V a I i m a t o V a. A. I i. I i o I i o j o n o V



Yüklə 60,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/101
tarix31.03.2023
ölçüsü60,89 Mb.
#103841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   101
Yarmatova D. S,Davlat kadastri asoslar

Nazorat uchun savollar
1. «Kadastr» so'zining m a ’nosi nima?
2. Kadastr o ‘z mazmuniga qarab qanday turlarga bo'lirtadi?
3. Asosiy kadastr qaysi vaqtda o ‘tkaziladi?
1.3. 0 ‘zbekiston hududida kadastr xizmatini
rivojlantirish va ularning yechimi
Tayanch iboralar:
kadastr, geodeziya, kartografiya, kadastr xizmati, zaxira yerlar, obyektlar.
0 ‘zbekiston hududida yer kadastrini yuritishda bir qator 
tamoyillarga amal qilish zarur. Davlat yer kadastrining bunday 
asosiy tam oyillariga quyidagilar kiradi: m am lakatning butun 
hududini to ‘la qamrab olish, fazoviy koordinatalarning yagona 
tizimini qo'llash, yer kadastriga doir axborotlar ishlab chiqish 
uslubiyatining birligi yer kadastriga doir axborotlarning to ‘g‘ri 
b o ‘lishi, qonuniylik, uzluksizlik, ko‘rgazmalilik, markazlashgan 
rahbarlik va boshqalar.
M a’lumki, yer kadastri ishlari mamlakatning barcha hudud- 
larida yagona uslubiyat asosida bajarilishi zarur. Bir davrda 
mamlakatning barcha hududlarini to ‘la qamrab olgan holda o ‘tka- 
zilgan yer kadastri ishlarining natijalari ham respublikamizning 
yer maydonlari to ‘g‘risida aniq fikr-mulohazalar yuritish imkonini 
beradi.
Davlat yer kadastri maqsadlari uchun foydalaniladigan plan- 
kartografik m ateriallarni tayyorlashda bugungi kunda fazoviy 
koordinatalarning yagona tizimini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. 
Negaki bunday plan-kartografik materiallar katta aniqlikka ega 
b o ‘ladi, ulard an foydalanish yer kadastrini yuqori aniqlikda 
o ‘tkazish imkonini beradi.
Davlat yer kadastrini yuritishda qonuniylik tamoyiliga alohida 
e ’tibor beriladi. Bu tamoyilning bajarilishi, asosan, davlatimizni 
yer, undan foydalanish, yer kadastri va uni yuritish bo ‘yicha
16


qabul qilgan qonunlari hamda boshqa qator me’yoriy hujjatlari 
bilan ta ’minlanadi.
Huquqiy demokratik jamiyatning asosiy tashkiliy tadbirlaridan 
biri hisoblangan yer kadastri mustahkam huquqiy bazaga ega 
bo‘lishi zarur. Bularga 0 ‘zbekiston Respublikasining «Yer kodek- 
si», «Davlat yer kadastri to ‘g‘risida»gi qonuni, yer kadastrini 
yuritish to ‘g‘risidagi hukumat qarorlari, yo‘riqnomalar, yerlardan 
foydalanishning davlat nazoratini o ‘rnatish, yer tuzish va yerlarni 
muhofaza qilish bo‘yicha boshqa m e’yoriy hujjatlar kiradi.
Davlat yer kadastrini yuritish uzluksiz holda amalga oshirilishi 
zarur. Jumladan, yer kadastri yerdan foydalanishda ro‘y beradigan 
o'zgarishlarni doimiy ravishda hisobga olib yer fondi holatining 
aniq tavsifini berishi zarur. Bundan ko'rinadiki, yer kadastri 
m a’lumotlari yeriarning tabiiy, xo‘jalik va huquqiy holatlarida 
bo'ladigan joriy o‘zgarishlarni tizimli tarzda aniqlab berilishi kerak. 
E ’tirof etish zarurki, har bir qishloq xo‘jaIik korxonasidagi yer 
m aydonlarda har yili ju d a ko‘p sonli o ‘zgarishlar kuzatiladi. 
M a’muriy tum an (shahar), viloyat va nihoyat mamlakat bo ‘yicha 
esa bunday o'zgarishlar juda katta miqdorlarni tashkil etadi. Bu 
o ‘zgarishlarni doimiy ravishda aniqlab borish yagona yer fondidan 
foydalanishni maqsadga muvofiq boshqarish imkonini beradi. 
Shuning uchun ham yer kadastrini uzluksiz ravishda o ‘tkazish 
zarur bo'ladi.
Yerdan foydalanishning huquqiy, tabiiy va xo'jalik holatlariga 
mos boMadigan faqatgina obyektiv m a’lum otlar mam lakat yer 
fondidan to ‘g‘ri foydalanish va boshqarish bo‘yicha davlat vazifa- 
larini bajarish uchun muvafifaqiyatli qo'llanilishi mumkin. Shuning 
uchun ham yer kadastri hujjatlariga birlamchi yoki joriy o ‘zga- 
rishlarni kiritish ularni tasdiqlovchi hujjatlarga asoslaniladi.
Axborotlar to ‘g‘ri bo‘lishi nuqtayi nazaridan yerdan foydala­
nuvchilarning o ‘zlari ham yer kadastrini to ‘g‘ri yuritishlari katta 
ahamiyatga egadir. Shuning uchun har bir yerdan foydalanuvchi 
yer kadastrini yuritish bo ‘yicha o ‘zidagi zarur hujjatlarda yer 
tarkibida ro‘y bergan barcha o ‘zgarish!arni aniq hisobga olgan 
holda tum an hokimiyatiga yerdan foydalanishning haqiqiy holati 
to ‘g‘risida hisobot taqdim etishi zarur.
gI
 (V/
17


Xo‘jaliklar, m a’muriy tum anlar kundalik ishlab chiqarish va 
boshqa faoliyatlarida yer kadastr m a’lumotlaridan to ‘g‘ri hamda 
keng foydalanish uchun ular mumkin qadar ko'rgazmali bo‘lishi 
zarur. Ya’ni, yer kadastri m a’lumotlari oddiy, tushunarli hamda 
turli plan-xarita m ateriallarida ham aks ettirilishi maqsadga 
muvofiqdir.
Davlat yer kadastrini mamlakat hududlarida to ‘g ‘ri yuritish 
ham da u lard an keng m iqyosda foydalanish m arkazlashgan 
rahbarlik tamoyili asosida davlat hokimiyati organlari tomonidan 
nazorat qilish bilan ta ’minlanadi. Yer kadastrining yaxlitligini 
ta ’minlash bo‘yicha umumiy rahbarlik 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qo‘mitasi tom oni­
dan amalga oshiriladi. Viloyatda yer kadastri ishlariga umumiy 
rahbarlik viloyat yer resurslari Geodeziya, kartografiya va davlat 
kadastri boshqarmasiga, tum an (shahar) da esa tuman (shahar) 
yer resurslari Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri xizmatiga 
yuklatilgan.
Davlat yer kadastri 
Davlat kadastrlari yagona tizimining 
tarkibiy qismi hisoblanadi hamda u davlat kadastri yuritiladigan 
tabiiy, xo'jalik obyekti yoki boshqa obyekt muayyan to ‘rining 
geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va 
bahosi to ‘g‘risidagi yangilanib turiladigan m a’lumotlar va huijatlar 
tizimidan iborat bo‘ladi.
Davlat kadastrlarining yagona tizimi 0 ‘zbekiston Respub­
likasi va uning ayrim hududlari tabiiy-iqtisodiy salohiyatining 
yagona um um davlat hisob-kitobi yuritilishi, baholanishini ta ’- 
minlashga m o‘ljallangan ko‘p maqsadli axborot tizimi tarzida 
yaratiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi G eo­
deziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi davlat 
kadastrlarni yuritish sohasidagi maxsus vakolatli organi hisob­
lanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi:
— 
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy davlat 
hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi 
faoliyatini muvofiqlashtiradi;
18


— davlat kadastrlari yagona tizimini yuritadi;
— vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarni tegishli davlat 
kadastrlarini yuritish uchun zarur boMgan kartografiya materiallari 
bilan belgilangan tartibda ta ’minlaydi;
— davlat kadastrlari yuritilishiga doir m e’yoriy hujyatlami bel­
gilangan tartibda tasdiqlaydi;
— mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini 
tashkil qiladi.
— qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga 
oshiradi.
— Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
— kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan 
o ‘tkazishni tashkil etadi;
— davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrining 
yuritish ishlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy 
byudjet hisobidan moliyalashtiradi;
— tegishli hududlar davlat kadastrining yuritilishini tashkil 
etadi;
— qon u n hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga o sh i­
radi.
Davlat kadastrlarini yuritish Davlat kadastrlarini yuritish tegish­
li vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari va mahalliy davlat hoki­
miyati organlari tom onidan amalga oshiriladi.
Davlat kadastrlarini yuritishga quyidagilar kiradi:
— kadastr obyektlariga bo'lgan mulk huquqi va boshqa huquq- 
lami davlat ro‘yxatidan o ‘tkazish;
— kadastr obyektlarining m iqdor va sifat tavsifini hisobga 
olish;
— kadastr obyektlarini sifat va qiymat jihatidan baholash;
— kadastrga doir axborotni tizimga solish, saqlash va yangilab 
borish;
— kadastr obyektlarining holati haqida hisobotlar tuzish;
— davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli 
axborot taqdim etish;
— foydalanuvchilarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
kadastrga doir axborot bilan ta ’minlash.
19


Kadastr obyektlarining mulkdorlari hamda kadastr obyektlariga 
doir boshqa huquqlarning egalari tegishli vazirliklar, davlat qo‘mi- 
talari, idoralar mahalliy davlat hokimiyati organlariga kadastr 
obyektlarining geografik joylashuvi, huquqiy miqdor, sifat tavsiflari 
va bahosi to'g'risida, shuningdek, ularning holatidagi joriy o'zga- 
rishlar haqida axborot taqdim etishlari shart.
Davlat kadastrlarini yuritish tartibi 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat kadastrlarini yuritilishini moliyalashtirish davlat budjeti 
tom onidan amalga oshiriladi.
Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan 
o ‘tkazish yuridik va jismoniy shaxslarning kadastr obyektlariga 
bo‘lgan huquqlari davlat tomonidan e ’tirof etilishi va tasdiqlani- 
shining yuridik hujjati hisoblanadi.
K adastr obyektlariga b o ig a n huquqlarni davlat ro ‘yxatidan 
o ‘tkazish hujuatlar bilan tasdiqlangan axborotlarni davlat reyestr- 
lariga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro ‘yxatidan 
o ‘tkazish kadastr obyektlarining barcha mulkdorlari va kadastr 
obyektlariga doir boshqa huquqlarning egalari uchun majburiydir.
Kadastr obyektlarini hisobga olish vazirliklar, davlat qo'mitalari, 
idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli bo‘lin- 
malari tom onidan kadastr obyektlarining chegaralari doirasida, 
shuningdek, aholi punktlari, tum anlari, m intaqalar, tabiiy va 
iqtisodiy tegralar hamda 0 ‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha ular­
ning holati undagi va undan foydalanilishiga ko‘ra olib boriladi.
Kadastr obyektlarini sifat jihatidan baholash tabiiy va jismoniy 
tavsiflari asosida amalga oshiriladi.
Kadastr obyektlarini qiymat jihatdan baholash ularning o ‘ziga 
xos xususiyatlarini hisobga olgan holda qon u n hujjatlarida 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Respublikamiz yer fondi yer kadastri bilan uzviy bog'liqdir. 
Chunki aynan yer kadastri mamlakatimiz hamma yer maydon- 
larida yagona uslubiyat asosida o ‘tkaziladi.
0 ‘zbekiston Respublikasida yer — davlat mulki, umummilliy 
boylikdir, undan oqilona foydalanish zarur. Yer davlat tom onidan
20


muhofaza qilinadi. Davlat yerning asosiy egasi sifatida yer fondiga 
egalik qilish va undan to ‘g‘ri foydalanishni ham tashkil etishi 
zarur. Shunday tashkiliy tadbirlardan biri davlat yer kadastri 
hisoblanadi.
Demak, mamlakatning yagona yer fondi — yer kadastrining 
obyekti hisoblanadi. Yer fondi undan foydalanishning asosiy 
maqsadiga qarab quyidagi toifalarga bo'linadi:
1) qishloq xo‘jaligi yerlari — qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun 
yoki shu maqsadlarga m o‘ljallangan yerlar;
2) aholi punktlarining yerlari (shaharlar, posyolkalar va qishloq 
aholi punktlari yerlari), shahar, posyolka va qishloq aholi punktlari 
chegaralari doiralaridagi yerlar;
3) sanoat, transport, aloqa, mudofaa maqsadlarida foydalanish 
uchun m o‘ljallangan yerlar;
4) tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish rekreatsiya m aq­
sadlarida foydalanish uchun m o‘ljallangan yerlar;
5) tarixiy-madaniy maqsadlarda foydalanish uchun m o‘ljal- 
langan yerlar;
6) o ‘rmon fondi yerlari;
7) suv fondi yerlari;
8) zaxira yerlar.
Qishloq xo'jalik ehtiyojlari uchun ajratib berilgan yerlar shu 
sohaga m o‘ljallangan yerlar deb hisoblanadi. Bu yerlar qishloq 
x o ‘jaligi m aqsadlarida faoliyat ko'rsatish uchun zarur bo'lgan 
ekinzorlar, daraxtzorlar, ichki xo'jalik yo‘llari, kommunikatsiyalar, 
o ‘rmonlar, berk suv havzalari, binolarva inshootlar, aholi yashash 
joylari bilan band bo'lgan yerlarga ajratiladi.
Haydaladigan yerlar, ko‘p yillik darxtzorlar (bog‘zor, tokzor 
va tutzorlar), yaylovlar, pichanzorlar va bo‘z yerlar qishloq xo‘jaligi 
yerlari jumlasiga kiradi. Qishloq xo‘jaligiga m o‘ljallangan yerlar 
doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish maqsadlarida qishloq xo‘jaligi 
ishlab chiqarish kooperativlari (shirkatlar)ga, boshqa qishloq xo‘jalik 
korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga, fermer xo‘jaliklarini 
tashkil etish va yuritish, dehqon xo‘jaligini,‘ xususiy bog‘dor- 
chilik, jam oa bog‘dorchiligi va uzumchiligi" uchun respublika 
fuqarolariga, yordamchi qishloq xo‘jaligini yuritish uchun qishloq
21


xo‘jaligi bilan shug‘ullanmaydigan korxonalar; muassasalar va 
tashkilotlarga beriladi.
Qishloq xo‘jaligi yerlarini irrigatsiyalash va suvdan foydalanish 
tizimiga asoslangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil 
etishning asosi va yerlardan foydalanish jarayonida tuproq unum- 
dorligini oshirishning shartidir. Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan 
va sug‘orishni t a ’m inlay oladigan sug‘orish m anbasi bilan 
bog'langan doimiy yoki muvaqqat sug'orish tarmog'iga ega bo‘lgan 
yerlar sug‘oriladigan yerlar jumlasiga kiradi. Sug‘oriladigan yerlar 
davlat organlari tom onidan maxsus muhofaza qilinadi, ularni 
sug‘orilmaydigan yerlar sarasiga o ‘tkazish alohida hollarda, tuproq- 
meliorativ va iqtisodiy sharoitlarni hamda yerlarning suv bilan 
ta ’minlanganligini, ulardagi mavjud suv resurslarini va ularga 
belgilangan m e’yorlashni e ’tiborga olib viloyat hokimliklari tom o­
nidan 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishil- 
gan holda amalga oshiriladi.
Shahar va posyolka doirasidagi barcha yerlar sh ah ar va 
posyolkalar yerlariga kiradi. Shahar va posyolkalar yerlari tarkibiga 
shahar qurilishi yerlari, umumiy foydalanishdagi yerlar, qishloq 
xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar, daraxtzorlar egallagan yerlar, 
sanoat, transporti, aloqa, mudofaa yerlari va boshqa maqsadlarga 
m oijallangan yerlar, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, 
rekreatsion va tarixiy-madaniy maqsadlarga m o‘ljallangan yerlar, 
suv fondi yerlari va zaxira yerlar kiradi.
Qishloq aholi punktlarining yerlariga belgilab qo‘yilgan chega- 
ralari doirasidagi hamma yerlar kiradi. Qishloq va ovul, o ‘zini- 
o ‘zi boshqarish organlari tasarrufidagi qishloq aholi punktlari­
ning qishloq xo‘jaligi hamda o ‘rmon xo‘jaligi korxonalari muassa- 
salari va tashkilotlari foydalanadigan yerlar kiradi.
Sanoat yerlari jum lasiga sanoat korxonalariga, jum ladan, 
undirm a sanoat va energetika korxonalariga ishlab chiqarish va 
yordamchi binolar hamda inshootlar qurilishiga doimiy foydalanish 
uchun berib qo‘yilgan yerlar kiradi. Transport yerlari jumlasiga 
te m iry o ‘l, ichki suv transporti korxonalari, muassasalari va 
tashkilotlariga transport inshootlari, qurilmalari va boshqa obyekt- 
larni ishlatish, saqlab turish, qurish, qayta qurish, ta ’mirlash,
22


takomillashtirish va rivojlantirish sohasida ular zimmasiga yuk- 
latilgan vazifalarni amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga 
berib qo'yilgan yerlar kiradi. Aloqa yerlariga aloqa tizimi obyekt- 
larini hamda ularga tegishli inshootlarni joylashtirish, aloqa, ra- 
dioeshittirish, televideniye va axborot korxonalari muassasalari 
va tashkilotlariga doimiy foydalanish uchun berib qo‘yilgan yerlar 
kiradi. Qurolli kuchlar, chegara, ichki va temiryo‘l qo‘shinlarining 
harbiy qismlari, harbiy o ‘quv yurtlari, korxonalari, muassasalari 
va tashkilotlarining joylashishi hamda doimiy faoliyati uchun berib 
qo'yilgan yerlar mudofaa ehtiyojlari uchun m o‘ljallangan yerlar 
deb e ’tirof etiladi. Boshqa maqsadlar uchun m o ‘ljallangan yerlar 
jumlasiga korxonalar, muassasalar va tashkilotlar foydalanadigan, 
qishloq xo‘jaligi yerlari aholi punktlari, sanoat transporti, aloqa, 
mudofaa, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekriatsion 
va tarixiy-madaniy maqsadlarga m o‘ljallangan yerlar tarkibiga, 
shuningdek, o 'rm o n va suv fondlari tarkibiga kirmagan yerlar 
kiradi.
Suv xo‘jaligi ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tash- 
kilotlarga belgilangan tartib d a berib q o ‘yilgan suv havzalari 
(daryolar, ko‘llar, suv omborlari va h.k. gidrotexnika va boshqa 
suv xo‘jaligi inshootlari egallab turgan yerlar, shuningdek suv 
havzalarining qirg‘oqlari va boshqa suv obyektlari 
b o ‘y lab
ajratib 
qo‘yilgan zonadagi yerlar suv fondi yerlari jumlasiga kiradi.
Tabiatni m uhofaza qilishga m o'ljallangan yerlar tarkibiga 
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga maxsus maqsadlar uchun 
berilgan davlat qo‘riqxonalari, milliy va dendrologiya bog‘lari, 
botanika bog‘lari, buyurtm a bog'lar (ovchilikka m o‘ljallangan 
yerlar bundan mustasno), tabiat yodgorligi yerlari kiradi.
Kasallikning oldini olish va davolashni tashkil etish uchun 
qulay, tabiiy shifobaxsh omillarga ega bo‘lgan, tegishli muassasalar 
va tashkilotlarga doimiy foydalanish uchun belgilangan tartibda 
berib qo‘yilgan yer uchastkalari sog‘lomlashtirish ishlari uchun 
m o‘ljallangan yerlar jumlasiga kiradi.
Aholining ommaviy dam olishi va sayyohlik tashkil etish 
uchun tegishli muassasalar va tashkilotlarga berilgan yerlar — 
rekreatsiya uchun m o‘ljallangan yerlardir. Tegishli muassasalar
23


va tashkilotlarga doimiy foydalanish uchun berib qo‘yilgan tarixiy- 
madaniy qo‘riqxonalar, me’morial bog‘lar, maqbaralar, arxeologiya 
yodgorliklari, tarixiy va madaniy yodgorliklar joylashgan yerlar 
tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar qatoriga kiradi.
0 ‘rm on xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berib q o ‘yilgan yerlar 
o ‘rmon fondi yerlari deb e ’tirof etiladi.
0 ‘rmonzorlar barpo etish, jarliklarning kengayishini to ‘xtatish, 
r-«shaharlar va sanoat markazlari tevaragidagi ihota o ‘rmonzorlari 
va ko‘kalamzor maydonlar barpo etish uchun boshqa maqsadlarga 
m o‘ljallangan yerlar o ‘rmon fondi yerlari tarkibiga belgilangan 
tartibda o'tkazilishi mumkin. Fuqarolar, korxonalar, muassasalar 
va tashkilotlarga foydalanish uchun berilmagan barcha yerlar zaxira 
yerlardir.
Bunday yerlar jumlasiga doimiy egalik qilish va doimiy foy­
dalanish huquqi tugatilgan yerlar ham kiradi. Zaxira yerlar, tum an 
va shaharlarning davlat hokimiyati organlari taassarrufida bo‘ladi 
va qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun egalik qilish, foydalanishga 
va ijaraga berishga m o‘ljallanadi.
Tum an hokimi mahalliy ahamiyatga molik zaxira yerlarning 
ayrim uchastkalarini o ‘z qarori bilan posyolka, qishloq va ovul- 
larning o ‘zini-o‘zi boshqarish organlari tasarrufiga berishi mumkin.
1-jadvalda 0 ‘zbekiston Respublikasi yagona davlat yer fon- 
dining yer toifalari bo‘yicha taqsimlanishi keltirilgan.

Yüklə 60,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə