V a I i m a t o V a. A. I i. I i o I i o j o n o V



Yüklə 60,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/101
tarix31.03.2023
ölçüsü60,89 Mb.
#103841
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   101
Yarmatova D. S,Davlat kadastri asoslar

1-rasm.
2-rasm.
Geografik kooordinatalardan foydalanish m a’lum qiyinchiliklar 
tug'diradi. U lar ancha murakkab hisoblar talab qiladi ham da 
cheklangan kichik hududlarda muhandislik masalalarini yechishda 
ancha qulayliklar tug'diradi.
Shuning uchun muhandislik geodeziyada nemis olimi Gauss 
Kryuger ishlab chiqqan yassi burchakli koordinatalar sistemasidan 
foydalaniladi va bu proyeksiyalash metodi Gauss-Kryuger proyek- 
siyasi deyiladi.
Bu proyeksiyaning mohiyati quyidagidan iborat: yer shari 
shimoliy qutbdan janubiy qutbga qarab davom etgan 6° li yoki 3° 
zonalarga bo‘linadi. So‘ngra yer shari silindri ichiga solinadi.
AB
o ‘qi sferaning markazidan o'tib ekvator tekisligida yotadi. 
Yer sharining zonasi esa silindrik yon yuzasiga proyeksiyalab va 
yuzani bir zonalikka tekislikdagi proyeksiyasi hosil bo‘ladi.
Zonaning o ‘rta meridiani abssissa o‘qi, ekvator chizig‘i ordinata 
o ‘qi deb qabul qilingan (3-rasm).
3-rasm.


1
Abssissa ekvatordan qutblarga qarab hisoblanadi, bunda ekva- 
tordan shimol tomondagi abssissalar musbat, janub tomondagilari 
esa manfiy bo'ladi. O rdinatalar o'qi m eridiandan hisoblanadi, 
bunda o ‘qi m eridiandan sharq tomondagi ordinatalar musbat
g‘arb tomondagilar manfiy bo‘ladi.
Zonada koordinatalar bir xil ishorali bo‘lishi mumkin. Shuning 
uchun har qaysi zonaning o 'rta o ‘qi meridianning ordinatasi nol 
emas, balki 500 km deb qabul qilingan. Bundan tashqari, har 
qaysi ordinata oldida nuqta joylashgan zona nomeri ko'rsatiladi.
Masalan, 6476100 ordinata berilgan nuqta 6 zonada joylash- 
ganligi va uning ordinatasi 
U
= 466100 - 500000 = — 23900 
m.ga teng.
To'griburchakli koordinatalardan foydalanishni osonlashtirish 
maqsadida kartada har qaysi zona kvadrat turi bilan qoplanadi; 
bu tu r m a’lum kilom etrlarda koordinata o ‘qiga parallel qilib 
o ‘tkazilgan to ‘g‘ri chiziqlardan iborat.
Koordinata o'qlari chizm a tekisligini to ‘rt qismga bo‘ladi, bu 
qismlar I - Sh; ShQ; TI - JShQ; III - J G ’- ; IV - S h G ’ deyiladi.

Yüklə 60,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə