V a I i m a t o V a. A. I i. I i o I i o j o n o V


Amerika Qo‘shma Shtatlarida



Yüklə 60,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/101
tarix31.03.2023
ölçüsü60,89 Mb.
#103841
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   101
Yarmatova D. S,Davlat kadastri asoslar

Amerika Qo‘shma Shtatlarida 
joriy qilingan kadastr tizimining 
boshqa mamlakatlarda qabul qilingan kadastr tizimidan asosiy 
farqlari quyidagilardan iborat:
— mamlakatdagi mavjud yeriarning huquqiy bayoni, ularning 
chegaralari, yer uchastkalarining bayoni davlat geodezik koordi- 
natalar tizimi asosida olib boriladi;
— har bir ko‘chmas mulkning bozor bahosi, uning qachon
qayerda, kim tom onidan baholanganligi, aw al kim tomonidan, 
qanchaga sotib olingani, arenda bahosi ko'rsatiladi;
— mulkiy soliqqa tortiladigan ko'chmas mulklarning qayerda, 
qancha borligi, soliq to ‘lovchilar haqidagi m a’lumotlar, ularning 
manzilgohi, soliq miqdori kabi axborotlar beriladi;
— yer uchastkalarining tavsifi, ularda boshqa bino yoki inshoot- 
larning mavjudligi, tabiiy tavsiflar, mulkning qayerda joylashganligi, 
bordi-yu agar yer dehqonchilikka moMjallangan b o isa, bir necha 
yildagi hosildorlik, agar u bino yoki inshoot bo‘lsa, unda qurilish
36


haqida barcha m a’lum otlar, yemirilish darajasi va h.k. barcha 
ishlar yuqori darajada — kompyuterlarda bajariladi;
— mamlakat hududidagi tabiiy manbalarga kadastr tuzilgan. 
K o‘pgina shtatlarning hududlari infraqizil va qora-oq tasmalarda 
rasmi olinib, zamonaviy rangli xaritalar tuzilgan. Ortofotoga katta 
ahamiyat berilmoqda.
So‘nggi o ‘n yilliklarda ko'pgina m amlakatlardagi kabi 
Ros-
siyada 
ham yer va boshqa ko‘chmas m ulklar haqida juda ko‘p 
m a’lum otlar to ‘plangan va iste’m olchilar ham kundan-kunga 
ko ‘paymoqda.
K o‘chmas mulkka bo ‘lgan munosabatlarni quyidagi holatlarda 
ko'rish mumkin:
— yer va boshqa ko‘chmas mulk egalarining egalik vaqtidagi 
va mulkning boshqa birovga o ‘tganligi munosabati bilan zarur 
bo ‘lgan mulkiy huquqni muhofaza qilish;
— ko'chm as mulk bahosining uzluksiz o‘zgarib turishi, ular 
haqidagi m a’lumotlarning soliq idoralari va boshqa idoralarga 
nihoyatda zarurligi:
— yer haqidagi m a’lumotlarning jismoniy shaxslardan tortib, 
to m a ’sul m uassasalargacha b o ‘lgan yangi turdagi iste ’m ol- 
chilarining paydo bo‘lganligi, garovga qarz beradigan banklaming 
mavjudligi;
— atrof-m uhitning kundan-kunga yomonlashib borishi tufayli 
zaxiralardan to ‘g‘ri foydalanishda;
— hududiy rejalashtirish va m intaqalam i har tom onlam a rivoj- 
lantirish dasturlarini ishlab chiqishga b o ‘lgan e ’tiborning osh- 
ganligi;
— shahar hududlarining qishloq xo‘jaligi va o'rm onchilikda 
foydalaniladigan yerlarga ayovsiz bostirib kirishi.
Keltirilgan omillar tufayli Rossiyada kadastr tuzishga bo‘lgan 
harakat har qachongidan oshdi.
Shu bois, u yerda Yer kadastri tizimi ishlab chiqildi. Tizim 
uch bo ‘limdan iborat bo ‘lib, texnik, tashkiliy va maxsus masa­
lalarni o ‘z ichiga oladi.
Texnik masalalarga, kadastr m a’lumotlam ing standartini ishlab 
chiqish, geodezik tayanch tarm og‘ini barpo etish, namunaviy
37


xaritalar tayyorlash, kadastr xaritalar tuzishning andozalari va 
ularni yuritish, ko‘chmas mulklarni va ular joylashgan yerlarning 
kodlarini ishlab chiqish, ular orasidagi bog'liklikni ta ’minlash kabi 
masalalar kiradi.
Tashkiliy masalalarga esa m a’lumotlarni tashkil qilish stan­
dard, m a’lum otlar va ularning oqib kelishi jarayonining stan- 
dartlari, kadastr tizimi ko‘p pog‘onali va ko‘p bosqichli tarzda 
ishlab chiqish, boshqaruvni tashkil etish va uni tarqatib yuborish, 
boshqa tuzilmalar bilan aloqa qilish, muvoflqlashtirish ishlari va 
yordam usullarini ishlab chiqish kiradi.
Maxsus masalalarga, kadastrdan foydalanuvchilarning imkon 
boricha ularning talablarini oldindan hisobga olib, chora-tadbirlar 
ko ‘rish, kadastrni boshqaruvdagi m uam m olarni hal qilishga 
oldindan tayyorgarlik ko‘rish, mablag1 bilan ta’minlash masalasini 
hal etish, kadastrning huquqiy m e’yorini isloh qilish, malakali 
mutaxassislarni jalb qilish, siyosiy tashkilotlar tomonidan yordam 
bo‘lishini ta ’minlash kiradi.
Yer va boshqa barcha ko‘chmas mulk kadastrlari xizmati 
yagona kadastr tizimini tashkil etishi kerak.
Zero, yer uchastkalari, jam oa xo'jaliklari, davlat va shaxsiy 
xo‘jaliklarning barcha turiga mansub yerlar, davlat zaxirasiga 
taalluqli yerlar, ko‘chmas mulkning ham barcha turlari, bino va 
inshootlarning kadastr tasvirlovlari yagona davlat geodezik asosga 
nisbatan bajarilishi kerak.
Kadastr tizimining zamonaviy texnologiyaga asoslangan holda 
avtomatlashtirilgan bo'lishi, barcha ishlar yuqori ilmiy va amaliy 
darajada kompyuterlarda bajarilishi kerak.
Kadastr tasvirlovlarini chizishda aerofotogrammetriya, foto- 
grammetriya va ortofoto xaritalaridan, raqamli xaritalardan foyda­
lanish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 60,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə