Urganch davlat universiteti bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti «biotexnologiya»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/113
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160957
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   113
Urganch davlat universiteti bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizl

Xaroratning ta’siri.
 
Ko‘pgina fermentlarning produsentlari, xususan mikroskopik 
zamburug‘lar, mezofil mikroorganizmlar xisoblanadi va ularning rivojlanishi uchun 
mo‘tadil xarorat 22-32
0
C atrofida bo‘ladi. 
Fermentlarni bakterial produsentlari orasida ko‘pgina termofillari xam 
uchraydi va ularni mo‘tadil o‘stirish xarorati 35-55
0
S dir. Masalan, 
B.mesentericus 
PB bakteriyasi 37
0
S ni talab qilsa, 
Bac.diastaticus 
60-65
0
C ni, 
Asp.oryzae 
esa atigi 
28-30
0
S ni talab qiladi. Xamda lipaza fermentining produsenti 
Rhizopus 
microsporus 
zamburug‘ining faol rivojlanishi va ferment xosil qilishi uchun 40
0

xarorat mo‘tadil xisoblanadi. 
Sanoatda termofil mikroorganizmlardan foydalanishning bir qancha ijobiy 
tomonlari bor. chunki ularni yuqori xaroratda o‘stirilganda jarayonning sterilligiga 
bo‘lgan 
talabni 
o‘z-o‘zidan 
kamaytiradi. 
Bundan 
tashqari 
termofil 
mikroorganizmlar yuqori xaroratga bardoshli bo‘lgan fermentlarni xosil qiladi. 
Xarorat xosil bo‘layotgan ferment miqdorining o‘zgarishida katta axamiyatga 
egaligi bilan xam ajralib turuvchi omildir. 
Mikro va makroelementlar ta’siri.
 
Mikroorganizmlarni o‘stirish uchun oziqa 
muxitlarini tayyorlashda ferment sanoati yoki qishloq xo‘jaligi o‘simliklari 
qoldiqlaridan keng ko‘lamda foydalaniladi. qattiq oziqa muxitlari asosan qishloq 
xo‘jaligi o‘simliklarining qoldiqlarini maydalab, namligini ma’lum darajaga keltirib 
va unga boshqa makro va mikroelementlarning eritmalarini aralashtirib 
tayyorlanadi. 
Suyuq oziqa muxitlari tayyorlashda esa kam eruvchan komponentlardan 
miqdori cheklangan xolda foydalanish mumkin. Aks xolda uning erimagan 
qoldiqlari oziqa muxiti va kulütural suyuqlikni qayta ishlashda xalaqit beradi. Oziqa 
muxiti tarkibiga xar xil o‘simlik va ferment sanoati qaynatmalari va gidrolizatlari 
dag‘al filütratlarini xamda spirt bardasi, mikroblar biomassasi plazmolizatlari, 


aminokislotalar va boshqalarni qo‘shib tayyorlash mumkin. Bularda yirik 
qoldiqlarning bo‘lmasligi to‘xtovsiz o‘stirish jarayonida juda katta axamiyatga ega. 
Suyuq oziqa muxitlari tarkibida, odatda 2,5% dan 20% gacha quruq moddalar eritma 
xolida bo‘ladi. Muxitning pH ko‘rsatkichi uni tayyorlash vaqtida va 
sterilizasiyasidan keyin nazorat 
qilinadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə