Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган ютуқлари, долзарб муаммоларини ҳисобга олган ҳолда тузилди



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/119
tarix09.06.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#89170
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   119
Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган юту лари, долзар

Mehnat psixologiyasi
– bu soha insonning mehnatga munosabatini,
mehnat faoliyatining qonuniyatlari va rivojlanishini tadqiq qiladi. Mehnat
psixologiyasining ob’ekti ishlab chiqarishda va mehnatda shaxsning faoliyati
hisoblanadi. Mehnat psixologiyasi G.Myunsterbergning «Psixologiya va ishlab
chiqarish unumdorligi» (1913) va «Psixotexnika asoslari» (1914) kitoblari
chiqqan davrdan boshlab alohida soha sifatida vujudga kelgan. Mehnat
psixologiyasining asosiy vazifasi ishlab chiqarish munosabatlarini
ijobiylashtirish, mehnatkashlarga zarur shart-sharoit yaratib berish, kasbiy
kasalliklarning, ishlab chiqarishda jismoniy falokatlarning, psixologik
zo’riqishlarning oldini olishdir.
Muhandislik psixologiyasi
–bu soha inson va mashina o’rtasidagi
munosabatni, insonga mashinaning psixologik ta’sirini va insonning mashina
bilan munosabati jarayonining psixologik qonuniyatlarini tadqiqot metodlari
yordami bilan o’rganadi. Muhandislik psixologiyasi fan-texnika revolyutsiyasi
ta’sirida vujudga kelgan.
Pedagogik psixologiya
–bu soha tarbiya va ta’lim muammolarini
tadqiq qiladi. Pedagogik psixologiya shaxsning maqsadga muvofiq
rivojlanishini, bilish faoliyatining va shaxsda ijtimoiy ijobiy sifatlarni
tarbiyalashning psixologik muammolarini o’rganadi.
Tibbiyot psixologiyasi
- kasallarning davolanishi, gigiena, profilaktika,
diagnostika jabhalarini tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi. Tibbiyot
psixologiyasida tadqiqotlar tizimiga kasalliklarning kechishi, ularning shaxs
psixologiyasiga ta’siri o’rganiladi.


9
9
Harbiy psixologiya
- harbiy faoliyatining inson psixikasiga ta’siri,
harbiy faoliyatning xususiyatlarini psixologik qonuniyatlarini o’rganuvchi,
tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi. Jangchi shaxsining psixologik faktorlarini
tekshirish harbiy psixologiyasning asosiy muammolaridan biridir.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə