“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi


Noan’anaviy dars shakllari, metodlari, vositalari



Yüklə 184,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix21.10.2023
ölçüsü184,48 Kb.
#129758
1   2   3   4   5   6   7
Noan’anaviy dars shakllari, metodlari, vositalari.
Hozirgi zamon ta’lim usullari xilma-xil, ko‘p qirrali bo‘lib, o‘qituvchilar ana 
shu usullardan mashg‘ulotlardan samarali foydalana olish mahoratlariga bog‘liq. 
Noan’anaviy darslarda quyidagi ta’lim vostalari qo‘llanilishi lozim: 
Ta’lim vositalari – o‘quv materialini ko‘rgazmali taqdim etish va shu bilan 
birga o‘qitish samaradorligini oshiruvchi yordamchi materiallar hisoblanadi. 


Ta’limning texnik vositalari (TTV) – o‘quv materialini ko‘rgazmali 
namoyish etishga, uni tizimli etkazib berishga yordam beradi; o‘quvchilarga o‘quv 
materialini 
tushunishlariga 
va 
yaxshi 
eslab 
qolishlariga 
imkon 
beradi.( 
Diaproektor, 
grafoproektor, 
doska-bloknot, 
doska-stend, 
flipchart,videofilmlar yozuv taxtasi). 
Yordamchi ta’lim vositalari (YOTV) – grafiklar, chizmalar, namunalar va 
h.k. Boshq. 
O‘quv – uslubiy materiallar (O‘UM) - o‘quv materiallar, o‘zlashtirilgan 
o‘quv materiallarini mustahkamlash uchun mashqlar. Bular talabalarning mustaqil 
ishlarini faollashtirishga yordam beradilar. Ta’lim vositalarini tanlashni aniqlovchi 
omillar: 
• Maqsadni belgilash; 
• O‘quv 
axborot mazmuni

• Ta’lim vositalari; 
• Etakchi bilim manbai; 
• O‘quv materialining yangiligi va murakkabligi. 
1. O‘quvchilar shaxsini, ularning rivojlanishi va qobiliyatini hisobga olgan 
xolda guruhlarga ajratish. (guruhlarga ajratish ikki yo‘l bilan boradi; birinchi - 
o‘quvchilarning o‘z ixtiyorlari bilan guruhlanish, ikkinchi - o‘qituvchi talabi 
bo‘yicha guruhlanish). 
2. Didaktik materiallar test, varaqalar, o‘quv vazifalari, o‘quv topshiriqlarini 
tayyorlash. Ushbu didaktik materiallarning o‘quvchilar mustaqil ijodiy ishga qay 
darajada mosligini aniqlash (testlar yordamida). 
3. O‘quvchilar guruhining mustaqil ijodiy faoliyatiga tayyorgarlik darajasi. 
4. O‘quvchining o‘quv guruhlarga aloqadorlikka qo‘shgan hissasi. 
5. Guruhdagi har bir o‘quvchining samaradorlikka qo‘shgan hissasi. 
6. O‘quvchi va o‘qituvchi orasidagi o‘zaro munosabat (hamkorlik, 
hamjihatlik, do‘stona tanqidiy). 
7. O‘qituvchining o‘quvchilar guruhi yutuqlariga munosabati. 
8. Guruhlar bilan ishlashda o‘quvchi bilan muloqotda bo‘lish. 
9. O‘quvchilarning dars jarayonidagi faoliyatini nazorat qilish va baholash 
(mavzuni to‘liq so‘rash, qisman so‘rash, ma’lumot tarzida so‘rash, algoritmdan 
foydalannsh, muammoni hal qilish, ijodiy topshiriqlarni bajarish). 
10. Darsni yakunlash va guruh o‘quvchiliri xamda yakka tartibda 
qatnashishini tahlil qilish. 
Quyida asosiy kasbiy mezonlar berilgan bo‘lib, ulardan foydalanishni 
tavsiya etamiz. 
Ta’limimiz tajribasida vujudga kelgan noan’anaviy usullar 


Grafikli organayzerlar (tashkil etuvchi) – fikriy jarayonlarni ko‘rgazmali 
taqdim etish vositasi. Ma’lumotlarni tarkiblashtirish va tarkibiy bulib chiqish, 
urganilayotgan tushunchalar (vokea va xodisalar, mavzular) urtasidagi aloka va 
uzaro bogliklikni urnatish usul va vositalari: Klaster, Toifalash jadvali, Insert, 
B.B.B. 
jadvali
 
Ma’lumotlarni taxlil kilish, solishtirish va taqqoslash usul va vositalari: T-
jadvali, 
Venna diagrammasi 
Muammoni aniqlash, uni hal etish, tahlil qilish va rejalashtirish usullari va 
vositalari: 
“Nima uchun?”, “Balik skeleti”, “Piramida”, “Nilufar guli” sxemalari, 
“Qanday?” ierarxik diagrammasi, “Kaskad” tarkibiy-mantikiy sxema Klaster 
(Klaster-tutam, bog‘lam) – axborot xaritasini tuzish yo‘li- barcha tuzilmaning 
mohiyatini markazlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida 
g‘oyalarni yig‘ish. 
Bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo‘yicha 
yangi o‘zaro bog‘lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi 
Klasterni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Yozuv taxtasi yoki katta qog‘oz 
varag‘ining o‘rtasiga asosiy so‘z yoki 1-2 so‘zdan iborat bo‘lgan mavzu nomi 
yoziladi. Birikma bo‘yicha asosiy so‘z bilan uning yonida mavzu bilan bog‘liq so‘z 
va takliflar kichik doirachalar “yo‘ldoshlar” yozib qo‘shiladi. Ularni “asosiy” so‘z 
bilan chiziqlar yordamida birlashtiriladi. Bu “yo‘ldoshlarda”, “kichik yo‘ldoshlar” 
bo‘lishi mumkin. Yozuv ajratilgan vaqt davomida yoki g‘oyalar tugagunicha 
davom etishi mumkin. Muhokama uchun klasterlar bilan almashinadilar. 
Klasterni tuzish qoidasi 
1. Aqlingizga nima kelsa, barchasini yozing. G‘oyalari sifatini muhokama 
qilmang faqat ularni yozing. 
2. Xatni to‘xtatadigan imlo xatolariga va boshqa omillarga e’tibor bermang. 
3. Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni to‘xtatmang. Agarda aqlingizda 
g‘oyalar kelishi birdan to‘xtasa, u holda qachonki yangi g‘oyalar kelmaguncha 
qog‘ozga rasm chizib turing. 
B.B.B. jadvali – Bilaman / Bilishni hohlayman/ Bilib oldim. 
Mavzu, matn, bo‘lim bo‘yicha izlanuvchilikni olib borish imkonini beradi. 
Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko‘nikmalarini 
rivojlantiradi. 
Jadvalni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik guruhlarda jadvalni 
rasmiylashtiradilar. 
“Mavzu bo‘yicha nimalarni bilasiz” va “Nimani bilishni xohlaysiz” degan 
savollarga javob beradilar (oldindagi ish uchun yo‘naltiruvchi asos yaratiladi). 


Jadvalning 1 va 2 bo‘limlarini to‘ldiradilar. Ma’ruzani tinglaydilar, mustaqil 
o‘qiydilar. 
Veynn diagrammasi – 2 va 3 jihatlarni hamda umumiy tomonlarini 
solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo‘yish uchun qo‘llaniladi. 
Tizimli fikrlash, solishtirish, 
taqqoslash
, tahlil qilish ko‘nikmalarini 
rivojlantiradi. 
Diagramma Veynn tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik 
gurhlarda diagramma Veynni tuzadilar va kesishmaydigan joylarni (x) to‘ldiradilar 
Juftliklarga birlashadilar, o‘zlarining diagrammalarini taqqoslaydilar va 
to‘ldiradilar 
Doiralarni kesishuvchi joyida, ikki-uch doiralar uchun umumiy bo‘lgan, 
ma’lumotlar ro‘yxatini tuzadi. “Nima uchun?” sxemasi “Nima uchun?” sxemasi 
muammoning dastlabki sabablarini aniqlash bo‘yicha fikrlar zanjiri. Tizimli, 
ijodiy, tahliliy fikrlashni rivojlantiradi va faollashtiradi. 
“Nima uchun” sxemasini tuzish qoidasi bilan tanishadilar. 
Alohida kichik guruhlarda muammoni ifodalaydilar. “Nima uchun?” 
so‘rog‘ini beradilar va chizadilar, shu savolga javob yozadilar. Bu jarayon 
muammoning dastlabki sababi aniqlanmagunicha davom etadi 
Kichik guruhlarga birlashadilar, taqqoslaydilar, o‘zlarining chizmlarini 
to‘ldiradilar. Umumiy chizmaga keltiradilar. 
1. Aylana yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shakllardan foydalanishni o‘zingiz 
tanlaysiz. 
2. Chizmaning ko‘rinishini – mulohazalar zanjirinito‘g‘ri chiziqlimi, to‘g‘ri 
chiziqli emasligini o‘zingiz tanlaysiz. 
3. Yo‘nalish ko‘rsatkichlari sizning qidiruvlaringizni: dastlabki holatdan 
izlanishgacha bo‘lgan yo‘nalishingizni belgilaydi. 
“Baliq skeleti” chizmasi Bir qator muammolarni tasvirlash va uni echish 
imkonini beradi. 
Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko‘nikmalarini 
rivojlantiradi Chizmani tuzish qoidasi bilan tanishadilar. 
Alohida kichik guruhlarda yuqori “suyagida” kichik muammoni ifodalaydi, 
pastda esa, ushbu kichik muammolar mavjudligini tasdiqlovchi dalillar yoziladi. 
Kichik guruhlarga birlashadilar, taqqoslaydilar, o‘zlarining chizmlarini 
to‘ldiradilar. Umumiy chizmaga keltiradilar. Ish natijalarining taqdimoti. 
Grafikli organeyzerlardan tashqari biz quyidagi interfaol darslarni keltirib 
o‘tamiz. 
1. Konferentsiya darsi. 
2. Matbuot konferentsiyasi darsi. 
3. Uchrashuv darsi. 


4. Musobaqa darsi. 
5. Estafeta darsi. 
6. Simpozium darsi. 
7. Seminar darsi. 
8. Sinov darsi. 
9. “Kim oshdi savdosi” darsi. 
10. “Zakovat” darsi. 
11. Ijodiy darsi. 
12. Sahnalashtirilgan darsi. 
13. Kontsert darsi. 
14. “Loto” darsi. 
15. “Bayram” darsi. 
16. O‘zaro o‘qitib o‘rganish darsi. 
17. Dala darsi. 
18. “Ishchan o‘yinlar” darsi. 
19. Ijodiy ishni himoya qilish darsi. 
20. Debat darsi. 
21. “Tayanch” signallarga asosalangan darsi. 
22. Sud darsi. 
23. Xayoliy sayohat darsi. 
24. “Mo‘jizalar maydoni” darsi. 

Yüklə 184,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə