Ushbu ma’ruzada magmatizm jarayoni — intruziv va effuziv magmatizm va u bilan bog‘liq relyef shakllari, metamorfizm turlari va metaformizmni vujudga keltiruvchi omillar hamda zilzila endogen relyef hosil qiluvchi omil sifatida ko’rib


Intruziv jinslarning yer po’stida yotish shakllari



Yüklə 146,91 Kb.
səhifə2/12
tarix30.12.2023
ölçüsü146,91 Kb.
#166825
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
oybek geologiya

Intruziv jinslarning yer po’stida yotish shakllari. Magmatik jinslarni yer po’stida hosil qilgan yotish shakllarini o’rganish murakkab ishdir. Bularning yotish shakllari ikki xil sharoitga bog’liq. Bosim kam bo’lgan joylarda magma qatlamlari ikki qatlamlar orasiga joylashib, moslashib yotishi mumkin. Bunday vaqtlarda magma qatlamlararo bo’shliqlarni passiv (ta`sirsiz) holatda egallaydi. Boshqa hollarda magma zo’rlik bilan qatlamlarni ko’tarib, surib yoki eritib bo’shliqni egallab oladi.
Tektonik faol oblastlarda magmaning yer yuzasiga yorib chiqishi yoki uning orasida qolib qotishi tektonik va magmatik harakatga bog’liq bo’ladi. Bu harakat natijasida paydo bo’lgan burmalar xilma-xil shaklga ega bo’ladi. Ba`zan intruzivlar burmaning umumiy tuzilishiga, hatto uning ba`zi detallariga moslashadi. Bular moslashgan intruzivlar deb ataladi. Bunday intruzivlar joylashgan joylarda ham relefning tuzilishi intruzivsiz joylardan farq qiladi. Agar mos intruzivni o’z ichiga joylashtirgan tog’ jinslari qattiq yoki monomineral bo’lsa, u holda kam yemirilishi natijasida baland qoyali landshaftni vujudga keltiradi. Aksincha, magmatik jinslar qattiqroq bo’lsa, ular tez yemirilib qolib balandliklarni, suvayirg’ichlarni vujudga keltiradi. Lekin ko’pincha yorib chiquvchi magma burma shaklini juda buzib yuboradi. Burmalangan jinslarning katta-katta bo’lagini eritib yuboradi. Bular nomos intruziv deyiladi.
Moslashgan intruzivlar. Ikki qatlam orasidagi intruzivga sill deyiladi. Unday qavatlarning qalinligi bir necha santimetrdan bir necha yuz metr gacha boradi. Intruziv sillning egallagan maydoni bir necha ming km2ga yetishi mumkin. Masalan, Sibir platformasida sill egallagan maydon bir necha o’n ming km2ga boradi. Janubiy Afrikadagi Karru provinsiyasidagi sillning maydoni 570000 km2. Sillar odatda guruh-guruh bo’lib uchraydilar. Ba`zi bir sillar, masalan: Tunguska daryosi vodiysida 1,5 mln.km2, Hindistonda 300000 km2dan ko’proq maydonni qoplab olgan. Sill asosli magma jinslaridan tashkil topadi.
Lakkollitlar odatda nordon jinslardan tashkil topadi. Uni diametri bir necha 100 m dan bir qancha km ga etadi, guruh-guruh bo’lib uchraydi.
Lopolitlar. Usti botiq yostiqqa o’xshash intruziv shaklli bo’lib, avval ko’tarilib, so’ngra so’nib, tog’ ustki qismining cho’kishidan hosil bo’ladi. Shimoliy Amerikadagi Duolus gabbro lopolitining umumiy maydoni 38000 km2 ga teng, hajmi esa 200000 km3 ga teng.
Fakkolit. Linzasimon intruziv shaklida antiklinal va sinklinallar yadrosida joylashadi. Asosan burmalangan oblastlarda burmalanish bilan bir vaqtda yoki undan keyinroq hosil bo’ladi.

Yüklə 146,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə