foydalana oladiganayrim xom-ashyolar odam va xayvonlar uchun zaxarlidir.
SHunday ekanmikroorganizmlar fermentlar sintez qilish bilan bir qatorda, atrof-
muxit muxofazasiuchun xam xizmat qiladilar.
Ayrim fermentlarning sintezlanish miqdori mikroorganizmlar
xujayrasida
judayuqori bo‘lishi mumkin. Masalan: ribulezobisfosfatkarboksilazaning miqdori
ayrimvaqtlarda fototrof bakteriyalar sintez qiladigan suvda eriydigan oqsilning 40-
60% ni tashkil etadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek ko‘p mikroorganizmlar katta miqdorda kulütural
muxitga chiqadigan fermentlar xosil qiladilar. Bu fermentlar asosan oqsil, kraxmal,
sellyuloza, yog‘larni va boshqa suvda erimaydigan moddalarni parchalaydigan
gidrolazalarga ta’luqlidir. Bir qancha fermentlar faqat mikroorganizmlardagina
uchraydi. Molekula xolidagi azotdan ammiak xosil
qilishda ishtirok etadigan
nitrogenaza
fermenti
azotni
o‘zlashtirish
qobiliyatiga
ega
bo‘lgan
bakteriyalardagina uchrashi aniqlangan.
Ayrim bakteriyalarning xarakterli xususiyatlaridan yana biri ularning
anorganik substratlarni: ammiakni, nitritlarni, sulüfid
va oltingugurtni boshqa
birikmalarini, va shunga o‘xshash ikki valentli temirni oksidlash qobiliyatidir.
Bunday jarayonlarni amalga oshishi mikroorganizmlarda aloxida fermentlarning
mavjudligi bilan bog‘liqdir. Bir qancha bakteriyalar va suv o‘tlari molekula xolidagi
vodorod xosil qilishi xamda oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini olib boruvchi
degidrogenaza fermentlari saqlashi aniqlangan.
Ko‘pchilik bakteriyalar ularga metan, metanol, metillangan aminlarni,
uglerod oksidini va boshqa bir xil uglerodli birikmalardan
substrat sifatida
foydalanib, o‘sish va rivojlanishga yordam beradigan fermentlarni sintezlash
qobiliyatiga ega. Atrof muxitni, uni ifloslantiruvchi bir qancha moddalardan
tozalash mikroorganizmlar ishlab chiqaradigan
fermentlar xisobiga amalga
oshiriladi, ular plastmassa, pestisidlarni va boshqa zaxarli murakkab birikmalarni
oddiy tarkibiy qismga parchalab yuboradilar.
Dostları ilə paylaş: