Urganch davlat universiteti bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti «biotexnologiya»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/113
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160957
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   113
Urganch davlat universiteti bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizl

2. 
Ekish materialini olish.
3.
Oziqa muhiti tayyorlash. 
4. 
Produtsent –kulturalarni o'stirish.
5.
Kulturani quritish. Texnik va toza ferment preparatlarini olish.
 
Tayanch atamalar:
 
enzim, lipaza, invertaza, produtsent, ferment, fermentyor. 
Fermentlarning biokimyoviy va kimyoviy tarkibi 
Fermentlar (enzimlar) - xilma-xil biokimyoviy va kimyoviy reaksiyalarni 
amalga oshiruvchi oqsil tabiatiga ega bo‘lgan biokatalizatorlardir. Fermentlardan 
biologik katalizator sifatida odamlar, turli xil soxadagi amaliyfaoliyatlarida keng 
foydalanib kelishmoqda. Fermentlar manbai xayvon to‘qimalari, o‘simliklar 
xujayralari va mikroorganizmlar bo‘lishi mumkin. Xozirgi zamonda ikkimingdan 
ortiq fermentlar borligi aniqlangan, ulardan bir necha yuztasi aloxida moddasifatida 
toza xolda ajratib olingan.
 
Mikroorganizmlar fermentlar ishlab chiqaruvchi manba sifatida aloxida 
qiziqishuyg‘otadi, chunki ular arzon muxitda tez o‘sadilar. Ishlatiladigan ozuqa 
tarkibigaqarab, kerakli fermentni, xoxlagancha tayyorlash imkoniyatini beradilar. 
Buningustiga ko‘pgina mikroorganizmlar fermentlarni o‘z xujayra qobiqlaridan 
tashqarigachiqaradilar, bu esa mikroorganizmlardan yanada faolroq foydalanish 
imkoniyatini yaratadi. 
Metabolizmning 
katta 
intensivligidan 
tashqari 
mikroorganizmlar 
biomassasinio‘sish tezligi juda kattadir. Bu qisqa vaqt orliqida ayrim vaqtlari 24-72 
soat ichida ferment ajratish uchun juda katta miqdorda xam-ashyo olish mumkin, 
uni xayvon vao‘simlik xom ashyolari bilan solishtirib bo‘lmaydi. 
Ko‘plab mikroorganizmlarning muxim xususiyatlaridan yana biri ular 
ozuqasifatida xar xil chiqindilardan foydalanib o‘sish qobiliyatiga egadirlar 
(sellyuloza, neftuglevodorodlari, metan, metanol va boshqalar). Mikroorganizmlar 


foydalana oladiganayrim xom-ashyolar odam va xayvonlar uchun zaxarlidir. 
SHunday ekanmikroorganizmlar fermentlar sintez qilish bilan bir qatorda, atrof-
muxit muxofazasiuchun xam xizmat qiladilar. 
Ayrim fermentlarning sintezlanish miqdori mikroorganizmlar xujayrasida 
judayuqori bo‘lishi mumkin. Masalan: ribulezobisfosfatkarboksilazaning miqdori 
ayrimvaqtlarda fototrof bakteriyalar sintez qiladigan suvda eriydigan oqsilning 40-
60% ni tashkil etadi. 
Yuqorida ta’kidlanganidek ko‘p mikroorganizmlar katta miqdorda kulütural 
muxitga chiqadigan fermentlar xosil qiladilar. Bu fermentlar asosan oqsil, kraxmal, 
sellyuloza, yog‘larni va boshqa suvda erimaydigan moddalarni parchalaydigan 
gidrolazalarga ta’luqlidir. Bir qancha fermentlar faqat mikroorganizmlardagina 
uchraydi. Molekula xolidagi azotdan ammiak xosil qilishda ishtirok etadigan 
nitrogenaza 
fermenti 
azotni 
o‘zlashtirish 
qobiliyatiga 
ega 
bo‘lgan 
bakteriyalardagina uchrashi aniqlangan. 
Ayrim bakteriyalarning xarakterli xususiyatlaridan yana biri ularning 
anorganik substratlarni: ammiakni, nitritlarni, sulüfid va oltingugurtni boshqa 
birikmalarini, va shunga o‘xshash ikki valentli temirni oksidlash qobiliyatidir. 
Bunday jarayonlarni amalga oshishi mikroorganizmlarda aloxida fermentlarning 
mavjudligi bilan bog‘liqdir. Bir qancha bakteriyalar va suv o‘tlari molekula xolidagi 
vodorod xosil qilishi xamda oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini olib boruvchi 
degidrogenaza fermentlari saqlashi aniqlangan. 
Ko‘pchilik bakteriyalar ularga metan, metanol, metillangan aminlarni, 
uglerod oksidini va boshqa bir xil uglerodli birikmalardan substrat sifatida 
foydalanib, o‘sish va rivojlanishga yordam beradigan fermentlarni sintezlash 
qobiliyatiga ega. Atrof muxitni, uni ifloslantiruvchi bir qancha moddalardan 
tozalash mikroorganizmlar ishlab chiqaradigan fermentlar xisobiga amalga 
oshiriladi, ular plastmassa, pestisidlarni va boshqa zaxarli murakkab birikmalarni 
oddiy tarkibiy qismga parchalab yuboradilar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə