“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi



Yüklə 65,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix30.12.2023
ölçüsü65,36 Kb.
#164425
1   2   3   4   5   6   7
spT5OHySMYTeeaK1mLGDGUVsi8A5a7s4rMKgHDGR

2-savol. 
Issiq, suvbo‘lmagan vaqtda tuyalar suvni o‘rkachlardagi yog‘lardan 
oladi, 100 gr yog‘ning oksidlanishidan 107 gr suv hosil bo‘ladi. Yog‘ning 
oksidlanishi uchun katta miqdorda O2kerak bo‘ladi, buning uchun esa jonivor tez-
tez nafas olishni bilishi kerak. Har bir olish chog‘ida tuyaning o‘pkasiga cho‘lning 
quruq havosikiradi, nafas chiqarayotganda esanamlik bilan to‘yinib chiqadi. 
Buni tajriba orqali isbotlash mumkinmi? 
Biologiyani o‘qitishda o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlarini tizim-
lashtirish, mustahkamligini ta’minlash maqsadida Klasterdan foydalanish muhim 
o‘rin tutadi. 
Klaster – cluster –ingliz tilida shajara degan ma’noni anglatadi. 
Ushbu lokal texnologiya o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan va o‘z-
lashtiradigan g‘oya, nazariya, qonuniyat hamda tushunchalar o‘rtasidagi 
bog‘lanishini anglash, bir-biriga uzviyligini tushunishga imkon yaratib tahliliy-
tanqidiy fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirishga zamin tayyorlaydi. 
Klasterni tuzish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
• biologiya kursi mazmunidagi muayyan g‘oya doska yoki qog‘oz o‘rtasiga 
yoziladi; 
• ushbu g‘oya bilan bog‘liq qonuniyatlar, tushunchalar bir-biriga bog‘liq 
holati ko‘rsatkich bilan belgilanadi, so‘ngra mazkur qonuniyat va tushunchalarning 
faktik ma’lumotlari grafik tarzda yoziladi va tarmoq hosil qilinadi; 
• avval o‘rganilgan mavzu va o‘rganiladigan mavzu o‘rtasidagi bog‘lanishlar 
haqida xulosa chiqariladi. 
Klasterdan foydalaniladigan darslarda o‘quvchilar teng sonli kichik 
guruhlarga ajratilib, ularga o‘quv topshirig‘ining didaktik maqsadi va bajarilish 
tartibi tushuntirilgandan so‘ng, ular belgilangan vaqt ichida fikrlarini jamlab, o‘zlari 
tuzgan Klasterni himoya qilib, fikrlarini dalil-lashga imkon yaratilib, eng yaxshi va 
asosli tuzilgan Waster aniqlanadi, g‘oliblar rag‘batlantiriladi. Klasterni bitta mavzu 


yoki bob bo‘yicha yaxlit holda tuzish o‘quvchilarning tizimli fikr yuritishiga zamin 
yaratadi. Klasterning asosidan asosiy g‘oya yoki tushuncha o‘rin oladi, masalan, 
hujayraning tuzilishi bo‘yicha quyidagicha tuziladi. 
Ta’lim-tarbiya jarayonida lokal darajada qo‘llaniladigan texnologiyalardan 
biri – Venn diagrammasi bo‘lib, uni ishlab chiqqan ingliz olimi Jon Venn nomi bilan 
yuritiladi. Venn diagrammasi o‘rganilayotgan mavzudan o‘rin olgan fakt, tushuncha 
va jarayonlarni tahlil qilish, sintezlash va taqqoslashni talab etadi. Ushbu 
diagrammadan tabiiy tanlanish va sun’iy tanlash, tabiiy tanlanish, yashash uchun 
kurash shakllarini tahlil qilish, sintezlash va taqqoslashda foydalanish mumkin. 
Masalan, gulli o‘simliklarning oilalarini taqqoslashda foydalaniladigan Venn 
diagrammasi quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi tavsiya etiladi. 
Biologiya darslarida rolli oʻyinlarni qoʻllash. Oʻyin texnologiyalari ta’lim 
samaradorlishni ta’minlash, oʻquvchilarda faollikni yuzaga keltirish, bilim, 
koʻnikma, malakalarni shakllantirish, vaqtni qisqartirish, ta’limni jadallashtirishga 
yordam beradi.
Vitaminlar mavzusini soʻrash jarayonida rolli oʻyin texnologiyasidan 
foydalanish 
mumkin. Oʻqituvchi sinfni 2 ta guruhga ajratadi. 1-guruh: “Bemorlar”, 2-guruh: 
“Shifokorlar”. Shundan soʻng oʻqituvchi “Bemorlar” guruhidan bir oʻquvchiga 
sekingina unda qaysi vitamin yetishmasligini aytadi. Bemor oʻquvchi unda 
yetishmaydigan vitaminni eshitgach: shu vitamin yetishmagan taqdirda insonda 
qanday kasallik belgilari paydo boʻlishini esga olishi va shu belgilarni oʻzida paydo 
boʻlganligini 2-guruhdagi oʻqituvchi tanlagan oʻquvchiga aytishi kerak. SHifokor 
uni diqqat bilan tinglab, bemorga tashxis qoʻyishi ya’ni unda qaysi vitamin 
yetishmasligini 
aniq 
aytib, 
uni 
davolash 
uchun 
qanday 
oziq-ovqat 
mahsulotlarini iste’mol qilishi kerakligini aytadi. Koʻrinib turibdiki, bemor rolidagi 
oʻquvchi ham shifokor rolidagi oʻquvchi ham mavzuni chuqur bilmasdan turib oʻz 
rolini bajara olmaydi. Rolli oʻyin davomida shunday hol boʻlgan taqdirda bu 
oʻquvchi shu guruhdagi boshqa oʻquvchi bilan almashtiriladi. Albatta, bu guruh 
oʻrnini belgilashda salbiy ta’sir koʻrsatadi. Oʻyin mavzu doirasida rejalashtirilgan 
savollar tugaguniga qadar davom etadi.
O‘qituvchi qanday o‘qitishni bilsagina o‘quvchilar muvaffaqiyatli 
o‘rganishlari mumkin. 
O‘quvchi to‘ldiriladigan idish emas, balki yoqiladigan mash’aladir.

Yüklə 65,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə