Urganch innovatsion university



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə6/101
tarix19.12.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#150850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
O`z. eng y.tarixi o`quv uslubiy majmua 2023

Birinchidan, davlatlar paydo bo‘lishining osiyocha ishlab chiqarish usuliga asoslangan "SHarq yo‘li" bo‘lib, unda iqtisodiyotning asosini sug‘orma
dehqonchilik tashkil etgan; dehqonchilik jamoasi jamiyatning birlamchi yacheykasi edi; aholining katta qismini safarbar etish zaruriyati prinsipial boshqaruvchilar tabaqasini taqozo etgan.
Ishlab chiqarishning osiyocha usuli miloddan avvalgi IV ming yillikdan milodiy I asrgacha yirik daryolar vodiylarida joylashgan Misr, Bobil, Xitoy, Hindiston, O‘rta Osiyo kabi mintaqalarda yoyilgan.
Davlat tuzilmasining ikkinchi, «Evropa yo‘li» Evropa mintaqasida mil.avv.V asrdan boshlab miloddiy III asrgacha qadimgi polislarida mavjud bo‘lgan. Ularda xususiy mulkchilik shakllanishi tufayli kelib chiqqan jamiyatning ijtimoiy mulkiy tabaqalanishuvi jarayoni (sinflar shakllanish jarayoni) asosiy omil bo‘ldi.
Ma’lum bir qabila, elat va xalqqa xos hamda muayyan hudud bilan bog‘liq bo‘lgan davlatchilikning paydo bo‘lishi va rivojlanish bosqichlari boshqa xalq va hududlardagi davlatchilik jarayonlariga aslo mos tushmaydi. SHunga qaramay, Qadimgi SHarqdagi ilk davlatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi ko‘pgina umumiy jihatlarga ega ekanligini ta’kidlash joizdir. Aynan mana shuning uchun ham O‘rta Osiyoda ilk davlatlarning paydo bo‘lishi Qadimgi SHarq davlatchiligi tarixi bilan o‘zviy bog‘liqdir.
Qadimgi SHarq turli hududlaridagi tabiiy sharoit o‘ziga xos bo‘lib, ko‘pincha davlatlarning paydo bo‘lishi ushbu holat bilan bevosita bog‘liq edi. Ayniqsa, yirik daryolar - Nil, Dajla, Frot, Hind, Ganga, Xuanxe, Amudaryo va Sirdaryo Qadimgi SHarq xalqlari tarixiy taqdirida juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Ijtimoiy va hududiy birlikning asosi hisoblangan jamoalar mavjudligi Qadimgi SHarq ijtimoiy tuzilmasining muhim o‘ziga xos tomoni edi. Barcha Qadimgi SHarq davlatlari (ayrim shahar-davlatlar bundan mustasno) juda ko‘plab qishloq jamoalaridan tashkil topgan bo‘lib, ularning har birida boshqaruv tartibi mavjud edi. Yirik ishlar, ayniqsa sug‘orish tartibi bilan bog‘liq ishlar amalga oshirilganda ko‘pgina jamoalar birlashuvi davlat hokimiyati rolining oshishini ta’minlar edi.
Ko‘p hollarda tadqiqotchilar jamoalarning birlashuvi natijasida paydo bo‘lgan davlatchilik tizimini murakkab sug‘orish tartibi tashkil etilishi, erlarni sun’iy sug‘orilishi, daryo vohalari va tog‘ oldi hududlarining o‘zlashtirilishi hamda to‘g‘onlarning qurilishi bilan bog‘laydilar. YUqoridagi omillarning mavjud bo‘lganligi aniq. Lekin, fikrimizcha, ularni tashkil etish nazorat va boshqaruvni, hisob-kitobni talab etar edi. Demak, buning uchun yozuvchi mirzalar, hisob- kitobchilar va hukmdorlar zarurati tug‘ilgan. Mehnat qurollari tayyorlash uchun hunarmandlar faoliyat ko‘rsatgan. Ushbu murakkab tizim xavfsizligini ta’minlash uchun qurolli guruhlar tuzish, hamda ma’lum hududlarni mudofaa inshootlari bilan o‘rab olish kerak bo‘lgan. SHu tariqa jamiyatda ikkita yangi tuzilma- shahar va davlat paydo bo‘la boshlaydi.
Davlat yoki shahar-davlat ma’lum hududlarni o‘z nazoratiga olishi va bu hududlarni kengaytirib borishi natijasida chegaralar paydo bo‘lgan. Hududlarning kengayishi va chegaralarning o‘zgarishi natijasida davlatlar o‘rtasida urushlar kelib chiqadi. CHegaralar masalasida ta’kidlash joizki, qadimgi davrlarda ular ko‘p
hollarda tog‘lar va dasht hududlar orqali, ayrim hollarda esa daryolar orqali o‘tgan. SHuning uchun ham tarixiy yondashuv shuni talab etadiki, tarixning turli davrlarida davlatlar chegaralari o‘zgarib turgan va hozirgi chegaralarga mutlaqo mos tushmaydi.
O‘rta Osiyo, umuman O‘zbekiston hududlarida dastlabki davlatchilikning paydo bo‘lishi masalalari tadqiqotchilar orasida hamon bahslarga sabab bo‘lib kelmoqda Bu o‘rinda ushbu jarayonga asosiy turtki bo‘lib yanada jadallashtirgan omillarni aniqlash nihoyatda muhimdir1. Bronza davridayoq sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik O‘rta Osiyo xo‘jaligining asosini tashkil etgan. Sug‘orma dehqonchilikning yuqori unumdor shakllari jamiyatda hal qiluvchi o‘zgarishlarga olib keldi. Xususan, dehqonchilik rivoji natijasida qo‘shimcha mahsulot va xususiy mulk ko‘rinishlari paydo bo‘ldi.
O‘rta Osiyoda ilk davlat uyushmalari sun’iy sug‘orish birmuncha qo‘lay bo‘lgan Amudaryo (yuqori, o‘rta, quyi) oqimlari bo‘ylarida, Murg‘ob vohasida, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida shakllanib rivojlanadi. Bunday holatni dunyo tarixidagi dastlabki davlatlar – Misr (Nil) va Mesopotamiya (Dajla va Frot) misolida ham ko‘zatishimiz mumkin.
YUqorida ta’kidlaganimizdek, dastlabki yirik shahar markazlarining paydo bo‘lish muammolari davlatlar paydo bo‘lishi masalalari bilan o‘zviy bog‘liq muammo hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, bizga qadar etib kelgan yozma manbalar O‘rta Osiyo hududlarida ilk davlatlar paydo bo‘lishi haqida nisbatan aniq ma’lumotlar bermaydi. Bu o‘rinda arxeologik ma’lumotlarning ahamiyati beqiyosdir.
Jamiyat hayotida metallning keng yoyilishi – dastlabki shaharlar va davlatchilikning asosiy omillardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib O‘rta Osiyoning juda ko‘plab bronza va ilk temir davri yodgorliklaridan (Anov,Sopolli, Jarqo‘ton, Qiziltepa, Ko‘zaliqir, Afrosiyob, Daratepa, CHust, Dalvarzin va boshq.) ishlab chiqaruvchi xo‘jalik bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan metall qurollar topib o‘rganilgan. Mehnat qurollarining metalldan ishlanishi mehnat unumdorligining yanada oshishiga keng imkoniyatlar yaratdi.
So‘nggi bronza davriga kelib hunarmandchilikning ixtisoslashuvi va alohida xo‘jalik tarmog‘i sifatida shakllanib rivojlanishi jamiyatdagi iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, asosini ilk shaharlar tashkil etgan davlatchilikning paydo bo‘lishi uchun muhim bo‘lgan qo‘shimcha mahsulot ko‘payishiga turtki bo‘ldi. Ilk davlatlarning paydo bo‘lishida ilk shaharlardagi o‘zaro ayirboshlash, savdo-sotiq va madaniy aloqalarning ham ahamiyati nihoyatda katta bo‘lgan. So‘nggi bronza davriga kelib shimoldagi ko‘chmanchi chorvador qabilalar va janubdagi o‘troq dehqonchilik aholisi o‘rtasida o‘zaro mol ayirboshlash va madaniy aloqalar yanada jadallashadi. Janubiy va shimoliy hududlardan topilgan topilmalaridagi juda ko‘pgina o‘xshashliklar bu hududlar o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy va madaniy aloqalardan, qadimgi yo‘llarning taraqqiy etganligidan dalolat beradiki, bu jarayonlar ham dastlabki shaharlar bilan birga ilk davlatchilikning asosiy omillaridan hisoblanadi.
Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, turli tarixiy viloyatlarda joylashgan yirik mustahkam maskanlar o‘rni va atroflarida (Sopolli, Jarqo‘ton, Namozgoh, Dalvarzin, Qiziltepa, Erqo‘rg‘on, Bandixon, O‘zunqir) dastlabki shahar markazlari shakllanib rivojlana boshlaydi. Ilk shaharlar qishloqlardan iqtisodiy, siyosiy va madaniy mavqei bilan ajralib turgan. Bunday shaharlar o‘zlari joylashgan vohalarning siyosiy, iqtisodiy, madaniy, diniy va harbiy markazlari vazifalarini bajargan bo‘lishi shubhasizdir.
Davlatning dastlabki bosqichlarini o‘rganishda Zardo‘shtiylarning muqaddas diniy kitobi Avestoning ahamiyati beqiyosdir. Olimlarning e’tirof etishlaricha, Avesto SHarq xalqlari qadimgi davrini tadqiq etishda hozircha muhim manba bo‘lib, u o‘zining bu ahamiyatini bundan buyon ham saqlab qoladi. Bu kitob dastavval, e’tiqodlar, tillar va dinlar, bir so‘z bilan aytganda, ma’naviy hayot rivojlanishi bosqichlari haqidagi ilk to‘plam hisoblanadi. Ta’kidlash lozimki, bu jarayonlar davlatchilik va iqtisodiy rivojlanishning umumiy doirasida bo‘lib o‘tgan.
Avesto davri turli qabila va elatlar, jamoalar e’tiqodlarining mukammal jahon dini darajasidagi din bilan almashayotgan davr edi. SHuningdek bu davr tub iqtisodiy o‘zgarishlar va ishlab chiqarishda sifatiy olg‘a siljishlar davri bo‘lganligi bilan ham izohlanadi-ki, bu holat ierarxik to‘zumga ega bo‘lgan davlatchilik hamda urbanizatsiyaning yangi bosqichga ko‘tarilishiga, kasbiy hunarmandchilik, birinchi galda, metallurgiyaning rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratgan edi. Mis, bronza keyinroq esa temirning paydo bo‘lishi ishlab chiqarishdagi katta o‘zgarishlarga, jumladan, hunarmandchilikning maxsus tarmoqlarga ajratilishiga va mahsulot ayirboshlashga olib keldi-ki, bu jarayon shaharlarning shakllanishi hamda rivojlanishiga, dehqonchilik va chorvador aholi turmush tarzida tub o‘zgarishlar bo‘lishiga imkon yaratdi.
Avestoda ilk davlat uyushmalari hisoblangan bir qator tarixiy-madaniy viloyatlar sanab o‘tiladi. Ular orasida Aryanam Vayjo (oriylar tekisligi), Gava Sug‘da, Mouru, Bahdi, Nisaya kabilar bo‘lib, fikrimizcha, ular O‘rta Osiyo, Janubiy Uraloldi va Markaziy Qozog‘iston hududlarida joylashgan. Bu ulkan mintaqada muhim polimetallar makonlari, Amudaryo va Sirdaryo quyi oqimlarida keng yaylov hududlar, Baqtra, Mavr, Niso va Sug‘dda urbanizatsiyalashgan markazlar mavjud edi.
Avesto madhiyalarida ma’lum ijtimoiy bosqichlardagi izchillik va ierarxiyani ko‘zatish mumkin. SHuningdek, Avestoda ilk shaharlar shakllanishi bosqichlari Axuramazda farmoni bilan dastlabki odam Yima tomonidan mustahkamlangan «vara» bunyod etishi misolida ko‘zatiladi. Bunday «vara»lardan biri arxeologlar tomonidan Janubiy Ural-Qozog‘iston «shaharlar o‘lkasi»dan topilgan bronza davriga oid Arkaim yodgorligida bo‘lishi mumkin. Arkaim yodgorligi bir necha mustahkamlangan manzilgohlardan iborat bo‘lib, handaqlar va ko‘p qatorli mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan, kirish qismi himoyalangan. YOdgorlik murakkab va aniq tuzilishga ega. YOdgorlik hududlaridan hunarmandchilikning avvalo, metall eritish va unga ishlov berishning izlari, bronzadan yasalgan buyumlar topilgan. Avesto madhiyalarida eslatilgan «vara» shaklidagi himoyalangan inshootlar bunyod etilishi shahar madaniyati belgilarini, ijtimoiy-madaniy taraqqiyotning yuqori darajasini, nom davlatlar ko‘rinishidagi shaharlar shakllanishini o‘zida aks ettiradi. Bu jarayonning bosqichma-bosqich rivojlanishi esa O‘rta Osiyoning janubiy va markaziy hududlarida ko‘zatiladi.
Ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, O‘rta Osiyoda eng qadimgi davlatlarning shakllanish jarayoni dehqon-chorvachilik iqtisodiyoti, ixtisoslashgan hunarmandchilik va shahar markazlarining paydo bo‘lishi bilan o‘zviy bog‘liqdir. Hozirgi kunga qadar olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari bu hududlarda ilk temir davridagi ijtimoiy-siyosiy rivojlanishning ayrim muhim masalalarini yangi asosda izohlashga imkoniyat yaratadi. Ammo, shunga qaramasdan bu masala to‘liq echimini topmagan bo‘lib, xususan, O‘rta Osiyo eng qadimgi davlatlari tipologiyasi va xronologiyasi, davlatchilik taraqqiyotida ilk shaharlarning ahamiyati muammosi shular jumlasidandir.
Markaziy Osiyo hududidagi ilk davlat uyushmalari. O‘zbek
davlatchiligi va uning tarixiy bosqichlari.
Vatan tarixining dolzarb muammolaridan biri davlatchiligimiz tarixidir. SHuning uchun ham Respublikamiz prezidenti Islom Karimov 1998 yil iyun’ oyining oxirlarida bir guruh yetakchi tarixchilar va ziyolilar vakillari bilan uchrashganda bu masalaga alohida ahamiyat berdi. O‘zbek davlatchiligining paydo bo‘lishi, asoslari va rivojlanish bosqichlari konkret ko‘rsatilmaganligini tahkidlab o‘tdi.
Bu muammoning kun tartibida turish sabablari shundan iboratki, keyingi vaqtda o‘zbek davlatchiligi tarixini Vatanimiz hududiga turli davrlarda kirib kelgan ko‘chmanchi xalqlar davlatlaridan boshlashga intilish kuchayib bordi. Bazilar buni zo‘r istihola bilan niqoblab aytsalar, bazilar jar solib, shu ko‘chmanchilik davlatlari bilan farxlanishga chaqirdilar.
Islom Karimov suhbatida “Ko‘chmanchilar kelgunga qadar bu yerda davlatchiligimizga asos bo‘lgan mahalliy davlatlar bormidi o‘zi?”, deb savol berganlari bejiz emas. Davlatchilik masalasi ham ilmiy, ham siyosiy masala. Bu haqda prezidentimiz Islom Karimov shunday deydilar:
“Davlatchilik bugungi kunda o‘ta siyosiy masala bo‘lib turibdi. Nega deganda, O‘zbekistonda davlatchilik bo‘lmagan, deb orqavarotdan tashviqot yuritayotgan, shu fikrni ongimizga singdirmoqchi bo‘layotgan, kerak bo‘lsa, halqaro jamoatchilikni shunga ishontirishga urinayotgan kuchlar hali bor. Bunday g‘alamislar orasida qanday qilib bo‘lsa ham bizni yana sobiq SSSR ga qaytarish niyatida yurganlar yo‘q, deysizmi? O‘zbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasi mana shu dahvoning ‘uch ekanligini isbotlash, davlatchiligimizning ilmiy nuqtai nazardan asoslangan tarixini yaratishdir”.
Tarixchilarimiz oldiga prezidentimiz havola qilgan bu muammo jiddiydir: u hali jiddiy tadqiqotlarni kutadi. Ammo shunga qaramay, mavjud ilmiy fikrlarning oqini-oqiga, qorasini- qorasiga ajratib, yagona ilmiy to‘xtamga kelsa bo‘ladi. SHuning uchun ham I.Karimov: “Eng mo‘tabar, qadimgi qo‘lyozmamiz “Avesto”ning yaratilganiga 3000 yil bo‘lya’ti. Bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig‘ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir. “Avesto” ayni zamonda bu qadim o‘lkada buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo‘lganidan guvohlik beruvchi tarixiy xujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi”, deganida to‘la haqli edi. “Xo‘sh, o‘zbek davlatchiligi qaysi asrda paydo bo‘ldi? Qanday tarixiy bosqichlarni bosib o‘tdi?”, degan savollarga javob berish mumkinmi? Asosan mumkin. Buni prezidentimizning yuqoridagi so‘zi ham ko‘rsatib turibdi. O‘zbek davlatchiligi tarixiga to‘xtalishdan oldin, umuman davlatchilik tushunchasi masalasida biroz so‘z yuritishga to‘g‘ri keladi. Davlatchilik deganda davlatning paydo bo‘lishi, ya’ni davlat bo‘lib uyushishi, uning tuzumi va tizimini tushunamiz. Davlat, aslida jamiyatni tashkil etishning siyosiy shaklidir. Davlat - bu hokimiyatning fuqarolar bilan bo‘lgan aloqalar va munosabatlar majmuasidir. Davlatning paydo bo‘lishi, uning tuzumi va bu davlatning boshqarish tizimi mamlakat va xalqlarning ijtimoiy taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Bu sohada qonunchilikning roli buyukligini alohida ko‘rsatish kerak. O‘zbek xalqining qonunchilik anhanalari juda qadimiydir. Qonunchilik bizning Vatanimizda miloddan avvalgi yillardayoq shakllangan va o‘rta asrlarda takomillashgan. Haqiqatda esa mustaqillikka erishganimizdan keyingina qonunchilik o‘z mavqeiga ega bo‘ldi. prezidentimiz olg‘a surgan besh tamoyildan biri - qonunning ustivorligi tamoyili ekanligi ham buning isbotidir. CHunki, qonunchilikka asoslanmagan davlat tuzumi mamlakat taraqqiyotining samaradorligini tahminlay olmaydi. Davlatchilikning asosiy poydevorlari borki, davlat bu poydevorlarsiz o‘z vazifasini ado etolmaydi. Bular hokimiyat va ijroiya organlari, sud, ‘olitsiya, moliya va soliq tizimi, armiya, Konstitutsiya va boshqa qonunlardir. Davlatning muhim vazifalari bor. Bu vazifalar davlatning ichki va tashqi siyosatini yurgizish orqali amalga oshiriladi. Ichki siyosat, asosan, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotini tahminlashga qaratilgan bo‘lsa, tashqi siyosat davlatning mudofaasini mustahkamlashga, chet el davlatlari bilan iqtisodiy, harbiy va madaniy aloqalarini boshqarishga, di’lomatik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan bo‘ladi.Endi rejadagi I-masala ustida fikr yuritamiz.
Davlatchiligimiz asosi qaerda va qaysi zamonda boshlanadi, degan savolga kelsak, tarixchilarimiz, ayniqsa, buyuk o‘zbek olimi Yahyo G‘ulomov va rus akademigi S.’.Tolstovlarning ilmiy xulosalariga asoslanib, asosan Xorazmda yuzaga kelgan “Avesto” muqaddas kitobiga tayanib, davlatchiligimizning asosi, prezidentimiz suhbatda aytganlariday, bundan 2700-3000 yil muqaddam Xorazmda boshlangan deb javob berish mumkin bo‘ladi. Akademik A.Asqarovning ilmiy fikriga ko‘ra, ‘arkana (Farg‘ona), Baqtriya davlatlari ham 2800-3000 yil ilgari yuzaga kelgan. Biroz keyinroq Vatanimiz tarixida muhim o‘rin egallagan. So‘g‘diyona davlati vujudga keldi. Ilgari aytganimizday, ko‘chmanchilar tuzgan davlatlarning Vatanimiz davlatchiligidagi o‘rnini inkor etib bo‘lmaydi. Ammo davlatchiligimizning shakllanishi jarayonida “tubjoy” davlatlarning o‘rni va roli beqiyos buyukdir.
Davlatchiligimiz tarixini asosan, besh bosqichga bo‘lib o‘rganamiz. Birinchi bosqich so‘nggi bronza davri (miloddan oldingi I ming yillik boshlari)dan Eron Ahmoniylari istilosigacha bo‘lgan davr (miloddan avvalgi VI asr o‘rtalari).
Tarixchi olim A.Sahdullaevning yozishicha (“O‘zbekiston tarixi” “Universitet nashriyoti, 1997”) ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, mil.avv. I ming yillikning boshlarida Markaziy Osiyoning nisbatan rivojlangan viloyatlarida ilk davlat uyushmalari paydo bo‘la boshladi. So‘nggi bronza davrida mehnatning dastlabki yirik taqsimoti ro‘y beradi. CHorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqadi. Iqtisodiy hayotdagi siljishlar tufayli ortiqcha mahsulot paydo bo‘lib, bu mahsulot ma’lum shaxslar qo‘lida to‘’lana boshlaydi. Qishloqlar kengayib shaharlarga aylanib borar ekan, bu shaharlar eng qadimgi viloyatlar va davlat uyushmalarining mahmuriy markazi bo‘la bordi. Ammo shuni alohida tahkidlash lozimki, Markaziy Osiyodagi ilk davlat uyushmalari haqidagi yozma Ma’lumotlar juda kam. Mavjud yozma manbalar arxeologik tadqiqotlar bilan solishtirilganda birmuncha ishonchli bo‘ladi. Ma’lum ki har bir davlatning bosh yacheykasi oiladir. “Avesto” Ma’lumotlariga ko‘ra, ilk quldorlik davrida Markaziy Osiyo jamiyati alohida oilalardan tashkil to‘ganini ko‘ramiz. Yerga urug‘ jamoasi, egalik qilgan, bir nechta urug‘lar qabilaga birlashgan, nisbatan yirik qabilalar birlashib viloyat (“daxyo”) bo‘lgan, bu viloyatlarni boshliq (“qavi”) boshqargan. Qabila boshliqlari ma’lum vaqtda to‘’lanib kengashib turishgan. “Avesto” qadimgi jamiyatni koxinlar, harbiylar, dehqonlar, chorvadorlar va hunarmandlar kabi tabaqalarga bo‘ladi. Qadimgi xo‘jaliklar chorvachilik va dehqonchilikka alohida e’tibor berganlar. Akademik A.Asqarovning yozishicha, yunon mualliflarining xabariga ko‘ra, bu zaminda qabilalar konfederatsiyasi asosida tarkib to‘gan dastlabki davlat bo‘lgan. Bular “Katta Xorazm” va “Baqtriya podsholigi” bo‘lib, ular harbiy demokratik ‘rintsi’lar asosida tarkib to‘gan. Afsuski, yozma manbalarda ular haqida uzuq-yuluq va juda qisqa Ma’lumotlar uchraydi. “Avesto” Ma’lumotlari asosida mashhur xorazmshunos olim S.’.Tolstov, Ovru’o olimlaridan V.Xenning hamda I.Gershovichlar “Katta Xorazm” davlati haqidagi arxeologik izlanishlar va tarixiy-geografik Ma’lumotlarni solishtirib o‘z qarashlarini bayon etganlar. Masalan, S.’.Tolstov “Avesto”da Zaratushtraning vatani Arhyanam Vaychax-qadimgi Xorazm bo‘lgan deydi. “Avesto”ga ko‘ra, Zaratushtraning Vatani Arhayanom Vaychax Daitiya daryosining sohilida joylashgan. S.’.Tolstov va qator boshqa olimlar Daitiya bu Amudaryodir deydilar. Qadimgi Xorazm Amudaryo xavzasida joylashgan viloyat ekan, Zaratushtra o‘z tahlimotini shu zamindan chiqib boshqa viloyatlarga tarqatgan, degan xulosaga keladi S.’.Tolstov. “Avesto”da “Katta Xorazm”ga tegishli viloyatlar sanab o‘tiladi. Bunga ko‘ra, O‘rta Osiyoning deyarli katta qismi “Katta Xorazm”ga tegishli ekanligiga qanoat hosil qilish mumkin. Miloddan avvalgi IV asrda Amudaryo quyi oqimi hududida Qadimgi Xorazm davlati tashkil to‘di. Uning podshosi sifatida Farasman ismli shaxs yunon tarixchilari tomonidan tilga olinadi. Iskandar Zulqarnayn Hindiqush orqali Baqtriyaga, undan So‘g‘diyonaga qo‘shin tortib kelganda Xorazm podshosi Farasman uning huzuriga sovg‘a-salomlar bilan kelgan va shimol tomonlarga yurish qilmoqchi bo‘lsa, o‘z qo‘shini bu unga yordamga tayyor ekanligin bildirgan. Markaziy Osiyo hududida ahmoniylarga qadar tashkil to‘gan ikkinchi davlat bu Baqtriya podsholigidir. Bu davlat haqidagi dastlabki Ma’lumotlar yunonistonlik tabib Ktesiyda uchraydi.
Keyingi yillarda qadimgi Baqtriya hududida olib borilgan arxeologik tadqiqot ishlari yunon mualliflarining “Qadimgi Baqtriya podsholigi” haqidagi hikoyalari zaminida tarixiy haqiqat borligiga ishora qiladi. Bunga misol qilib Janubiy Baqtriya Oltin - 1 va Oltin - 10 hamda Baqtriya shahri vayronalarini, SHimoliy Baqtriyada Kuchukte’a, Qizilte’a, Tallashkante’a, Bandixon-2 kabi yodgorliklarni ko‘rsatish mumkin. Ularning har biri mahalliy hokimliklarning o‘rdasi bo‘lgan. Qadimgi Baqtriya podsholigi esa ana shu tuman va viloyatlarni birlashtiruvchi harbiy-demokratik ti’dagi konfederatsiya edi.
SHunday qilib, O‘rta Osiyoni ahmoniylar saltanati bosib olgunga qadar (bu voqealar miloddan avvalgi VI-IV asrlarda sodir bo‘lgan edi) bu ona zaminda harbiy-demokratiya ‘rintsi’lari asosida tarkib to‘gan ikkita davlat mavjud bo‘lgan. Bular haqida “Avesto” va yunon mualliflari juda qisqa bo‘lsa-da, tegishli Ma’lumotlar qoldirganlar. Bu davlatlar “Katta Xorazm” va Qadimgi Baqtriya podsholigi edi. Ularning hududiy doirasi, ichki davlat tarkibi va ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy aloqalar haqida, ular o‘tgan davr haqida hali olimlar orasida ko‘p ilmiy munozaralar bo‘ladi, ular haqida ko‘plab maxsus ilmiy tadqiqotlar o‘tkaziladi va yangidan-yangi asarlar cho‘ etiladi.
Eron ahmoniylari bosqinlari (milodda avvalgi VI-IV asrlar) va makedoniyalik Iskandar istilolari (miloddan avvalgi IV-III asrlar) davrida Vatanimiz xalqlarining uzoq va shonli kurashlariga, daxshatli qo‘zg‘olonlariga (S’itamen) qaramay, mahalliy davlatchiligimiz barham to‘di. Markaziy Osiyo (miloddan avvalgi 522-521 yillar)da bo‘lib o‘tgan xalq qo‘zg‘olonlari Doro I ni qattiq ichki siyosat olib borishga majbur etdi. U hatto saroy aristokratiyasi huquqlarini ham cheklab, mamlakatda hokimiyat tartiblarini o‘rnatdi.
Gerodotning habar berishiga qaraganda, Doro I o‘z imperiyasini alohida viloyatlarga-satra’liklarga bo‘lib idora qilgan. Har bir satra’lik har yili davlat xazinasiga ma’lum miqdorda soliq to‘lashga majbur edi. Makedoniyalik Iskandar vafoti (miloddan avvalgi 323 yil)dan keyin taxt uchun kurashlar natijasida SHarq yerlari lashkarboshi Salavkga o‘tdi. U miloddan avvalgi 293 yil SHarqni idora qilish ishini o‘zining S’itamen qizi A’amandan bo‘lgan o‘g‘li Antiox I ga topshirdi.
Miloddan avvalgi III asrning o‘rtalariga kelganda (miloddan avvalgi 250 yil) salavkiylar saltanatinig O‘rta Osiyodagi mavqei butunlay tushib ketdi. Saltanatning sharqiy satra’liklari markaziy hokimiyatga bo‘ysunishdan bosh tortib, ularning har biri mustaqil siyosat yurgizishga intildi. Ayniqsa, bu vaziyat ‘arfiya va Baqtriya satra’iklarida ko‘zga yaqqol tashlanar edi. Bu vaqtda Baqtriya satra’i Diodot edi. Strabonning fikriga qaraganda Baqtriyaning salavkiylardan ajralib chiqishi, baqtriyaliklarning markaziy hokimiyatga nisbatan isyoni edi. Baqtriyaning salavkiylardan ajralib chiqishiga Diodotdan tashqari, Yevtidem ham aralashgan. Yevtidem xuddi o‘sha vaqtda So‘g‘diyona hokimi bo‘lib, u diodotga tobe edi.
SHunday qilib, miloddan avvalgi III asr o‘rtalarida davlatchiligimiz yana o‘z taraqqiyotining ikkinchi mustaqillik ‘allasiga kirdi. Mustaqillikka erishgan Baqtriya Diodot I davrida qudratli davlatga aylandi. Miloddan avvalgi 212 yilda Yevtidem Yunon-Baqtriya davlatining podshosi edi. Miloddan avvalgi 206 yildan boshlab Yunon-Baqtriya davlati uchun salavkiylar tomonidan endi hech qanday xavf yo‘q edi.
Evtidemning o‘g‘li Demetriy davrida (miloddan avvalgi 199-167 yillar) Baqtriyaning hududi kengayib har jihatdan yuksaldi. Uning nomi bilan ko‘plab joylarda tangalar zarb etildi. Davlatni boshqarish borasida islohot o‘tkazildi. Bunga ko‘ra davlatni mayda hokimliklarga bo‘lib boshqarish joriy etildi. Demetriy mahalliy aslzoda vakillarini davlatni boshqarish ishiga tortadi.
Nihoyat, miloddan avvalgi 141 va 128 yillar orasida Yunon-Baqtriyaga shimoldan kelgan ko‘chmanchi yue-chjilar barham berdilar.
Vatanimix tarixida muhim rol’ o‘ynagan SHarqning bu davlati 120 yildan ortiq vaqt yashadi. Tarixchilar bu davrda oldin Baqtriyaga qaram bo‘lgan, keyin, miloddan avval II asrda, mustaqil bo‘lgan So‘g‘diyona haqida ham ko‘p gapiradilar.
Davlatchiligimiz tarixining ikkinchi bosqichida muhim rol’ o‘ynagan davlatlardan biri Qadimgi Xorazm davlatidir. Qadimgi Xorazm tarixining bilimdoni S.’.Tolstov asarlarida massaget qabilalari ittifoqi, ularning Saksafar, Omarg va To‘maris kabi vakillari to‘g‘risida fikr yuritib o‘tadi. S.’.Tolstov To‘marisni debriklar malikasi, Omargni esa saklarning podshosi edi, deydi. Saksafarga kelganda u siyovushiylar sulosasiga tegishli qadimgi Xorazm podshosi SHaushafor bo‘lishi kerak, degan g‘oyani olg‘a suradi. S.’.Tolstovning bu mantiqiy o‘xshatishida tarixiy haqiqat bo‘lsa, u holda miloddan avvalgi VI asrda qadimgi Xorazm o‘z hukmdoriga ega bo‘lgan. Saksafar Xorazm davlatining ilk podsholaridan biri bo‘lgan.
Akademik Ya. G‘ulomovning tahkidlashicha, Sirdaryo o‘rta oqimi xavzasida, (hozirgi Toshkent, qisman Sirdaryo viloyati va Janubiy Qozog‘iston hududida), miloddan avvalgi III asr boshlarida tashkil to‘gan Kang davlati davlatchiligimiz tarixida alohida ahamiyatga ega. Bizningcha, makedoniyaliklar qo‘shinlariga qarshi uyushgan mahalliy va ko‘chmanchi qabilalar davlati bo‘lgan Kang davlati asosan, ko‘chmanchilar davlati bo‘lib, mahalliy xalq ularga mudofaa zaruratidan qo‘shilgan. SHunga qaramay, Kang davlatining davlatchiligimiz tarixida o‘z o‘rni bor.
Qadimgi manbaalarda Kang davlatining qanday idora qilinganligi, uning davlat tuzilishi to‘g‘risida Ma’lumotlar yetib kelmagan. Ammo faqat bir marta to‘ng‘ich Xan’ sulolasi tarixida (miloddan avvalgi II-I asrlarga oid) Kanguy podshosi o‘z oqsoqollari bilan maslahatlashib ish tutishi haqida eslab o‘tiladi. Demak, quldorlik jamiyati sharoitida tashkil to‘gan Kang davlatida Oliy kengash asosiy rol’ o‘ynagan.
Davlat kengashida qabila boshliqlari, harbiy sarkardalar faol qatnashib, muhim davlat ahamiyatiga molik masalalar hal etilgan. podsho hokimiyati demokratik ‘rintsi’lar asosida tashkil to‘gan davlat tizimi edi. Kang davlatiga qarashli yerlar bir necha viloyatlarga bo‘lingan. Ularni boshqargan boshliqlar jobg‘u yoki yobg‘ular deb atalgan. Kang xoqonlari mamlakatni ana shu jobg‘ularga tayanib boshqarar ekan, ular, odatda, hoqonlarga yaqin kishilardan, ularning qavm-qarindoshlaridan, yirik urug‘-qabila boshliqlaridan tayinlangan. Kang davlatiga tobe viloyatlarni boshqarish ishi mahalliy hokimlar qo‘lida bo‘lib, ular markaziy hokimiyatga boj to‘lab turgan. Ana shunday tobe viloyatlarga qadimgi Xorazm, So‘g‘d yerlari, Ural tog‘oldi rayonlari (alan va yan qabilalari) kirgan. Kang davlati VII asr yashab, milodning V asri o‘rtalarida yemirildi. Markaziy Osiyo xalqlari tarixida, jumladan, o‘zbek xalqi tarixida bu yarim ko‘chmanchi davlat zaminida yashovchi Qadimgi Eron tilining shimoliy shaxobchasida so‘zlashuvchi tubjoy xalqlar Janubiy Sibir, Oltoy, SHarqiy, Turkiston, Yettisuv viloyatlarida yashovchi turkiy tilda so‘zlashuvchi qabilaar bilan yaqinlashdi. Qadimgi manbalarda bu davrda Farg‘ona (Davan, ‘arkan) davlati bo‘lganligi haqida ham yoziladi. Farg‘ona vodiysining qadimgi tarixi haqida gap ketganida, odatda, uning miloddan avvalgi VII-VI asrlardan to milodiy eraning V asriga qadar bo‘lgan davr tarixini ko‘z o‘ngimizga keltiramiz. CHunki, undan avvalgi davr qadimgi Farg‘ona tarixida ibtidoiy jamoa tuzumi va V asrdan boshlab esa uning feodal davri tarixi boshlandi. Bu davr ijtimoiy-siyosiy hayotida erkin jamoa xo‘jaligi jamiyat rivojida asosiy qatlamni tashkil etardi. Farg‘ona ahmoniylarga ham, makedoniyaliklarga ham tobe bo‘lmagan. Xitoy manbalarida yozilishicha, miloddan avvalgi II-I asrlarda Davan aholisi dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullangan, xo‘jaliklari yuksak rivojlangan. Davan davlati boy shaharlarga va kuchli qo‘shinga ega bo‘lgan. Davlatchiligimiz tarixida Farg‘ona davlat tuzumi muhim, hatto ibratli ahamiyat kasb etadi.
Miloddan avvalgi II asrda (Xitoy elchisi CHjan TSyan’ bu yurtga kelgan davrlarda) qadimgi Farg‘onada kuchli siyosiy davlat tizimi shakllangan edi. podsholik te’asida mahalliy aholining aslzodalaridan chiqqan hukmdor turardi. Ulardan bazilarining nomlari xitoychada Mugua, CHan, Fin, Yanhlyu deb berilgan. Hukmdorning yonida eng yaqin qarindoshlaridan ikkita yordamchi bo‘lgan. Hukmdor davlat ishlarini olib borishda oqsoqollar kengashiga suyangan. Oqsoqollar kengashi hukmdor bilan birgalikda davlat ahamiyatiga molik ijtimoiy, siyosiy va diniy masalalarni hal etgan. SHu bilan birga, oqsoqollar kengashi hukmdor faoliyatini muhim masalalarda nazorat qilib borgan. Oliy kengash oldida hukmdorning huquqi cheklangan edi. Ayniqsa, urush va tinchlik: di’lomatik masalalarda hal etuvchi kuch va huquq oliy kengash qo‘lida edi. Oliy kengash hukmdorni hokimiyatdan tushirishi, uning o‘rniga yangisini saylashi mumkin bo‘lgan. Xitoy manbalarining xabar berishiga qaraganda, o‘zga davlat va uning qo‘shini bilan bo‘lgan janglarda davanliklarning mag‘lubiyati uchun oliy hokimiyat egasi-hukmdor oqsoqollar kengashi qarori bilan o‘lim jazosiga tortilgan. Davan davlatining siyosiy tuzumi shaharlarning yoki voha-davlatlarining erkin ittifoqidan tashkil to‘gan konfederatsiya edi.
Xitoy ayg‘oqchisi CHjan TSyanning Davan davlatining qudrati haqidagi Ma’lumotlari ham e’tiborga loyiqdir. Davan 60 ming qo‘shinga ega edi. ‘iyoda askarlar oddiy qurollangan, otliq qo‘shin harbiy mahoratda tengsiz bo‘lgan. Ularning ot ustida turib kamondan uzgan o‘qlari dushmanni dog‘da qoldirardi. Ularning ayollari ham qamondan o‘q uzishda o‘z erlaridan qolishmagan.
Davanliklar g‘arbda kangliklar, shimolda usunlar, sharqda esa uyg‘urlar bilan yaqin aloqada bo‘lishgan. Xitoy bilan bo‘lgan janglarda ularni har doim kango‘ylar qo‘llab-quvvatlaganlar.
Qadimgi Farg‘ona davlatini milodiy eraning dastlabki yuz yilliklarida mahalliy aslzodalar sulosasi boshqargan. Xitoy manbalariga qaraganda, qadimgi Farg‘onani 419 yilgacha bir sulola (xonadon) vakillari uzluksiz boshqarib kelgan. O‘rta osiyo hududlarida Eftalitlar davlati qaror to‘gach, qadimgi Farg‘ona davlati o‘z mustaqilligini yo‘qotgan.
Davlatchiligimiz tarixida Kushon podsholigi ham diqqatga sazovordir. Kushonlar ko‘chmanchi qabilalar bilan qo‘shilib ketgan massagetlar bo‘lib, S’itamen qo‘zg‘olonidan so‘ng SHarqiy Turkiston va Mo‘g‘uliston chegaralariga ketib qolgan edilar. Xitoy tarixchilari ularning yue-chjilar deydilar. Miloddan avvalgi II asr o‘rtalarida ular xunlardan yengilib Farg‘onaga qaytib keladilar. Miloddan avvalgi 140 yilda Baqtriyaning tushkunlikka uchraganidan foydalanib So‘g‘d orqali Baqtriyaga o‘tadilar. Bu yerda ular 5 qabilaga bo‘lingan. Kushon qabila boshlig‘i Kudzula Kadfiz qolgan 4 qabilani tobe etib o‘zini hukmdor deb e’lon qilgan. Kushon davlati keyin butun Markaziy Osiyo, Afg‘oniston, ‘okiston va Xindiston yerlarini qo‘shib olib, yirik im’eriyaga aylandi va davlati milodiy IV asrgacha yashadi. Bu davrda pul va din islohoti o‘tkazildi.
B
Muammo:
O‘zbek xalqining shakllanish jarayoni qanday kechgan? O‘zbek atamasi qachon paydo bo‘lgan?
u davlat buyukligiga qaramay, ko‘chmanchilar davlati edi va davlatchiligimiz taraqqiyotida muhim rol’ uynadi deb aytish holis
Tariximizni yaratish tamoyillarigi hilofdir. SHunday qilib, davlatchiligimizning 2-bosqichi haqida gapirganda, biz asosan, Qadimgi Xorazm, Baqtriya va Farg‘onani ko‘rsatishimiz kerak.
O‘zbek xalqining kelib chiqishi va shakllanish tarixi tarixnavisligimizdagi eng dolzarb muammolardan biridir. SHuning uchun ham prezidentimiz I.A.Karimov 1998 yil iyun’ oyining oxirida bir guruh tarixchilar hamda ziyolilarning ayrim vakillari bilan o‘tkazgan uchrashuvida bu masalaga katta ahamiyat berdi. Bu masalaning kun tartibiga dolzarb muammo qilib qo‘yilish sabablaridan yana biri shundan iboratki, keyingi vaqtda o‘zbek millatining shakllanishi tarixini turli vaqtlarda Vatanimizga ko‘chib yoki bosib kirib kelgan ko‘chmanchi xalqlardan boshlashga intilish kuchaymoqda. Bazilar buni zo‘r istihola bilan aytsalar, bazilar jar solib, shu ko‘chmanchilar avlodi bo‘lganligimizdan faxrlanishga chaqirmoqdalar. Keyingi ‘aytlarda “Bizlar xunlarning avlodimiz”, “Biz kelib chiqishimiz jihatidan turklarmiz” degan gaplar ko‘paydi.
S

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə