Ushbu ma’ruzada magmatizm jarayoni — intruziv va effuziv magmatizm va u bilan bog‘liq relyef shakllari, metamorfizm turlari va metaformizmni vujudga keltiruvchi omillar hamda zilzila endogen relyef hosil qiluvchi omil sifatida ko’rib



Yüklə 146,91 Kb.
səhifə12/12
tarix30.12.2023
ölçüsü146,91 Kb.
#166825
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
oybek geologiya

Zilzila intensivligi – Zilzila kuchining Yer tashqi yuzasiga ta`siri. (tuproqning o’zgarishi, tog’ jins bo’laklari, binolarning ishqalanganlik darajasi, yer yuzasida yoriqlarning vujudga kelishi va h.k.)
Hozirgi vaqtda MDH mamlakatlarida zilzila intensivligi “MSK – 64” shkalasi (S.V.Medvedev (Rossiya), V.Shponxoyer (Germaniya), V.Karnik (sobiq Chexoslovakiya)) bilan aniqlanadi.
Magnituda zilzila intensivligidan farq qiladi. Mas: Toshkent zilzilasi 1966-y 8 ball bo’lgan magnituda - 5,3; Ashxabod – 1948 - 10 ball magnituda – 7,3 ball.
Zilzila to’lqini aks ettirilgan egri chiziqli chizma seysmogramma deyiladi.
3 xil seysmik to’lqinlar mavjud:
- Bo’ylama (tezligi 3,5 – 6,5 km/sek) yer massasining hajmini siqilishi (deformatsiya)dan kelib chiqadi va qattiq, suyuq hamda gaz holdagi moddalardan o’tadi;
- Ko’ndalang (tezligi 4,5 km/sek) yer qatlamlari shaklining o’zgarishi siqilishidan harakatlanib bo’lgan to’lqin suyuq va gaz holatidagi moddalardan o’tmaydi;
- Yuza to’lqin (tezligi3 – 3,5 kmg’sek) ustki po’stda harakatlanib tez so’nadi. Bu to’lqinlar seysmograf fotoqog’ozida o’z aksini topadi.
O’rta Osiyodagi seysmik stansiyalarda Golisin seysmografi 1929 -yilda o’rnatilgan edi. U 1929-yildayoq 600 ta, 1940-yilgacha 6000 dan ortiq zilzilani qayd etgan. Keyingi yillarda yanada takomillashgan seysmograf yordamida yiliga 1000 dan ortiq zilzila hisobga olinmoqda.
O’zbekiston FA qoshida 1967-yilda tashkil etilgan Seysmologiya instituti zilzilani bashorat qilish borasida katta ishlarni olib bormoqda (radon usuli yordamida). So’nggi yillarda rus seysmologi V.I.Keylis va boshqalar zilzila to’lqinini, uning o’chog’idagi zarbani aniqlash usulini ishlab chiqdilar.

Seysmik rayonlashtirish va zilzilani oldindan aytish.


Seysmik rayonlashtirish katta mehnatni talab qiladigan, mas`uliyatli ishdir. Unda quyidagilar inobatga olinishi kerak: -zilzilaning yer po’stining ichki tuzilishi bilan aloqasi; -geofizik maydonlar, neotektonika, rayonning geomorfologik va geologik xususiyatlari: -tog’ jinslari turlari, tarkibi va mustahkamligi; -yoriqlarning bo’lishi qatlamlar holatini buzilganligi; -joy grunti, yer osti suvlarining sathi va h.k. hisobga olinadi. Yuqoridagilar yagona – o’rganilayotgan rayonda qachon (maksimal) yuqori kuchli zilzila ro’y beradi degan savolga javob bera oladigan bo’lishi kerak.
Zilzilani oldindan bashorat qilish – seysmologlarning hozirgi dolzarb vazifalari bo’lib hisoblanadi. Seysmik rayonlashtirish kartalarida yer qimirlash bo’ladigan joylar va zilzila kuchi haqida ma`lumot beriladi.
Bashorat qilish: uzoq muddatli, qisqa muddatli va tezkor bo’lishi mumkin.


3-REJAGA OID TEST
Bir xil zilzila kuchi balliga ega bo’lgan joylarni birlashtiruvchi chiziqlarga .................. deyiladi. Jumlani to’ldiring.
izoseysmik chiziqlar
izobatik chiziqlar
izotermik chiziqlar
izogipsografik chiziqlar
Yüklə 146,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə