Ushbu ma’ruzada magmatizm jarayoni — intruziv va effuziv magmatizm va u bilan bog‘liq relyef shakllari, metamorfizm turlari va metaformizmni vujudga keltiruvchi omillar hamda zilzila endogen relyef hosil qiluvchi omil sifatida ko’rib


Zilzila oqibatlari. Tabiatning dahshatli hodisalari ta`sirida faqat yer qatlamlarining yotish holatlarigina o’zgaribgina qolmay, balki aholiga va ularning uy – joylariga, shaharlarga moddiy zarar yeta



Yüklə 146,91 Kb.
səhifə11/12
tarix30.12.2023
ölçüsü146,91 Kb.
#166825
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
oybek geologiya

Zilzila oqibatlari. Tabiatning dahshatli hodisalari ta`sirida faqat yer qatlamlarining yotish holatlarigina o’zgaribgina qolmay, balki aholiga va ularning uy – joylariga, shaharlarga moddiy zarar yetadi.


Tarixda eng kuchli zilzila Suriya, Falastin, Hindiston, Kichik Osiyo, Xitoy, Yaponiya va O’rta Osiyoda bo’lgan.
Qrimda 1923-yildan 1928-yilgacha 25 marotaba kuchli zilzila bo’lgan. Bu tektonik harakatlar sababli qrim tog’larining ko’tarilishi va Qora dengizning cho’kishi natijasida ro’y bergan.
O’rta Osiyodagi zilzilalar haqida qadimgi tarixshunoslarning, hind va arab sayyohlarining qo’lyozmalarida, Abu Ali ibn Sino va boshqalarning asarlarida uchraydi. Zahiriddin Muhammad Bobur (XVI asr boshida) Qandahor (Afg’oniston) shahridagi yer qimirlashni tasvirlaydi: uylar tekis bo’lgan, o’lganlar ko’p, yer yorilgan, ayrim joylarda ko’tarilgan va pasaygan, tog’lar boshidan to’fon ko’tarildi, bir kunda 33 marta zilzila bo’lgani va u bir yilcha davom etganini ko’rsatib o’tgan.
XIX asrning 2 – yarmida Toshkentda yashagan Muhammad Solih tojik – fors tilida yozgan “Tarixi jadidiy Toshkent (“Toshkentning yangi tarixi”) asarida 1866-yil 26-apreldan 27-aprelga o’tar kechasi sodir bo’lgan zilzilani ta`riflagan.
Pireney yarim orolidagi Portugaliya poytaxti Lissabonda 1755-yil 1-noyabrda eng kuchli zilzila (11 – 12 ball) bo’lgan. Sohil bo’yi 200 m cho’kkan. Zilzila zarbasidan dengizdan baland to’lqin ko’tarilib, uning kuchi 7×1022 ergga etgan (1 Erg q 1 din./sm; 1 J q 107 Ergga teng). 60000 kishi halok bo’lgan.
Zilzila oqibatlari to’g’risida I.V. Mushketov (1887-y 18-may Verniy shahrida), G.P.Gorshkov (1948-y Ashxobod) zilzilalarning oqibatlari haqida ma`lumot berganlar. Keyingi yillarda olimlardan /.A.Mavlonov, S.S.Shuls, V.I.Popov, M.O.Ahmadjonov, R.Sh.Ibrohimovlar O’zbekiston, O’rta Osiyoning tog’li rayonlarida zilzilalarni o’rganish borasida ancha ishlarni amalga oshirdilar.
Olimlar yer sharida 4000 yil davomida 13 mln. kishining zilziladan o’lganligini hisobga olganlar.
5. Zilzilaning kelib chiqish sabablarini aniqlash asosan ilmiy tadqiqot institutlarida olib boriladi. Hozirgi vaqtda MDH da 25 dan ortiq maxsus seysmik stansiyalar (Moskva, Tbilisi, Toshkent, Dushanbe, Samarqand va boshqa shaharlarda) bo’lib, ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Stansiyalar akademik Golisin B.B (1906) va olimlardan Nikoforov P.M, D.A.Xarin va boshqalar ixtiro qilgan asboblar bilan ta`minlangan.

Yüklə 146,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə