“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi



Yüklə 65,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix30.12.2023
ölçüsü65,36 Kb.
#164425
1   2   3   4   5   6   7
spT5OHySMYTeeaK1mLGDGUVsi8A5a7s4rMKgHDGR

Ta’limiy vazifasi
– bu o‘rganilayotgan mavzuni tushunchalar va ularning 
izohlari jadvallar, diagramma, asosiy qo‘shimcha materiallar yordamida 
tushunishiga yordam beradi. Ko‘rgazmalilik vazifasi – animatsiyalar o‘quvchilar 
tomonidan biologiyaviy jarayonlarni harakat va dinamik tasvirlash imkoni mavjud . 
Nazorat vazifasi
– o‘quvchining qay darajada o‘zlashtirgani, baholash 
tizimihaqqoniy bo‘lishiga zamin yaratadi.
Rivojlantiruvchi vazifasi
– vazifalar qiyinlik darajisidagi tartibda qo‘yilib 
o‘quvchining 
bilmaganlarini 
izlab 
o‘rganishiga 
o‘tilgan 
mavzularni 
mustahkamlashga zamin yaratadi. 
Tarbiyaviy vazifasi –
aqliy va o‘quv ko‘nikmalarini o‘zlashtiradi. 


 Biologiyani o‘qitishda quyidagi axborot texnalogiyalari mahsulotlaridan 
foydalanish mumkun:
1. mavzuga doir taqdimot tayyorlash;
2. qiyinchilik darajasi turlicha bo‘lgan topshiriqlar tayyorlash;
3. test savollari tuzish;
4. krоssvord tayyorlash;
Bugungi kundagi eng dolzarb muommolardan biri maktablarda axborot 
texnologiyalarini yetishmovchiligida, laboratoriya jihozlari, kimyoviy moddalarinig 
yetishmovchiligidir. Hozirgi muammolardan biri darslarni tashkil etishda o‘qituvchi 
didaktikadan ishlab chiqilgan ta‟lim mazmunini o‘qitish metodlari va vositalarning 
uzviyligik prinsipiga amal qilish mavzulari rejada pedagogik texnologiyalarning 
qaysi turlarini foydalanishi o‘quv yili boshida belgilash kerakligidadir. Axborot 
texnologiyalarining eng qulay tarafi hozir O‘zbekistonda ham onlayn 
ta’lim rivojlanib bormoqda.Bu ta’lim tizimida axborot texnalogiyalarning o‘rni juda 
katta bo‘lib bunda o‘quvchi uydan chiqmagan holda darsni o‘zlashtirishi lozim. 
O‘qituvchi dars o‘tishida ham o‘quvchi darsni tushunishida ham yangi zamonaviy 
texnjlogiyalarning mavjudligi juda muhimdir. O‘qituvchilar axborot texnologiyalari 
orqali taqdimot, video, jadval, tarqatma materiallar ,multimedia tayyorlashlari va 
prezentatsiya vositalari yordamida o‘quvchilarga yetkaza olishlari ularning 
pedagogik mahorati nechog„li yuqoriligidan dalolat beradi. 
Xulosa qilib aytganda biologiya fanlarini o‘qitishda yangi zamonaviy 
texnologiyalardan foydalanishda muammolar mavzusida shunday fikrlar kelib 
chiqadiki, biologiya fanlarini o‘qitishda pedagogik texnologiyalar va zamonaviy 
axborot texnologiyalarini birga olib borish o‘quvchilarni o‘zlashtirish salohiyatini 
yanada oshiradi. Biologiya tabiiy fanlar qatoriga kirgani sababli biologiya fanini 
yaxshi o‘zlashtirishda tabiiy narsalardan foydalanish misol uchun ra’nodoshlar 
oilasi mavzusi o‘tilayotgan bo‘lsa ra‟nodoshlar mavzusiga oid meva, gul, barg, 
poya, ildizlar asosida dars o‘tilsa yanada samarali bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki 
o‘quvchi kitobda o‘qigan malumotni, slaydda ko‘rgan malumotni, ishlagan testlarda 
ega bo‘lgan tushuncha tabiiy o‘z ko‘zi bilan ko‘rsa o‘quvchida o‘zlashtirish 
qobilyati ikki hissa ortadi. 

Yüklə 65,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə