Uslublar tasnifi


demak,  xullas,  darhaqiqat,  haqiqatan



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/30
tarix31.12.2021
ölçüsü0,61 Mb.
#81423
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
uslublar tasnifi

demak,  xullas,  darhaqiqat,  haqiqatan, 

shubhasiz, albatta, darvoqe, masalan, jumladan, ayniqsa, xususan, aksincha, 

afsuski

 

 singari  modal  so‟zlar  va  modal  ma‟no  anglatuvchi  boshqa birliklarni tahlil 

qilgan. 

Shu  tarzda



 

ilmiy  uslubning 



 

ammo,  lekin

 

 kabi  o‟z  bog‟lovchilari, 



bilan, 

uchun,  kabi,  singari,  haqida,  to’g’risida,  tufayli,  sababli,  doir,  oid,  binoan, 

tashqari, qaraganda, asosan, muvofiq, qadar 

 singari ko‟makchilari borligini ham 

qayd qilish to‟g‟ri bo‟ladi.7 

Ilmiy  uslubda  bayon  etilayotgan  matnning  sintaktik  qurilishi  fikriy 

tugallikka,  mantiqiy  izchillikka  xizmat  qiladi  hamda  bayonning  tabiatidan  kelib 

chiqib,  bir  tarkibli  gaplarning  shaxssiz,  shaxsi  umumlashgan  turlari  faol.  Undov, 

atov  gaplar  qo‟llanilmaydi,  nutq  monologik  xarakterda  bo‟ladi.  Rasmiy 

uslubdagiga  o‟xshab  gap  tuzilishining  odatdagi  tartibi  qo‟llaniladi.  Qo‟shma  gap 

faol  ishlatiladi.  Darak  gap  asosiy  mavqyeni  egallaydi,  so‟roq  va  buyruq  gaplar 

deyarli  qo‟llanilmaydi. 



Ommabop  uslub

  Tashviqot-targ„ibot  ishlarini  olib  borishda  qo„llanadigan 

uslub,  ya‟ni  matbuot  uslubi  ommabop  uslub  hisoblanadi.  Soddalik,  tushunarli 

                                                                 

7.

 

M u k a r r a m o v  M.

 Hozirgi  o‟zbek adabiy  tilining  ilmiy  stili.  125-b 




 

 

bo„lish,  ta‟sirchanlik,  adabiy  til  me‟yorlariga  rioya  qilish  bu  uslubning  asosiy 



belgilaridan  hisoblanadi.  Ommabop  uslubning  radio,  televideniyeda  ishlatiladigan 

ko„rinishi  og„zaki  ommabop  uslub  deyilsa,  gazeta  jurnallarda  ishlatiladigan 

ko„rinishi  yozma  ommabop  uslub  hisoblanadi.  Bu  uslubda  ijtimoiy-siyosiy  so„zlar 

ko„p  qo„llanadi.  Nutq  ta‟sirchan  bo„lishi  uchun  ta‟sirchan  so„z  va  birikmalardan, 

maqol  va  hikmatli  so„zlardan  ham  foydalaniladi.  Bunday  uslubda  gap  bo„laklari 

odatdagi  tartibda  bo„ladi,  kesimlar  buyruq  va  xabar  maylidagi  fe‟llar  bilan 

ifodalanadi,  darak,  his-hayajon  va  ritorik  so„roq  gaplardan,  yoyiq  undalmalardan, 

takroriy  so„z  va  birikmalardan  unumli  foydalaniladi: 



1.  Azamat  paxtakorlarimiz 

mo„l  hosil  yetishtirish  uchun  fidokorona  mehnat  qilishyapti.  2.  Partiya  faollari 

o„zlarining navbatdagi majlisiga yig„ilishdi.  

         Til  taraqqiyotida  muhim  omil  sanaladigan  publisistika  o‟z  navbatida 

tilning  imkoniyatlaridan  ham keng foydalanadi. 

         Ommabop 

uslub 

imkoniyatlarining 



kengligini 

lingvistik 

va 

ekstralingvistik  (paralingvistik)  –  tildan  tashqaridagi  omillarning  mustahkam 



aloqadorligida  kuzatamiz.  Publisistik  janrda  yozilgan  asarlarning  mohiyatan 

hozirjavobligi,  ularning  axborot  hamda  targ‟ibot-tashviqot  xarakterda  bo‟lishi  va 

ommani  dunyo  yoki  mamlakatimiz  miqyosida  sodir  bo‟layotgan  voqea-

hodisalardan  zudlik  bilan  xabardor  qilish  natijasida  yuzaga  keladigan  novatorlik 

unda  tabiiy  ravishda  yangi  ijtimoiy-siyosiy  terminologiyaning  qo‟llanilishi  va 

tilimizda  me‟yorlashishiga  sabab  bo‟ladi.  Boshqacha  aytganda,  ommabop  uslub 

tilning  yangi  so‟z va iboralar hisobiga boyib borishiga ko‟maklashadi. 

Ommabop  uslub  ma‟lum  ma‟noda  oraliq  uslub  sanaladi.  Bu  uslubda 

shakllangan  matnlar  obrazliligi,  ta‟sirchanligi,  tasviriy  vositalarning  mahsuldor 

qo‟llanilishi  bilan  badiiy  uslubga  yaqinlashsa,  dialektizmlar,  istorizmlar,  argo  va 

jargonlar  qo‟llanilmasligi  bilan  undan  uzoqlashadi.  Ifodaning  aniqligi  va 

publisistik 

janrlarga 

xoslangan 

hamda 

ijtimoiy-siyosiy 



terminologiyaning 

qo‟llanilishi  bilan  ilmiy  uslubga  o‟xshaydi.  Ayni  paytda,  ifodadagi  qisqalik, 




 

 

lo‟ndalik,  ixchamlik,  yorqinlik  kabi  xislatlar  ham  uni  ilmiy  uslub  bilan  yonma-yon 



qo‟yadi. 

Radio  va  televideniyedagi  ayrim  chiqishlar  bu  uslubdagi  matnda  so‟zlashuv 

uslubi elementlari  ham ba‟zan aralashib ketishi  mumkinligini  ko‟rsatadi. 

Ma‟lumki,  publisistika  badiiy,  siyosiy,  ilmiy  jabhalarni  qamrab  oluvchi  yirik 

soha  hisoblanib,  ommaviy  axborot  vositalari  sanaladigan  radio  va  televideniyeda, 

gazeta  va  jurnallar  sahifalarida  aks  etadigan  yangilik,  xabar,  reportaj,  tahlilnoma, 

bosh  maqola,  maqola,  ocherk,  feleton,  pamflet,  e‟lon,  reklama  singari  qator 

janrlarni  qamrab  oladi.  Ana  shu  qamrov  doirasining  kengligi  o‟z  navbatida  til 

birliklarining  har  bir  janrda  alohida  tarzda  me‟yorlashuvini  taqozo  etadi.  Bu 

o‟rinda  esa  me‟yorlashishning  umumiy  jihatlari  xususida  so‟z  yuritish  imkoniyati 

mavjud. 

Sifatdosh  oborotlar,  fe‟llarning  shart  mayli  shakllarining  almashinib 

ishlatilishi,  ritorik  so‟roq,  ritorik  murojaat,  undov,  bir  bosh  bo‟lakli  gaplarning 

faolligi 

bu 

uslubga 


xos 

xususiyatlar 

sanaladi. 

Eng  muhimi, 

ijtimoiy-

siyosiy   atamalar 

ko‟p  qo‟llaniladi.  Hatto  umumiste‟moldagi  so‟zlar   ham 

ommabop  uslubda  yozilgan  matnda  atamaga   aylanishi  mumkin:




Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə