Urganch innovatsion university



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə7/101
tarix19.12.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#150850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   101
O`z. eng y.tarixi o`quv uslubiy majmua 2023

Muammoli vaziyat:
Hozirgi kunda o‘zbek xalqining etnik shakllanishi to‘g‘risida turli tarixiy adabiyotlarda turlicha qarashlar ilgari surilmoqda. Bu muammoni tarixiy manbalardan tanqidiy, xolisona foydalanib, uni yangicha yondashuv asosida oboektiv hal qilish lozim.
Huning uchun ham prezidentimiz I.Karimov uchrashuvdagi suhbatda ”... qadim ajdodlarimiz hayotining asosini o‘troq madaniyat tashkil etganmi yo ko‘chmanchimi? O‘zbek xalqining shakllanishida qanday elatlarning tahsiri bo‘lgan? Bilaman, bular og‘ir savollar. Lekin ularga javob topishimiz zarur”, deb aytdilar. prezidentimizning yana quyidagi fikrlari diqqatga sazovordir: “Yana qaytarib aytmoqchiman: biz o‘zimizni millat deb bilar ekanmiz, o‘zbekchiligimiz haqida aniq tushunchaga ega bo‘lishimiz kerak. Turkiy-tilli xalq bor, turk halqi bor. Farqini har bir fuqaromiz, avvalo, farzandlarimiz bo‘lib olsinlar”.Islom Karimovning uchrashuvda aytgan quyidagi gaplari o‘zbek xalqining shakllanishi tarixi bilan shug‘ullanuvchi tarixchilarning tadqiqotlari uchun metodologik asos bo‘la oladi. “Movarounnahr sarhadlariga uzoq tariximiz davomida ne-ne bosqinchilar kirib kelmagan, ko‘p yillar, balki asrlar davomida yurtimizda ne-ne o‘zga sulolalar hukmronlik qilmagan, deysiz. Bir so‘z bilan aytganda, ming yillar davomida yurtimizga kelib-ketganlar ozmi? Erondan Ahmoniylar, Yunonistondan Aleksandr keldi, Arabistondan Qutayba, Mo‘g‘ulistondan Chingizxon, keyinchalik rus istilochilari keldi. Lekin xalq qoldi-ku. Xo‘sh, bunda qanday sir-sinoat bor? Xalq qanday ichki kuch-qudratga tayanib o‘zligini saqlab qoldi? Qadim-qadim zamonlardan o‘troq yashagani, ilm-mahrifatga intilgani, buyuk madaniyatga ega bo‘lgani, o‘z urf-odatlarini muqaddas bilgani uchun emasmi? O‘zbek nomi qachon paydo bo‘lgan? Sovet tarixshunoslarining yozishicha, go‘yo XVI asrda bizning zaminimizni Dashti Qi’choq xonlari ishg‘ol qilgandan keyin o‘zbek nomi paydo bo‘lgan emish. Axir, biz Movarounnahr deb ataladigan ikki daryo oralig‘ida ungacha ham xalq yashagan-ku! Yoki xalq boshqa millat bo‘lganmi? Mantiq qani bu yerda. Biz sovet zamonidan qolgan bu aqidani qabul qilsak, millatimiz tarixi mana shu navbatdagi bosqinchilar davridan boshlangan, degan noto‘g‘ri xulosa kelib chiqmaydimi? Unda bizning necha ming yillik tariximiz qaerga qoladi? Samarqand ham, Buxoro ham, Xiva ham o‘zbeklarniki ekan, bu yerlarda o‘zbek davlati bo‘lgan ekan, nega endi o‘z tariximizni XVI asrdan, kimdir kelib-ketib, nomini qoldirib ketgan davrdan boshlashimiz kerak? Ungacha ham bu yerda o‘troq xalq yashagan-ku! Bu yerda ana shu o‘troq xalqning madaniyati bo‘lgan-ku! Bu yerda XIII asrning 20-yillaridan XIV asrning 70-yillariga qadar mo‘g‘ullar hukmronlik qilganlar va ularning madaniyati mahalliy madaniyatga singib ketgan. Bunda mahalliy xalqning madaniyati, albatta, asos bo‘lgan, ustunlik qilgan.
Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati orqali bilamiz, tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz.
Yana bir bor qaytaraman: men tarixchi emasman. Ammo, umuman, dunyo xalqlari va xususan yurtimiz tarixiy taraqqiyot yo‘lining asosiy qonuniyatlarini mantiqiy tahlil qilsak, shu narsa ayon bo‘ladiki, Aleksandr ham (uni SHarqda ko‘proq Iskandar Zulqarnayn degan nom bilan bilishadi). Qutayba ham, Chingizxon ham, general CHernyaev ham, umuman, kim bo‘lmasin, yurtimizga bir necha o‘n ming yo bir necha yuz ming lashkari bilan kelgan, ishg‘ol qilgan va bu yerdagi siyosiy hokimiyatni qo‘lga olgan. Yana takrorlayman: siyosiy hokimiyatni. Tamom. To‘g‘ri, hukmronliklari mobaynida ular mamlakatimizning iqtisodiy, savdo, ilmiy, madaniy imkoniyatlaridan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga zo‘r berganlar. Biroq, shu yerda asrlar davomida yashab kelayotgan mahalliy aholini, uning ko‘p ming yillik madaniyatini yo‘q qilolmaganlar, qilolmasdilar ham”.

Muammoni yechish uchun nimalarga ahamiyat қilish kerak:
Ushbu muammoni ilmiy tadқiқ қilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» nomli asari metodologik asar bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbek xalqining ibtidosini, dastlabki asosini tariximiz qahridan qidiramiz. 700 ming - bir million yil muqaddam Sel-Ungurda yashagan ibtidoiy odamlar, 100 ming yillar ilgari Teshiktoshda yashagan odamlar bizlarning, Markaziy Osiyo xalqlarining (o‘zbeklar, tojiklar, turkmanlar, qozoqlar, qirg‘izlar va qaraqal’oqlarning) ajdodlaridirlar. Biz o‘shalardan tarqalgan tubjoyli xalqlarmiz.Aziz o‘quvchim, muallif tariximizda ko‘chmanchi xalqlar va davlatlar rolini inkor qilayotir deb, xulosa chiqarishga shoshilmang. Alhazar! Ularning roli bor, albatta. 3000 yil davomida sharqdan ko‘chib kelgan yoki bosib kelgan ko‘chmanchilarning o‘zbek xalqining etnik jihatdan shakllanishida “xizmati”, “hissasi” katta. Bu haqiqatga qarshi so‘z bo‘lishi mumkin emas.

Markaziy Osiyoda miloddan avalgi III ming yillik o‘rtalarida SHarqdan kelib o‘rnasha boshlagan ko‘chmanchi turklarning ayrim guruhlari yashar edilar. Miloddan avvalgi II asrlarda ularning ko‘chib kelishi kuchaydi, milodning V asridan boshlab avj oldi. VII asrga kelib, hatto, ular o‘z Hoqonliklarini bar’o etdilar va Vatanimiz hududini bo‘ysundirdilar. Natijada Markaziy Osiyodagi xalqlarning turkiylashuvi yuzaga keldi. Keyin qorluqlar, o‘g‘izlar va boshqalar bu jarayonni kuchaytirdilar. X-XI asrlarga kelib turkiyzabon o‘zbek xalqi etnik jihatdan asosan tarkib to‘ib bo‘ldi. Bu jarayon keyin ham davom etdi. Masalan, XVI asrda Dashti Qi’choqdagi “o‘zbek” deb ataluvchi ko‘chmanchi qabilalar kelib qo‘shildilar. Xalqimiz “o‘zbeklar” deb atala boshlandi. Aslida ular xalq bo‘lib shakllanishmizda bir element sifatida rol’ o‘ynagan elatlar - XVI asrda bizga nomini o‘tkazgan SHayboniy o‘zbeklari ham, X-XII asrda kelib qo‘shilgan turli ko‘chmanchi turkiy qabilalar ham, qadimdan ko‘chib kelgan va keyinchalik o‘z xoqonliklarini tuzgan turklar ham o‘zbek xalqining, millatining ibtidosi emas, o‘zbek xalqining etnik shakllanishida asos bo‘lganlar, bular-xorazmiylar, baqtriylar, so‘g‘diylar, ‘arkan (Davon) lilardir, ya’ni dehqonchilik va o‘troq chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi tubjoy xalqlardirlar. Ular Eron tilining shimoliy shahobchasiga mansub tilda so‘zlashardilar. SHuning uchun ham I.A.Karimov o‘zining “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida” degan katobida: “... madaniy, tarixiy va antro‘ologik ildizlarimiz bizni tojik xalqi bilan ham tutashtiradi” (143-bet) deganda to‘la haq edi.
Hozir turklarni “mahalliylashtirish” va “o‘troqlash-tirish”ga intilish kuchli. Jon kuydirib, ular miloddan avvalgi II asrdan boshlab kelgan emas, III ming yillikning boshlarida ham bor edi, demoqdalar. Masala ularning qachon kelganligi ustidan emas, balki aslida tubjoy bo‘lmay ko‘chib kelganliklari ustida borishi kerak. Axir, Amir Temurning “Temur tuzuklari”da (Toshkent, 1991 yil, 39-bet) “Turonzaminning o‘zbeklar toifasi qoldiqlaridan tozalash” degan sarlavhada o‘zbeklarni qalhalardan haydaganligini yozib, “Movarounnahr tu’rog‘i meni o‘ldirishga qasd qilgan o‘sha zolimlardan tozalandi va mamlakat tamoman mening qo‘limga o‘tdi” deb hursand bo‘ladi.
Demak, hali XIV asrning 60 yillarida Movarounnahrda ko‘chmanchi o‘zbek guruhlari bor ekan. Lekin biz ko‘chmanchi o‘zbeklar Vatanimizga XVI asr boshlarida bosib keldi, deb yozamiz. SHundan mantiqan kelib chiqadiki, miloddan avvalgi III ming yillik o‘rtalarida yoki undan ham oldin deylik, turklarning ayrim guruhlari Sirdaryo havzasida yashagan bo‘lsa, “bizning kelib chiqishimiz asli turk” deyishga ilmiy asos bo‘lolmaydi, bizlar keyinchalik turklashgan, turkiyzabon bo‘lgan, aslida esa tubjoy bo‘lgan xalqmiz.
SHuning uchun ham prezidentimiz uchrashuvdagi suhbatlarida bu masalaga qayta-qayta to‘xtadilar “Bizning ajdodlarimiz, halqimiz qadim-qadimdan o‘troq yashagan, millatimizning iligi o‘troq madaniyat sharoitida qotgan ... Milliy borlig‘imiz, madaniyatimiz ildizi, tomiri o‘troq bo‘lgan...
Demoqchimanki, tariximiz kabi, qadim madaniyatimizning yaratilishida ham unga ko‘plab etnik guruhlar, el-elatlar o‘z ulushini qo‘shgan. Bu - tabiiy hol. CHunki, hech qachon, hech qaerda faqat bitta millatga mansub madaniyat bo‘lmaydi. Har qanday sivilizatsiya ko‘pdan-ko‘p xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining va samarali tahsirining mahsulidar. Bir so‘z bilan aytganda, ko‘chmanchilar, bosqinchilar kelib ketaveradi, lekin xalq boqiy qoladi, uning madaniyati abadiy yashaydi”.
2

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə