Ushbu ma’ruzada magmatizm jarayoni — intruziv va effuziv magmatizm va u bilan bog‘liq relyef shakllari, metamorfizm turlari va metaformizmni vujudga keltiruvchi omillar hamda zilzila endogen relyef hosil qiluvchi omil sifatida ko’rib



Yüklə 146,91 Kb.
səhifə4/12
tarix30.12.2023
ölçüsü146,91 Kb.
#166825
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
oybek geologiya

Effuziv magmatizm — vulkanizm
Endodinamik jarayonlar ichida tekshirish mumkin bo’lgan geologik harakatlardan biri vulkanizmdir. Yer po’sti yuzasida magma harakati bilan bog’liq bo’lgan jarayon yig’indisiga vulkanizm deyiladi.
Vulkanizmni yer yuzasidagi ko’rinishi vulkanlardir. Vulkanizm jarayonini odamlar ibtidoiy tuzumdan boshlab kuzatib keladilar. O’tmishda vulkan otilib turadigan o’lkalarda yashovchi kishilar bu tabiiy harakatni ilohiy kuchga bog’lab kelganlar. Masalan, qadimgi rimliklar otilib chiqayotgan vulkanni ko’rib, uni olov xudosi Vulkano (O’rta dengizdagi orolning nomi) yoki Gefestin deb ataganlar va kishilarni (ekspluatasiya) ishlatishda undan keng foydalanganlar.
Darhaqiqat, tabiatda bo’ladigan dahshatli harakatlar ichida eng qo’rqinchlisi vulkan otilishidir. Vulkan harakatidan yer po’stida kuchli o’zgarishlar ro’y beradi.
Demak, vulkanizm magmatizm jarayonining bir qism bo’lib, bunda yer yuzasiga magma mahsulotlari otilib chiqadi.
Vulkandan otilib yoki quyulib chiquvchi mahsulotlar fizik va kimyoviy xossalariga qarab, gazsimon, qattiq va suyuq bo’ladi. Vulkan harakati boshlanishdan to so’nguncha vulkan va uning atrofidagi teshik-yoriqlardan, lava qoplamlaridan va piroklastik jinslardan turli xil gaz va suv bug’i chiqib turadi. Vulkan otilayotgan paytda krateridan ajralib chiqadigan gazlar eruptiv, lavaning sekin harakati davrida ayrim joylardan burkirab chiquvchi yoki lava qoplamalari yuzasidan ajraluvchi gazlar fumarol gazlar deb ataladi. Fumarol – lotincha xumus–tutun, degan ma`noni bildiradi.
Ko’pincha nordon fumarol tarkibida suv bug’lari bilan aralash xlorid va sulfat kislotasi uchraydi. Ularning issiqligi 200—400°S bo’ladi. Nordon fumaroldan sof oltingugurt va qizil temir oksidi (gematit) kristallari hosil bo’ladi. Bunga Chotqol tog’laridagi gematitli konlar xarakterlidir.
Sulfatorlardagi (Italiyadagi Sulfator vulkanidan olingan) suv bug’i va karbonat angidridi hamda N2S gazidan oltingugurt birikmasi va tuzlar hosil bo’ladi. Moffetlardan suv va suv bug’i bilan birga karbonat angidridi chiqadi. Moffetlarning paydo bo’lish vaqti ko’pincha vulkan so’nishi yaqinlashayotganidan darak beradi. Suv bug’lari va gazlarning xalq xo’jaligida katta ahamiyatga ega.

Yüklə 146,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə