“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi


Noan’anaviy dars va o‘qituvchi faoliyati



Yüklə 184,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix21.10.2023
ölçüsü184,48 Kb.
#129758
1   2   3   4   5   6   7
Noan’anaviy dars va o‘qituvchi faoliyati.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarishning so‘ngi bosqichida 
ko‘zda tutilgan sifat va samaradorlik ko‘rsatgichlarga erishish uchun ta’lim- 
tarbiya jarayonini tashkil etishni moderinizatsiya qilish va uni innovatsion shakl va 
usullarini amaliyotga joriy qilish shu kunning kechiktirib bo‘lmas dolzarb masalasi 
bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun pedagogik texnologiyalarni ob’yekti, 
predmeti

maqsad va vazifalari nimalardan iborat? Uning qanday turlari, tarkibiy tuzilishi, 
jarayonni tashkil etish, shakl va vositalari ilgarigi mavjud o‘qitish metodikasidan 
nimasi bilan farqlanadi, uni monitoringi va baholash tizimi qanday olib boriladi 
kabi savollarga javob berishga to‘g‘ri keladi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturni amalga oshirishning asosiy talablari 
bo‘lgan o‘quv rejalari, dasturlari, yangi avlod darsliklari, davlat ta’lim standartlari 


fanning so‘nggi yutuqlari asosida qanchalik takomillashtirilmasin, moddiy bazalari 
mustaxkamlanmasin, moderinizatsiya qilinmasin, olinadigan piravard natija olish 
oxiri oqibat professor-o‘qituvchilarning kasbiy bilimiga, ko‘nikma, malakasiga, 
ijodkorligiga, pedagogik mahoratiga, intellektual saloxiyatiga, talabaning 
ma’suliyatiga va faolligiga bog‘liq bo‘lib qolaveradi. 
Sir emaski ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini ta’minlash talabaning 
o‘quv mazmunini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan mustaqil dastur asosida mutoala 
bilan tinimsiz shug‘unlanishi, 
mustaqil fikrlay olishi
, o‘z pozitsiyasini ximoya 
qilishi, tafakkur faoliyati ustida tinmay izlanishini taqozo etadi. 
Talabalar bakalavrlik darajasini olgandan keyin o‘z egallagan kasbiga 
yangicha ma’suliyatli munosabatda bo‘lishi, o‘quv jarayonida islohotlarni olib 
borish, zamonaiy texnologiyalar asosida mashg‘ulotlarni olib borish malakalariga 
ega bo‘lishiga erishish zarur. 
Shuning uchun oliy ta’limda faoliyat olib boruvchi professor-o‘qituvchi o‘z 
fani bo‘yicha mashg‘ulotlarni texnologiyalashtirish, algoritmlash, loyixalash, 
modullashtirish, texnologik xaritalarni tuza olish va ular asosida ishlash malakasini 
egallab olishi zarur. 
Ta’lim jarayonini olib borganda pedagogik motivlar, ehtiyojlar, 
manfaatdorlik, maqsadlarni ko‘zda tutish muhim hisoblanadi. 
Pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatmoqdaki, aksariyat oliy 
ta’lim muassasalarida modulli va algoritmlar asosida mashg‘ulotlarni joriy qilish 
keng tus olmoqda. 
Modul-pedagogik texnologiyani tashkil tarkibiy bo‘laklarni tashkil etuvchi 
tushuncha. 
Umuman pedagogik texnalogiya asosini modullar va algoritmlar belgilaydi. 
Pedagogik texnologiyaning eng kichik modullari eng asosiy tushuncha 
bo‘lib, ular go‘yoki pedagogik texnologiyani hosil qiluvchi “g‘ishtcha”lar 
vazifasini bajarishi bilan asosiy ahamiyatga ega. 
Algoritm-pedagogik texnologiya tarkibiy bo‘laklari, modullari o‘zaro 
joylashuvining ketma-ketligini avvaldan belgilangan tartibini (qoidasini) bildiradi. 
Shunday qilib, pedagogik texnologiyaning asosiy jarayoni: «Tashkil etish, 
hamkorlikda ish yuritish, takomillashtirish, tahlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish, 
xulosa chiqarish, 
boshqarish
, nazorat etish, baholash kabilarni o‘z ichiga oladi». 
Texnologiyalarning obyekti – ta’lim mazmunini texnologiyalashtirish 
jarayonidir. Texnologiyani predmeti – ta’lim jarayonini pirovard samarali 
natijasini olish shakli, usul va vositalarini belgilashdan iborat. 
Texnologiyani maqsadi – ta’lim mazmunini modullashtirish, algoritmlash 
loyihalashtirish asosida o‘quvchining shaxsiy faolligi ishtirokida Davlat ta’lim 
standartlarini to‘la o‘zlashtirishni kafolatlashdan iborat. 


Har bir o‘qituvchi pedagogik texnologiyani o‘z mashg‘ulotlariga qo‘llash 
uchun quyidagi texnologik xaritasidan foydalanishi mumkin: 
• Mavzuni aniqlash; 
• Maqsadni aniqlash; 
• Mavzu yuzasidan o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan kalit so‘zlarni 
Belgilash; 
• Vazifalar 1,2,3.... Belgilab olish; 
• Texnologik jarayonni tashkil etish: 
1. Yakka ishlash; 
2. Juft bo‘lib ishlash; 
3. Kichik guruhlarda ishlash; 
4. Katta guruhlarda munozara, savol javob, debat va xokazolar: (Mavzu 
mazmuni va vazifalar tabiyatiga moslari tanlab olinadi) 
1. Reglament; 
2. Baholash; 
3. Xulosalar. 
Tayyor holdagi texnologiyalar avval tajriba-sinovdan o‘tgan yuqori 
ko‘rsatgich berganlari istemolga kiritiladi. Bu esa pedagogik jarayonni 
modernizatsiya qilish asosida pedagogik tizimni yangilash asosida kechadi. 
Keyingi vaqtlarda oliy o‘quv yurtlarida mashg‘ulotlarni loyixalashtirish 
asosida tashkil etish ham keng tus olmoqda. 
Mashg‘ulotlarni loyixalashtirishda xar bir professor-o‘qituvchi oldida bir 
savol ko‘ndalang turishi kerak. Ya’ni xar bir mashg‘ulotning maqsadi, vazifasi, 
ketma ketligi, izchilligi, talabani faollashtirish uchun nima qilish kerak va uni 
amalga oshirishda quyidagilarga rioya qilish kerak: 
• O‘quv 
materiallarini tanlash
, uni didaktik talablar asosida tashkil etish; 
• Foydalaniladigan metod va jarayonlarni jixozlash; 
• O‘z faoliyatini tashkil etish, talaba shaxsi bilan va guruxlarda ish 
faoliyatini tashkil etish. 
Loyihalar asosida o‘quv jarayonini tashkil etishda, mashg‘ulotni olib 
boruvchi professor-o‘qituvchi fidokorlik, ijodkorlik namunasini ko‘rsatishi, 
talabani ruxiy qo‘llab quvatlash, ularni extiyoj, qiziqishlar asosida piravard 
maqsadga erishishga xarakat qilish. Quyida biz mashg‘ulot jarayonini loyixa 
asosida tashkil etish bosqichlarini keltiramiz: 
• Mavzuga oid materiallarni to‘plash; 
• Ta’lim maqsadi va vazifalar mazmunini belgilash; 
• Ta’lim shakli, metodi va vositalarini tanlash; 
• Loyihada ko‘zda tutilgan tushuncha, bilim, ko‘nikma malakalarni 
O‘zlashtirish jarayonida sarflanadigan vaqt birligini hisobga olish; 


• Har bir bosqich natijalarini olish uchun mashq va misollar tizimini ishlab 
chiqish; 
• Mashg‘ulotni nazariy jihatdan olib borish uchun testlar, savollarni ishlab 
chiqish; 
• Loyihani mashg‘ulot 
jarayoniga tatbiq etish

• Mashg‘ulot jarayonini olib borish va yakunlash, xulosalar chiqarish 
mexanizmini yaratish. 
Yuqorida bayon etilganlar asosida quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin. 
Loyiha mazmunini ta’lim jarayonida to‘la o‘zlashtirib olishini kafolatlaydi. 
Mavzularda ko‘zda tutilgan bilim, ko‘nikma, malakalarni ta’lim standartlarini 
o‘zlashtirib olishga erishiladi. 
Pedagogik texnologiyalarni amaliyotga qo‘llashda talabani shaxsi va uning 
qadri ta’lim jarayoni markazida turishi kerak. Iloji boricha jarayonlar 
individuallashgan tabaqalashtirgan holda olib boriladi. 
Bunda asosiy e’tibor talaba faolligini oshirish, mustaqil fikrlashga o‘rgatish, 
ijodiy, mantiqiy fikrlay olish ko‘nikmasini shaklantirish, uni mustaqilligi, 
erkinligini ta’min etish, talabani extiyoj, qiziqishlari asosida ish yuritish, talabani 
ichki imkoniyatlarini ishga solish, o‘z-o‘zini tarbiyalash, mustaqil bilim olish 
ko‘nikma va malakasini oshirishni hosil qilishga karatmog‘i zarurdir. 
Bu zaylda tashkil etilgan ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchiga doimiy ilmiy 
ijodiy, uzluksiz o‘z ustida ishlash imkoniyatini beradi. Bunda holatning ta’lim 
jarayoniga, uning ijodiy muhitini yaratadi va sifat samaradorlik kafolatlanadi. 
Interfaol ta’lim zamonaviy darsdan boshlanadi. Boshqacha qilib aytganda darslarni 
tashkil etishga mas’uliyat bilan yondashadigan yuqori kasbiy malakali va bilimdon 
metodik mahotarga ega, zamonaviy interfaol texnologiyalarni mukammal 
o‘zlashtirib olgan innovatsion faoliyatda ta’limni tashkil etadigan o‘quvchilarga 
talab oshib bormoqda. Interfaol ta’limda jarayon indivuduallashgan holda kechadi. 
Ta’lim jarayonida o‘quv faol ishtirok etadi. O‘quv bilim jarayoniga katta hissa 
qo‘shadi. Jarayonni olib borishda o‘quvchilarning shaxsiy xususiyat tayyorgarlik 
darajasi hisobga olinadi. 
Interfaol asosda dars jarayonini tashkil etilganda: 
– o‘quvchining o‘zaro faolligini oshadi; 
– o‘quvchida o‘quv reja, dastur, darsliklar, standart me’yorlar asosida mavzu 
mazmunini o‘zlashtirib olish malakalari shakllanadi; 
– ta’lim 
mazmunini
, matni, mashq masalalarini mutaola qilish, ishlash, 
o‘zlashtirish ko‘nikmalari o‘qituvchini kundalik shaxsiy ishlariga aylanadi, ularni 
mas’uliyati oshadi; 
– o‘quvchi erkin fikr bildirishi, o‘z shaxsiy fikrini himoya qilish, isbotlay 
olishga odatlanadi; 


– eng muhimi o‘quv jarayonida didaktik motivlar vujudga keladi. O‘z 
navbatida darsni qiziqarli bo‘lishiga olib keladi. Ya’ni bu jarayonda o‘quvchini 
ehtiyoji, xohish, istaklari qondiriladi. Eng muhimi o‘quv materialinito‘la 
o‘zlashtirish kafolatlanadi. 
– o‘qitish usullari ta’lim jarayonida turli xil ko‘rinishlarda (yakka, juft, 
kichik guruh va katta guruhlarda) kechadi. 
Bunday tarzda tashkil etilgan darslarda o‘quvchi ta’lim mazmunini 
o‘zlashtiribgina qolmay, balki o‘zining mehnat va tanqidiy fikrlarini ham 
rivojlantiradi. 
Nihoyat o‘quvchi o‘z kuch va imkoniyatlaria ishonch bilan qaraydi. 
Bizga ma’lumki, ta’lim modeli o‘z ichiga: 
– passiv ta’lim 
– faol ta’lim 
– interfaol ta’limlarni oladi. Shulardan interfaol ta’lim esa o‘z navbatida: 
– muammoli ta’lim 
– loyiha asosidagi ta’lim 
– kreativ ta’lim 
– evristik ta’lim 
– faol o‘yin asosidagi ta’lim 
AKT ta’limlarini alohida, shu bilan birga keyingi vaqtlarda, masofali ta’lim, 
media ta’lim, onlayin ta’limdagi ta’limlar ham ta’lim jarayoniga kirib kelmoqda. 
Yuqorida nomlari keltirilgan ta’lim usullarida o‘zaro faollik, harakat, 
ta’sirchaklik, o‘quvchi va o‘qituvchi muloqatlarida sodir bo‘ladi. Iterfaol 
ta’limning bosh asosiy maqsadi o‘quv jarayonida o‘quvchi uchun eng qulay 
vaziyat yaratish orqali o‘quvchining faol, erkin fikr yuritishga muhit yaratadi. U 
o‘zini intelektual salohiyatini to‘la namoyon etadi va o‘quv sifati va 
samaradorligini oshiradi. 
Ishchanlik o‘yinlari darsi – dars mavzusi bo‘yicha masalalarni o‘rganishda 
o‘quvchilarni oldindan ma’lum rollarni taqsimlash va dars jarayonida shu rolni 
bajarishlarini tashkil etish asosida bilimlarini mustaxkamlash darsi. 
Teatrlashtirilgan dars – dars mavzusi bilan bog‘liq sahna ko‘rinishlari tashkil 
etish orqali dars mavzusi bo‘yicha guruhga aniq ma’lumotlar berish darsi. 
Kompyuter darsi – tegishli o‘quv predmeti bo‘yicha dars mavzusiga doir 
kompyuter materiallari, multimediya, sirtdan o‘quv kursi va boshqalar vositasidagi 
o‘tiladigan darslar. 
Kim oshdi savdosi darsi – elementlarini ayrim bo‘shliqlari bo‘yicha 
bilimlarni har bir o‘quvchi qanchalik ko‘p bilishini namoyish etish darsi. 


Yarmarka darsi – dars mavzusi bo‘laklar bo‘yicha oldindan o‘zlashtirlar 
o‘quvchilarning o‘zaro muloqoti asosida sinfga qiziqarli ma’lumotlar berish orqali 
o‘tiladigan dars. 
O‘yin darsi – dars mavzusiga mos o‘yin orqali o‘quvchilarning 
o‘zlashtirilganliklarini tashkil qilish darsi. 
«Sud» darsi – o‘quvchilar bilan dars mavzusiga mos «sud» jarayonini tashkil 
etish orqali yangi mavzuni tushuntirish darsi. 
Kontsert darsi – dars mavzusini sahnalashtirgan holdagi kontsert shaklda 
ifodalash mashqlari bo‘lib, o‘quvchilarni faollashtirish va bilimlarini 
mustaxkamlash darsi. 
«Tergovni bilimlardan olib boradi» darsi – dars mavzusini oldindan puxta 
o‘rgangan o‘quvchilar sudlashadi, qiziqarli savol-javoblar, texnologiyalar asosida 
isbotlab tushuntirish mashqlari bo‘lib, ularning eslab qolishlariga qulaylik 
tug‘diradi. 
Integral dars – bir nechta predmetlarga doir va integratsiyalash uchun qulay 
bo‘lgan mavzular bo‘yicha tashkil qilingan dars bo‘lib, o‘quvchilarni turli 
predmetlarga qiziqishlari ortadi, faollik muhiti paydo bo‘ladi. 
Mo‘jizalar maydoni darsi – o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan qiziqarli o‘yin 
bo‘lib, turli savollarga belgilangan vaqt orasida to‘g‘ri javoblar topish va 
g‘oliblarni rag‘batlantirish orqali o‘quvchi-talabalarga erkin fikrlash, topqirlik, 
ziyraklik, zukkolik va bilimlarni atroflicha kengaytirish imkoniyatlariga ega 
bo‘ladilar. 
Yuqori sinf o‘quvchilari bilan yangi texnologiyalarni o‘rganishda 
o‘zlashtirish va o‘quv jarayoniga qo‘llashda ko‘pgina trening mashg‘ulotlar tashkil 
etiladi. Biz quyida treninglarni tayyorlash va o‘tkazish haqida fikr yuritamiz. 
Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish va ta’minlashda trenerlarning ish 
faoliyatiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. 
Sir emaski, interfaol metodlarni maktab ta’lim jarayoniga kiritib avval ishni 
o‘qituvchilarni shu jarayonga tayyorlash va malakasini oshirishdan boshlanadi. 
Uning uchun o‘qituvchilarni tayyorlash 
interfaol seminarlar
, trening maxsus 
maqsadli qisqa kurslarida, ayrim hollarda shaxsiy dastur asosidagi mustaqil 
malakasinin oshirish jarayonida amalga oshirish yaxshi natijalar beradi. 

Yüklə 184,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə