Urganch davlat universiteti bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti «biotexnologiya»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/113
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160957
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   113
Urganch davlat universiteti bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizl

Grizin ishlab chiqarish
 
Grizin antibiotigi - streptotrisinlar gruppasiga ta’luqli bo‘lib, u 
Act.griseus 
zamburug‘ining maxsuli xisoblanadi. Antibiotik kulrangsimon oq rangda juda 
gigroskopik, suvda va organik erituvchilarda tez eriydi. Grammusbat va grammanfiy 
bakteriyalarga mikroskopik zamburug‘larga faolligi yuqori. Toza xoldagi grizin 
preparatining faolligi yuqori darajada bo‘lib, 1000 ed (mg/l) gacha etadi. 
1. Ozuqa preparati sifatida kormogrizin 5, 10, 40 shakllari ishlab chiqarilmoqda, 
ular sariq rangdan to‘q jigar ranggacha bo‘ladi va 1 g tayyor preparatda 5, 10, 40 g 
toza xoldagi antibiotik mavjud 
2. Ozuqa muhita ostirish. 
Grizin ishlab chiqarish texnologiyasi sifatida yuqorida keltirib o‘tilgan antibiotilar 
tayyorlash texnologiyalari qabul qilingan. Ekish materialini kolbalar, ekish 
uskunasida va fermentyorlarda o‘stirish uchun bir xildagi oziqa muxiti 
komponentlari qo‘llaniladi(%): 
* Kraxmal – 1,5−1,8; 
* Makkajo‘xori uni − 2,0; 


* Osh tuzi − 0,2; 
* Oxak − 0,3; 
* Ammoniy nitrat − 0,5; 
* Kaliy digidrofosfat − 0,02. 
Kolba va ekish uskunalarida o‘stirish davomiyligi 26−280S xaroratda 24 soatni 
tashkil etadi. YUqorida keltirilgan komponentlardan tashqari sanoat asosida 
o‘stirishda qo‘llaniladigan oziqa muxiti tarkibidan quyidagi komponentlar chiqadi 
(%): 
* Magniy sulüfat − 0,05; 
* Ammoniy sulüfat − 0,6; 
* Ammoniy nitrat − 0,7; 
* Ko‘piklantiruvchi vositalar − 0,2. 
Fermentatorda o‘stirish davomiyligi 26−28
0
C xaroratda, doimiy aralashtirish va 
aerasiyada 48−60 soatni tashkil etadi. Kulütural suyuqlik fermentasiyadan so‘ng 
50
0
С xaroratda vakuum ostida bug‘lantiriladi va bunda uning xajmini 3-4 
marotabaga qisqartishga erishiladi. SHundan so‘ng bug‘lantirilgan suyuqlik purkab 
quritgich moslamaga yo‘naltiriladi va namligi 10% atrofida bo‘lgunicha quritiladi. 
Quritgich kamerasining xarorati boshlanishi 1500S ni, chiqishda esa 65
0
C ni tashkil 
etadi. Сhorvachilik uchun grizin preparatlar − oziqagrizinlar − tarkibida antibiotic 
moddalar saqlashiga ko‘ra farqlanadi (g/kg): oziqa grizini−5; oziqagrizini 10 va 
oziqa grizini−40. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə