Ushbu ma’ruzada magmatizm jarayoni — intruziv va effuziv magmatizm va u bilan bog‘liq relyef shakllari, metamorfizm turlari va metaformizmni vujudga keltiruvchi omillar hamda zilzila endogen relyef hosil qiluvchi omil sifatida ko’rib


Regional (dinamotyermal) metamorfizm



Yüklə 146,91 Kb.
səhifə8/12
tarix30.12.2023
ölçüsü146,91 Kb.
#166825
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
oybek geologiya

4. Regional (dinamotyermal) metamorfizm o’z navbatida regional hamda uning bir qismi bo’lgan ultra metamorfizmga bo’linadi, metamorfizm katta maydonni egallaydi, deformatsiya va burmalanish mintaqasida sodir bo’ladi. Bu metamorfizmda tog’ jinsidagi minerallar chuqurlikka tomon o’zgarib boradi. Bu o’zgarish natijasida solishtirma og’irligi yengilroq bo’lgan suvli mineral jinslari solishtirma og’irligi katta bo’lgan suvsiz mineral bilan o’rin almashadi. Ultra metamorfizm juda chuqurda (15 — 20 km), ya`ni chuqur geosinklinal oblastlarning orogen bosqichida vujudga keladi. Bu metamorfizmda tog’ jinslarining bir qismi eriydi.
Metamorfizm jarayoni ustida juda ko’p ilmiy ishlar olib borildi va ancha masalalar hal qilindi. Ko’pchilik olimlar metamorfizmni 3 asosiy mintaqaga bo’ladilar yuqori— epizona, o’rta mezozona va chuqur zona katazonadir.
Epizonada bosim va harorat past bo’ladi. Bu zonaga xos minerallar ko’proq gidroksil (OH)lar, xloritoidlar, xlorit, epidot, soizit, serisit, kolinit, glaukonitdan iborat bo’lib, bulardan boshqa yana uning tarkibida albit va granat kabi turg’un minerallar uchraydi.
Mezozona o’rtacha bosim va haroratga ega bo’ladi. Bu zonada yuqoridagi gidroksidli minerallardan tashqari, disten, stavrolit, al­mandin, pirop, plagioklaz uchraydi. Jinslari slanesli teksturaga ega.
Katazonadagi metamorfizm jarayoni yuqori gidrostatik bosim va haroratda (minerallar erish nuqtasiga yaqin bo’ladi), o’tadi. Jinsda slanetsli tekstura kamayadi, u plastik holatga keladi va tarkibida sillimonit, almandin, piroksen, olivin, pirop, kordierit, shpinel, anortit, albit, biotit, egirin, andaluzit, vezuvian va boshqa ko’p minerallar uchraydi. Yuqori bosim va haroratga bardosh beradigan turg’un minerallar ham bor. Bularga kvars, rutil, titanit, magnetit, kalsit, al­bit va boshqalar kiradi. Bu minerallar tarkibida OH bo’lmaydi.
Metamorfizm ko’pincha postmagmatik (magmatizmdan so’nggi) jarayonlar natijasida ro’y beradi. Metamorfizm ba`zan bir necha km chuqurlikdagi maydonni o’z ichiga oladi. Bundan ma`lum bo’ldiki, gidroksid minerallarning turg’unligi chuqurlikka bog’liq emas ekan. Hamma chuqurlikda, hattoki juda chuqur yerda ham bosim etarli bo’lsa, biotit, shox aldoqchisi turg’un bo’ladi. Shu bilan bir vaqtda muskovit, epidot, xloritni boshqa suvli minerallar faqat postmagmatik haroratda turg’un bo’ladi. Chuqurlikda yangi minerallarning hosil bo’lmasligiga (suvli, suvsiz), sabab bu minerallarning karbonatlashib qolishidir.
Metamorfizm jarayonida hosil bo’lgan tog’ jinslari fatsiyalarga ajratilgan: epidot — albit — rogovikli fatsiya: amfibol — rogovikli fatsiya; yashil slanetslar fasiyasi: glaukonitli slanetslar fatsiyasi, epidot— amfibolitlar fatsiyasi va eklogitli fatsiyalar shular jumlasidandir. Metamorfizm natijasida yuqorida nomlari aytilgan fatsiyalar bilan birga rudali foydali qazilmalar hosil bo’ladi. Metamorfik jinslari va fatsiyalarida rudali va rudasiz qimmatli (Au, Su, Rd, Ng, Fe va boshqa) konlar hosil bo’lgan .
2-REJAGA OID TEST

Yüklə 146,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə