Ushbu ma’ruzada magmatizm jarayoni — intruziv va effuziv magmatizm va u bilan bog‘liq relyef shakllari, metamorfizm turlari va metaformizmni vujudga keltiruvchi omillar hamda zilzila endogen relyef hosil qiluvchi omil sifatida ko’rib


Juda kuchli bosim va mexanik metamorfizm natijasida tog’



Yüklə 146,91 Kb.
səhifə9/12
tarix30.12.2023
ölçüsü146,91 Kb.
#166825
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
oybek geologiya

Juda kuchli bosim va mexanik metamorfizm natijasida tog’ jinsi o’zining dastlabki holatini yo’qotib, juda mayda strukturaga ega bo’lib qoladi, bunday yo’l bilan paydo bo’lgan jinslar nima deb ataladi?
Milonit
Ortogneys
Slanes
Fillit


3-REJA: Zilzila endogen relyef hosil qiluvchi omil sifatida
Zilzila jarayoni va uning relyef hosil bo’lishidagi o’rni. Yer ichki qismidan uning sirtiga tomon yo’nalgan kuch ta`siridan yer po’stining ayrim qismlarini to’satdan silkinishiga zilzila deyiladi. Ba`zan silkinishlar tashqi omillar (tog’dagi qulashlar, katta meteoritning yer yuzasiga tushishi va b.) dan ham bo’ladi. Bir necha yuz yillar davomida kuzatilgan ma`lumotlar bu hodisani sayyoramizning ayrim seysmik zonalarida ko’p bo’lib turishini ko’rsatadi.
Yer yuzasini emiruvchi, buzuvchi zilzilalarning ko’pi Pireney, Apenin, Karpat, Bolqon, Kavkaz tog’lariga va O’rta Osiyoning tog’li rayonlariga, janubda Hindiqush, Himolay tog’lariga va Tinch okean halqasiga to’g’ri keladi. Ba`zi joylar borki, u yerlarda butunlay yoki deyarli zilzila bo’lmaydi, bunday yerlar (Gyermaniya, Polsha pasttekisligi, Rossiya tekisligi, Finlyandiya, Kola yarim oroli, Kanada, Braziliya va hokozo) aseysmik o’lkalar deb ataladi.
Zilzila sabablarini seysmologiya fani o’rganadi.
Seysmologiya (yunoncha seysmos – zilzila, logos - fan) – zilzilalar haqidagi fan. Zilzilaning sabablari, seysmik to’lqinlarning yer ichida tarqalishi, zilzilalar geografiyasi va zilzilalar oqibatiga qarshi kurash yo’llarini o’rganadi.
Zilzila yer po’stining ostki qismidagi massalarning, jumladan, mantiyadagi saralanish jarayonida kuchli harakat paydo bo’ladi va tebranma to’lqinlar zilzila markazidan atrofga va yer yuzasiga tarqaladi. Zilzilaning dastlabki harakatidan keyin ham yer ichida saqlanib qolgan ortiqcha energiya va yer po’stining ayrim qismlarini tebranishiga sabab bo’ladi.
Yer sirtining tebranishi, unga ichki qatlamlardan o’tib keluvchi egiluvchan to’lqinning urilishidan kelib chiqadi. Zilzila markazidan tarqalgan to’lqinning urilishga ko’ra (tik, qiya) ayrim o’zgarishlar sodir bo’ladi (daraxtlar og’ib, yana tiklanadi, imorat bezaklari buziladi, haykallar qulaydi).
Zilzila bir necha sekund davom etsa-da, keyinchalik bir necha kun, oy va yillar davomida goh kuchli, goh kuchsiz bo’lib qaytariladi. Masalan: 1887-yil 28-mayda Olmaotada va 1966-yil 26-aprelda Toshkentda bo’lgan zilzilaning 3 oy davomida 800 dan ortiq qaytarilishi qayd kilingan.
1870-yil 28-iyunda Gretsiyada yuz bergan zilzilaning birinchi 3 kunida 86 dan ortiq zarba, ya`ni har 3 sekundda bir to’lqin bo’lgani aniqlangan. Bu yerda 3 yil davomida 750000 marta zarba (300 tasi yemiruvchi zarba) bo’lgan. Maxsus asboblargina sezadigan zilzila mikroseysmik, asboblarsiz seziladigani esa makroseysmik deb aytiladi.
Seysmograf (yunoncha seysmos – zilzila, grafo - yozaman) - zilzila bo’lganda yoki moddalar portlatilganda yer po’stida ro’y beradigan tebranishlarni qayd qiladigan asbob.
Seysmograf asbobi o’rnatilgan 700 ga yaqin stansiyalar bor. Har yili bular 10000 tacha zilzilani, ya`ni har soatda bitta zilzilani hisobga oladi. Buning yarmidan kamrog’i kuchli va xavfli zilzila hisoblanadi.
Yer po’sti ichida silkinish ro’y bergan joy zilzila o’chog’i yoki giposentr deyiladi. Giposentr (grekcha gipo – “markaz osti” demakdir). Uning ustida zarba eng kuchli bo’ladigan joy episentr deb ataladi.
Episentr (grekcha Epi – “ust, markaz usti” degan so’z) (Barotov P. T.– 1990 y, 99 bet)


episentr


giposentr

Zilzilaning o’chog’idan silkinish tik ko’tarilib zo’r kuch bilan avvalo episentrga yetib keladi. Episentrdan uzoqlashgan sari zilzila kuchi zaiflasha boradi. Zilzila o’chog’i qancha chuqurda bo’lsa, uning kuchi shuncha katta hududlarga tarqaladi, aksincha yer yuzasiga yaqin bo’lsa, kichik hududga tarqaladi. Bunga 1966-yilda sodir bo’lgan Toshkent zilzilasini misol qilib ko’rsatsa bo’ladi. Episentrda siljish kuchli, shahar chetlarida esa ancha zaif bo’lgan.


Seysmik to’lqinlar ikki xil bo’ladi:

  1. Vertikal- silkituvchi kuchga ega bo’lib, yer ustidagi buyumlarni go’yoki ostidan urgandek irg’itib yuboradi;

  2. Gorizontal- to’lqinlar esa to’lqinsimon harakatda bo’lib, narsalarni go’yoki beshik tebratgandek tebratadi.

Bir xil ballga ega bo’lgan joylarni birlashtiruvchi chiziqlarga izoseysmik chiziqlar deyiladi.
Rezinani tarang tortib, keyin bo’shatsak, uning har bir zarrachasi oldin cho’ziladi va yana asliga qaytadi. Har ikkala holatda ham to’g’ri chiziq yo’nalishini saqlaydi. Rezinka zarrachalarining bunday harakati bo’ylama tebranish deyiladi.
Rezinkani ikki predmetga mustahkamlab, yuqori ko’tarib qo’yib yuborilsa, har bir zarrachasi ko’ndalangiga to’g’ri chiziqli harakat qiladi. Bu harakat ko’ndalang egiluvchan to’lqinga mos keladi.
Rezinkada ikkala ko’ndalang va bo’ylama to’lqin har xil vaqtda hosil bo’ladi, qattiq jinslarda esa egiluvchan jinslar orasidagi mexanik energiya birlashishi natijasida ikkala to’lqin bir vaqtda bo’ladi.

Yüklə 146,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə