Urganch davlat universiteti bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti «biotexnologiya»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/113
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160957
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   113
Urganch davlat universiteti bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizl

B.mesentericus 
PB uchun - 36 soat bo‘lsa, 
Asp.awamori 
uchun esa 144 
soatni tashkil etadi. 
pH ko’rsatkichining ta’siri
Mikroorganizmlarni qattiq oziqa muxiti sirtida o‘stirishda muxitning pH 
ko‘rsatkichi uning namligi kam va kuchli buferli bo‘lganligi sababli fermentlarning 
xosil bo‘lish jarayonlariga kam ta’sir qiladi. Lekin pH ko‘rsatkichi suyuq oziqa 
muxitida asosiy xal qiluvchi axamiyatga ega bo‘lib, oziqani sterilizasiya qilishda va 
kulüturani o‘stirish davomida tez o‘zgaradi. Qattiq oziqa muxitlari sirtida 
produsentlarni o‘stirish jarayonida ular suv bilan namlanadi va namlangan 
muxitning pH ko‘rsatkichi 5,0-5,6 tashkil qiladi. Ko‘pincha oziqa muxiti sifatida 
ishlatilgan o‘simlik bo‘lakchalari xlorid, sulüfat yoki sut kislotalarining kuchsiz 
eritmasi bilan namlanadi va ularning pH ko‘rsatkichi 4,5-5,0 atrofida bo‘ladi. 
Kislotalarni qo‘shish natijasida oziqa muxiti mikroskopik zamburug‘larning o‘sishi 
uchun selektiv sharoitga aylanadi. Bunda xavo va oziqani sterilizasiya qilish 
xarajatlari bir muncha kamayadi. 
Suyuq oziqa muxitlari pH ko‘rsatkichi mikroorganizmlarni o‘stirishda juda 
kata axamiyatga egadir. Eng ko‘p e’tiborni albatta, oziqaningg boshlang‘ich va 
sterilizasiya xamda mikroorganizm o‘sishi paytida kation va anionlarni iste’mol 
qilishi natijasida o‘zgaradigan pH ko‘rsatkichiga berish kerak. SHunday iste’mol 
natijasida kulütural suyuqlik yo kislotali yoki ishqorli muxitga o‘tib ketadi. 
Muxitning mo‘tadil pH ko‘rsatkichi produsentning xususiyatiga bog‘liq va shunga 
qaramay ba’zi umumiy qonuniyatlarni ko‘rish mumkin. 
Zamburug‘ va achitqi mikroblariga o‘xshash organizmlar pH ko‘rsatkichi 
3,8-5,6 bo‘lgan sharoitda yaxshi o‘sadi va ferment xosil qiladi. Bakteriyalar esa pH 
ko‘rsatkichi neytral (6,2-7,4) qiymatlarda faol rivojlanadi. ßna shunday ma’lumotlar 
borki agarda pH ko‘rsatkichi faqat ma’lum bir qiymatda ushlab turilsa bunday 


sharoitda o‘stirilgan produsent bitta kerakli fermentni xosil qilishi mumkin. 
Ko‘pchilik mikroorganizmlar pH omili ta’siriga juda ta’sirchan bo‘ladilar va bu 
ko‘rsatkichning sezilarli darajada salbiy yoki ijobiy tomonga o‘zgarishi, ularning 
ferment xosil qilish qobiliyatlariga birdaniga ta’sir qiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə