Subtilin. Subtilinni
Bacillus subtilis kulüturasi xosil qiladi, kimyoviy tarkibi
polipeptiddir. Grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan, shular
qatorida kislotaga chidamli basillalar xam faol ta’sir ko‘rsatadi. Sabzavotlarni
konservalashda subtilinni qo‘llab, termik ishlov berishdan birmuncha saqlaniladi, bu
konservada vitaminlar saqlanishi va mazasini yo‘qotmasligida katta axamiyatga ega.
Nizin - yuqori molekulali peptid,
Streptococcus lactis sintezlaydi. Nizindan tibbiyot
amaliyotida foydalanilmaydi, uni tomat, ko‘k no‘xat, gul karam va boshqa
maxsulotlarni konservalashda qo‘llaniladi. Pishloq saqlashda xam samarali natija
beradi. Antibiotik bir qancha termofil spora xosil qiluvchi bakteriyalar taraqqiyotini
to‘xtatadi. Odam uchun zararli emasligi bilan xarakterlanadi.
O‘simlikshunoslik, oziq-ovqat va konservalashda antibiotiklar qo‘llanganda, ular
doimiy ravishda mutaxassislar va muvofiq organlar nazorati ostida bo‘lishlari shart.
Shunday qilib, antibiotiklarni o‘rganish va ulardan amalda foydalanishga fan va
amaliyotning ko‘p soxasidagi mutaxassislar qiziqib kelishmoqda.
Nazorat savollari: 1. Batsitratsin olish qanday amalga oshiriladi?
2. Grizin preparatlarini qanday olish usullari bor?
MA’RUZA № 8 Mavzu: Fermentlar ishlab chiqarish .
Reja: 1. Qattiq oziqa sirtida o‘stirish usuli.