V a I i m a t o V a. A. I i. I i o I i o j o n o V



Yüklə 60,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/101
tarix31.03.2023
ölçüsü60,89 Mb.
#103841
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   101
Yarmatova D. S,Davlat kadastri asoslar

Nazorat uchun savollar
1. Xorijiy mamlakatlarda kadastr tizimining tuzish ishlari qanday olib boriladi?
2 Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarning kadastr xizmatida qanday
ishlar bajariladi?
3. Fransiyada yer kadastri qanday olib boriladi?
4. Daniyada yer kadastri qanday tartibda amalga oshiriladi?
38


1.5. Kadastr xizmatini rivojlantirish muammolari va
ularning yechimi
Tayanch iboralar:
yer va ko'chmas mulk, yer uchastkalar, plan, xarita.
Yer va k o 'ch m as mulk hisobini zam on talablariga javob 
beradigan darajaga yetkazish uchun ko‘pgina texnik, iqtisodiy va 
tashkiliy ishlarni amalga oshirish kerak. Jismoniy shaxslar, davlat, 
yer va ko‘chmas mulkka b o ig a n egalik huquqlarini, ularga ketkaz- 
gan sarf-xarajatlarini, bankdan olib ishlatilgan mablag'larni ishon- 
chli ravishda muhofaza qilish uchun kadastr tizimini barpo etish 
maqsadga muvofiqdir. Shu bois, barcha rivojlangan mamlakatlarda 
kadastr tizimiga katta ahamiyat berilmoqda.
Yer va boshqa ko'chm as mulk, ularning baholarini, yerdan 
foydalanuvchilarni va shunga o'xshash mulkiy m a’lum otlar va 
axborotlarning hisobini, ularning o ‘zgarishlarining hisobini olib 
borish bozor iqtisodiyoti faoliyatini, yer resurslaridan foydalanishni 
ishonchi boshqaruvni yaxshilashga olib keladi.
Yuqorida keltirilgan asosiy talablarning bajarilishini ta ’min- 
laydigan, u yoki bu turdagi kadastrni barcha rivojlangan m am - 
lakatlar qo'llashadi.
Yer zaxiralariga barcha yerlar va ko'chm as mulk ishg‘ol qilgan 
yerlar va boshqa yerdan foydalanuvchilarning yerlari kiradi.
L ekin, u larn in g ich id a k o ‘p tarq alg an i — yer uch astk asi 
m a’lum darajada hujjatlar asosida rasmiylashtirilgan yer, bino 
va inshootlar ishg‘ol qilib turgan yer yoki ko'chm as mulk bilan 
band yerlar kiradi.
K o'chm as mulk bir yoki bir necha yer uchastkalaridan tashkil 
topgan bo'lishi mumkin. U ndan tashqari, ko'pgina mamlakatlarda 
yer uchastkalarining bir qismida joylashgan bino yoki uning bir 
qismini ko'chm as mulk shaklida hisobdan o'tkazish mumkin. Agar 
o'sha ko'chm as mulk yerostida yoki uning ustida birinchi qa- 
vatdan boshqa qavatda joylashgan bo'lsa, u «satxiy ko'chmas mulk» 
deyiladi.
Asos qilib olinadigan quyidagi eng muhim masalalarni yechish 
mumkin:
39


1) mulkiy huquqning kafolati va ko‘chmas mulkka egalik 
qilishining ishonchli muhofazasi;
2) yer va ko'chmas mulkni soliqqa tortish tizimiga yordam 
berish;
3) bankdan qarz olish kafolatini ta ’minlash;
4) yer va ko'chmas mulk bozorini rivojlantirish va nazorat 
qilib turish;
5) davlat yerlarini muhofaza qilish;
6) yer to ‘g‘risidagi bahslarni kamaytirish;
7) yer islohini osonlashtirish;
8) shahardagi rejalash ishlari va infratuzilmani rivojlantirish 
jarayonining samarasini oshirish;
9) atrof-m uhitdan foydalanishning maqbul usullarini hayotga 
tatbiq etishga yordam berish;
10) miqdoriy m a’lumotlami yig‘ish.
K adastr, asosan, bayon qism va plan, xarita, chizgi yoki 
chizmalardan iborat bo‘ladi.
Ko'pgina mamlakatlarda dalada bajariladigan o'lchov ishlarini 
xususiy geodeziya kompaniyalari va davlat korxonalari bajaradi. 
Xarita va planlarning aniqligi har xil mamlakatlarda har xil boMadi. 
0 ‘lchash ishlari b a’zi mamlakatlarda katta aniqlikda bajarilsa, 
boshqasida aniqlik ancha past, chamasi, har bir holatda ham 
o ‘lchash ishlarining aniqligini nazariy va amaliy jihatdan asoslash 
kerak.
Kadastr ishlarini kompyuter yordamida bajarish yaxshi samara 
bermoqda.
Raqamli xaritalar tuzish ham eng samarali m a’lumotlar to ‘pla- 
midir. Lekin bunday xarita tuzish ancha ko‘p mablag1 talab qiladi.
K adastrni eng zam onaviy usullarda tuzish, uni avtom at- 
lashtirish murakkab va juda ko‘p m ehnatni, eng muhimi katta 
mablag‘ni talab qilishini unutmasalik kerak. Shunga qaramasdan, 
agar kadastr tizimi tashkil qilinadigan boisa, u zamonaviy talablarga 
javob beradigan qilib tuzilishi zarur. Buning uchun bu borada 
ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish kerakligini unutmaslik kerak.
Kadastr tizimini bosqichma-bosqich bajargan m a’qul. Awalo, 
iste’molchilarga eng zarur bo'lgan m a’lumotlarni yig‘ish, qayta
40


ishiash, saqlash va tarqatish masalalarini yechish kerak. Ana shun- 
day dolzarb m uam m olardan biri — chegara masalasi.
Uning nuqtalarini joyda aniqlash va belgilash muhim ishdir. 
Yer zaxiralaridan foydalanishda o ‘ta aniq geodezik ishlar bajaril- 
masa ham bo‘ladi.
U ncha qimmat boMmagan tasvirlov va xarita tuzish usullaridan 
foydalanish kerak.
Tasvirlov ishlariga xususiy geodezik korxonalarning jalb 
qilishni asoslash zarur. Ko'pgina mamlakatlarda tasvirlov, xarita- 
lashtirish ishlari maxsus ruxsatnomalari bor xususiy korxonalarga 
beriladi. H atto, bir qator kadastr m a’lumotlaridan foydalanish 
ishlarini ham xususiy korxonalar bajaradi. Lekin kadastr tizimi 
Davlat idoralariga qaraydi.
Yer resurslaridan foydalanishni boshqaruvning yangi tizimini 
amalda tatbiq qilish uchun quyidagi tartibga amal qilinsa, maqsadga 
muvofiq bo‘ladi:
1) iste’molchilarning talabalarini aniqlash;
2) yangi idoraviy boshqaruvni tashkil etish;
3) yangi qonunlarni ishlab chiqish;
4) amaldagi yer huquqlari va mulkiy huquqlarni aniqlash;
5) chegaralarni belgilash va yangi yer uchastkalarining tasvirini 
chizish;
6) yangi hisobiy usullarni yaratish, saqlash tartibi, yer m a’lu- 
motlarining izlash usullarini yaratish;
7) moliyaviy boshqaruvning yangi tizimini tuzish;
8) amaldagi kadastr tizimining faoliyati haqida keng jam oat- 
chilikni ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib turish.

Yüklə 60,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə