektrli biologik ta’sirga ega bo‘lgan bir qancha gurux birikmalardan iborat:
1-gurux. Aminoglikozidlar.
Bu gurux aktinomisetlar antibiotiklari molekulasida
glikozid bog‘i bor moddalardir: streptomisin,
Streptomyces griseus
xosil qiladi.
Streptomyces fradiae
,
Str.albogriseolus
lar ishlab
chiqaradigan neomisinlar;
Str.kanamyceticus
sintezlaydigan kanamisinlar;
Micromonospora purpurea
ishlab
chiqaradigan gentomisinlar;
Micromonospora olivoasterospora
sintezlaydigan
fortimisin;
Saccharopolyspora hisuta subsp.kobensis
sintezlaydigan sporarisin,
Str.sannanensis
sintezlaydigan sannamisinlar va boshqa bir qancha moddalar.
Kanamisin -
streptomisinga
nisbatan
Mycobacterium tuberculosis
larga ta’siri
bo‘yicha bir qadar faol bo‘lib, tuberkulyozga qarshi antibiotik xisoblanadi. 1972 yil
kanamisinning kimyoviy modifikasiyalangan varianti - amikasin olindi. Bu
polisintetik antibiotik kanamisin, gentamisin va qator aminoglikozidlarga rezistentli
bo‘lgan patogen bakteriyalarning o‘sishini to‘xtatadi.
Fortimisinlar -
dastlab 1976 yili Xirosima (ßponiya)
shaxri tuproqlaridan
Micromonospora olivoasterospora
kulüturasidan ajratilgan bo‘lib, fortimisin A va
fortimisin V kabi antibiotiklar grammanfiy patogen bakteriyalarni o‘sishini
to‘xtatadi.
Dostları ilə paylaş: