V a I i m a t o V a. A. I i. I i o I i o j o n o V



Yüklə 60,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/101
tarix31.03.2023
ölçüsü60,89 Mb.
#103841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
Yarmatova D. S,Davlat kadastri asoslar

Kadastr turlari. 
K adastr turlari ko ‘p. M asalan davlat yer 
kadastri, davlat suv kadastri, davlat o ‘rm on kadastri, arxitektura 
obidalari va boshqa yuzdan ortiq davlat kadastrlarining turlari 
bor.
Ushbu kitobda davlat yer kadastri, bino va inshootlar kadastri 
va shahar kadastrini ko'rib chiqamiz.
Davlat yer kadastri. 
Yer uchastkalari haqidagi m a’lumotlar 
yig'indisi. U, kitob tarzida kartoteka yoki m a’lum otlam ing tizimi 
tarzida tuzilgan. Yer kadastri, yer uchastkalarining tartib raqamlari, 
tavsifi, yer egalari haqida m a’lumotlar to ‘plangan b o‘ladi.
Davlat yer kadastrida esa, asosan, yeriarning tabiiy xo‘jalik, 
huquqiy holatlari haqida ishonchli m a’lumotlar to'planadi. Davlat 
yer kadastrida yer egalarining ro'yxati, yerning miqdori, uning 
sifati, tuproq bonitirovkasi, yerning iqtisodiy bahosi ko'rsatiladi.
Ko‘chmas mulk kadastri. 
Barcha yuridik idoralar va jismoniy 
shaxslarga mansub bo‘lgan binolar va inshootlar davlat hisobiga 
olinib, kadastr ro'yxatiga kiritiladi. K o‘chmas mulk kadastri yuridik 
kuchga ega bo'lgan hujjatdir.
Shahar kadastri. 
Shahar hududida mavjud b o ig an obyekt- 
larning huquqiy, xo'jalik, tabiiy va iqtisodiy holati haqidagi m a’lu­
m otlar to‘plamidir. U shahaming rivojlanishini va kunlik faoliyatini
12


ta ’minlaydi va shahar muhitining vaqt o ‘tishi bilan yuz berayotgan 
o ‘zgarishlarni hisobga oladi.
Yuridik kadastr. 
K o‘chmas mulkka bo ‘lgan mulkni huquq 
haqidagi m a’lumotlarga ega bo‘lgan va bu huquqlarni ro‘yxatdan 
o'tkazishni taminlaydigan axborot tizimi yuridik kadastr deyiladi. 
Davlat yer kadastri, asosan, ikki turga bo‘linadi: asosiy (birlamchi) 
va joriy (kundalik).
Asosiy yer kadastrining vazifasi yer m aydonlarining tabiiy, 
xo‘jalik ham da huquqiy holatlari to ‘g‘risida m a’lum otlam i birlam ­
chi sifatda olish va ularni yer kadastri hujjatlarida yoritishdan 
iborat. Asosiy yer kadastri davriy ravishda yer maydonlarini qayta 
tasvirga olishdan, yerlarning holatini kuzatuvdan, yer baholash 
ishlarini bajargandan so‘ng, yangi yerdan foydalanuvchilar yoki 
yer mulkdorlari tashkil etilganda, shuningdek, qaytadan tasdiq- 
langan yer kadastri hujjatlarini navbatdagi to id iris h chog‘ida 
o ‘tkaziladi. Asosiy yer kadastrida yerdan foydalanuvchilarning 
umumiy maydonlari, yer turlarining tarkibi, yerlarning sifat holati, 
tuproqlarning bonitet ballari va yerlarning iqtisodiy baholari 
to ‘g‘risidagi ma’lumotlarni o ‘zida materiallar va hujjatlar to ‘planadi, 
bir tizimga keltiriladi va tahlil qilinadi. T o‘plangan materiallar 
chuqur o ‘rganiladi, ularning to ‘liqligi aniqlanadi va obyektivligi 
tekshiriladi. Zarur hollarda mavjud materiallar tahlil qilinadi yoki 
mavjud b o ‘lmagan m a’lumotlarni olish uchun qo'shim cha ishlar 
bajariladi. Asosiy yer kadastri yer fondining holati to ‘g‘risida aniq 
m a’lum otlar beradi.
Yer maydonlari to'g'risida bunday aniq m a’lumotlarning m av­
ju d b o ‘lishi kelgusida undan oqilona va sam arali foydalanish 
bo'yicha tadbirlar ishlab chiqish imkonini beradi.
Yer turlari va ularning tarkibi m aydonlar b o ‘yicha doim o 
o ‘zgarib turadi. Ushbu yer kadastri m a’lumotlarini shu kunning 
talab darajasiga bo‘linishini ta ’minlash uchun o'zgarishlarni o ‘z 
vaqtida aniqlab borish hamda yer kadastri hujjatlarida yoritib borish 
kerak. Bu esa, o ‘z navbatida, joriy yoki kundalik yer kadastrini 
yuritib borish zaruriyatini tug‘diradi.
Joriy yer kadastrining vazifasi asosiy yer kadastri o ‘tkazilgandan 
so‘ng yer m aydonlaridan foydalanishda ro ‘y beradigan o ‘zga-
13


rishlarni aniqlash va ularni yer kadastri hujjatlariga tushirishdan 
iborat. Bundan tashqari, boshlang'ich yozuvlardagi xatolarni 
tuzatish va zamon talablariga mos qo‘shimcha m a’lumotlarni ham 
kiritish joriy yer kadastrining vazifasiga kiradi.
Asosiy va joriy kadastr o'zaro bir-biriga bogMiq bo'lgan yer 
kadastrining bosqichlaridir. Asosiy kadastr joriy kadastrni yuritish- 
ga zamin yaratadi. Joriy kadastr, asosiy kadastr m a’lumotlarini 
yangilangani va to‘ldirilgani holda yer maydonlari to ‘g‘risidagi 
m a’lumotlarni tizimli tarzda shu kunning talabi darajasida ushlab 
turadi. Shu sababli ham joriy yer kadastri bo‘yicha ishlar asosiy 
yer kadastri ishlari tugagandan so‘ng birdaniga tashkil etilishi zarur.
Yer kadastri m a’lum otlarining aniqligi yer tuzish, o'rm on 
tuzish, tasvirga olish va kuzatuv materiallarining sifatiga bogiiq. 
Joriy yer kadastri ishlarida asosiy yer kadastri materiallaridan 
foydalaniladi.
M a’lumki, asosiy va joriy yer kadastri ularning niazmuni va 
mohiyatiga mos holda yer kadastri hujjatlarida yoritiladi. 0 ‘zlarining 
mohiyatiga qarab yer kadastri hujjatlari matn-yozuv va grafik- 
chizma turlariga bo‘linadi. M atn-yozuv hujjatlari kitob, qaydno- 
ma, tushuntirish xatlari ko‘rinishida bo‘lib, yer kadastri m a’lu- 
motlari natural ko‘rsatkichlarda yoritiladi. Grafik-chizma hujjatlari
— bu yer kadastri ishlari o ‘tkazilayotgan hududni m a’lum mas- 
shtablarda qog‘ozda aks ettirilishi asosida olinadigan turli plan- 
xaritalar, chizmalardir.
M atn va grafik — chizma hujjatlar o'rtasida doimiy ravishda 
uzviy bog'liqlik mavjud. Matn hujjatlar, odatda, grafik hujjatlardagi 
m a’lum otlar asosida to‘ldiriladi va aksincha.
Yer kadastri hujjatlari mazmuni va mohiyati bo‘yicha asosiy, 
yordamchi, birlamchi hujyatlarga bo‘linadi. Asosiy yer kadastri 
hujjatlari o ‘z navbatida hisob-kitob va hisobot turlariga boMinadi. 
M a’muriy tum an (shahar) bo‘yicha yer kadastrining asosiy hisob- 
kitob hujjati — bu tum an (shahar) davlat yer kadastri kitobidir. 
Ushbu kitobda, odatda, tuman (shahar) bo‘yicha barcha yerdan 
foydalanuvchilar yer mulkdorlarining ro‘yxati, yeriarning m iqdor 
va sifat hisobi, tuproq bonitirovkasi ham da yerlarni iqtisodiy 
baholash m a’lum otlari qayd qilinadi. 0 ‘z mohiyati bo ‘yicha
14


ikkinchi muhim hisob-kitob hujjati — bu tum anning navbatchi 
kadastr xaritasidir.
U tum anda mavjud b o ‘lgan barcha yerdan foydalanuvchilar, 
yer m ulkdorlari va boshqa birliklarni m a’lum m asshtabdagi 
xaritada hududiy joylashuvi bo'yicha aniq tasaw ur beradi. Yer 
kadastrining asosiy hisobot hujjatlari — bu tuman (shahar), viloyat 
yer balansi milliy hisoboti.
Yerdan foydalanuvchilarning asosiy kadastr hujjatlari — bu 
barcha yerlardan foydalanishni hisobga olib boradigan ham da 
ularda yuz beradigan o ‘zgarishlami davriy ravishda tizimli tarzda 
yoritadigan hujjatlardir. Bunga, asosan, yerlardan foydalanish 
huquqlarini beruvchi davlat dalolatnomalari, yerga mulk huquqini 
tasdiqlovchi guvohnoma, korxona, muassasa va tashkilotlarning 
yer kadastri kitobi va yerdan foydalanuvchilarning turli m azm un- 
dagi plan-xaritalari kiradi.
Yordamchi yer kadastri hujjatlariga, asosan, ishchi daftarlar, 
yer mulkdorlari, yerdan foydalanuvchilar ro‘yxati, hisobotlar va 
ularga ilovalar, tushintirish xatlari, ocherklar, kartogrammalar, 
diogrammalar kiradi. U lar asosiy yer kadastri hujjatlarida kelti- 
riladigan m a’lumotlarni to ‘ldiradilar.
Asosiy yer kadastri hujjatlariga yer kadastrini yuritish uchun 
birlam chi hujjat m a’lum otlaridan foydalaniladi. B oshlang'ich 
tarzda yer kadastrini yuritish hamda joriy o ‘zgarishlarni kiritishda 
ham birlamchi hujjatlar asos bo‘ladi. Bunday hujjatlarga, asosan, 
yer tuzish, o'rm on tuzish, maydonlarni tasvirga olish, yerlarni 
yo'qlam a qilish, yer va ekin turlarini maxsus asboblar yordamida 
nazoratli oMchov, tuproq, agrokimyo, geobotanik va meliorativ 
kuzatuv materiallari, yerdan foydalanishda ro‘y bergan o ‘zgarish- 
larni oMchov natijalari bo'yicha materiallar, tuproq bonitirovkasi 
va yerlarni iqtisodiy baholash, m aydonlar yuzalarini hisoblash 
qaydnomalari kabilar kiradi.
Asosiy yer kadastri hujjatlarida yuqoridagilar bilan birgalikda 
yer kadastri m a’lumotlarini qonuniy ravishda tasdiqlovchi unga 
huquqiy asos b o‘ladigan hujjatlar ham zarur. Bularga, asosan, 
«Yer kodeksi», «Davlat yer kadastri to ‘g‘risida»gi va «Davlat ka­
dastrlari to ‘g‘risida»gi qonunlar, Vazirlar M ahkamasining viloyat
15


va tum an hokimiyatlarining yer munosabatlarini tartibga solish 
va yerdan foydalanish sohalaridagi qarorlari kiradi.

Yüklə 60,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə