Urganch davlat universiteti bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti «biotexnologiya»


Fermentlar va ularning klassifikasiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/113
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160957
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   113
Urganch davlat universiteti bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizl

Fermentlar va ularning klassifikasiyasi 
Fermentlar kataliz qilish hususiyatlariga ko’ra asosiy 6 guruhga bo’linadi. 
1) oksidareduktazalar; 2) transferazalar; 3) gidrolazalar; 4) liazalar; 5) izomerazalar) 
6) ligazalar. Bular orasidan sanoat miqiyosida ko’plab gidrolazalar ishlab 
chiqarilmoqda. Dunyo miqiyosida ishlab chiariladigan asosiy fermentlar oqsil 
tabiyatli bo’lib, kompleks ta’sirga egadir. Ferment ishlab chiqarish texnologiyasida 
gidrolazalarning amilolitik, proteolitik, lipolitik va boshqa turlari keng miqiyosda 
ishlab chiqarilmoqda. Rossiyada ferment preparatlari ishlab chiqarishning tozalash, 
ferment olish manbalari sistemalashtirilgan. Ferment preparatlarini nomlashda 
olinadigan ferment preparatlarining produsentlariga va preparat nomining oxiriga 
“in” qo’shimchasi qo’shish orqali amalga oshiriladi. Masalan, Aspergillus oryzae va 
Bacillus subtilis kulturalaridan olinadigan ferment preparatlariga amilorizin va 
amilosubtilin deb nom berilgan. Nomlarning oxiriga ta’sir mexanizmlari sonlari 
kiritiladi. Mikroorgonizmlarni ozuqa muhitining quyi qismida o’stirib ferment 
preparatlai olinsa ferment nomining oxirida G xarfi, mikroorgonizmlarning yuqori 
ozuqa muhitida o’stirib ferment preparatari olinadigan bo’lsa P xarfi qo’shilib nom 
beriladi. 
Agar prparatlarimiz tozalanmagan fermentlar bo’ladigan bo’lsa preparat 
nomi oxiriga “X” xarfi yoziladi. Tozalanish darajasini ko’rsatish maqsadida “G” , 
“P” va “X” xarflari orasida indeks kiritilishi mumkin. Masalan Indeks 2 kulturadan 
ajratilgan suyuq, tozalanmagan kontsentrat ekaanligini bildiradi.Indeks 3 esa, 
mikroorgonizmlarni ozuqa muhitining quyi, yoki yuqori qismida o’stirish yo’li bilan 
olingan quritilgan, tozalanmagan ferment preparati hisoblanadi.Indeks 10 Tuzlar 
yoki orgonik cho’ktiruvchilar yordamida cho’ktirib, quritilib olingan preparatlar 
ekanligini bildiradi. Indeks 15,18, 20 ferment preparatlarining ballast brikmalardan 
tozalanib faqat bir hil tipdagi fermentlardan tashkil topganligini billdiruvchi 
indekslar xisoblanadi. 



Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə