V a I i m a t o V a. A. I i. I i o I i o j o n o V



Yüklə 60,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/101
tarix31.03.2023
ölçüsü60,89 Mb.
#103841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
Yarmatova D. S,Davlat kadastri asoslar

Milan kadastri»
deb nomlangan 
dastur qabul qilingan. Ushbu dasturda kadastrning quyidagi 
vazifalari ko'rsatilgan edi: har bir yer uchastkalarining rejalari 
tuzilib, yer maydonlarining chegaralari, yeriarning sifati, yerdan 
olinadigan o ‘rtacha hosildorligi va olinadigan sof foyda miqdori 
aniqlanib borilgan va kadastr kitobiga kiritilgan.
Angliyadayer solig'i 991 -yildan boshlabjoriy etilgan. Fransiya- 
da birinchi 
«Kadastr hisob kitobi»
1269-yildan boshlab yozila 
boshlagan.
1790-yilda Fransiyaning Milliy majlisi tomonidan o ‘ta nom u- 
tanosib bo‘lgan soliqlar bekor qilinib, har bir yer uchastkalaridan 
olingan sof foydaga nisbatan yer solig‘ini olish qabul qilindi. 
Boshida baholash komissiyasi tom onidan yer egalarining fikrlari 
bilinib, haqiqiy yer holati aniqlangan hamda qo‘shimcha soliqlar 
belgilanib, daromad miqdoriga qarab teng ravishda taqsimlangan. 
Ammo sof vijdonlilikka qaratilgan hisob-kitoblar o ‘zini oqlamadi. 
Shu sababli 1798-yilda bu mamlakatda yerni baholashning yangi 
usuli belgilandi: ya’ni yerni baholash baholovchilarning vijdoniy- 
ligiga qarab em as, balki sof foydani aniqlash orqali amalga 
oshiriladigan bo ‘ldi.
M amlakatning har bir joylaridan bir nechta yer uchastkalari 
ajratilib olinib suratga tushishlar va yerlar baholanar edi. Tez 
orada yerlarni suratga olish va baholash tanlab emas, balki barcha 
yer uchastkalarida amalga oshirila boshlandi. Bu esa, ular orasida 
soliqlarni teng ravishda bo'linishiga imkon yaratdi. Shu sababli


1807-yilda qabul qiiingan qonunga asosan 
«partsellar
»li yer 
uchastkalarini «hisob-kitob» qilish kadastriga o'tildi.
Yer uchastkalari to ‘liq suratga tushirilib, rejalari tuzilgandan 
keyin, hujjatlar baholash-ekspert komissiyasiga berilgan. Baholash 
ekspertlari yerning haqiqiy holatini ko'zdan kechirib, yerning sifati- 
ni, qaysi ekin turi ekilishini va qaysi sinfga mansubligini aniqlab, 
o ‘rtacha sof foyda m iqdorini belgilab bergan. Bunda qishloq 
x o ‘jalik m ahsulotlarining bahosi keyingi 15 yildagi o ‘rtacha 
m iqdoriga qarab olingan. K adastr xizmatiga M oliya vazirligi 
rahbarlik qilgan. Kadastr bilan shug‘ullanuvchilar ikki guruhga 
b o ‘lingan: birinchi guruhga yerni o ic h a b beruvchi geometrlar, 
ikkinchisiga soliq nazoratchilari va yerlarni sinflarga bo'luvchi 
shaxslar kirgan.
Avstriyada yer kadastri XIX asrning birinchi yarmida ilk bor 
o ‘tkazilgan. U paytlarda bu mamlakatda qonuniy ravishda yerlarni 
chegaralash kadastr bilan bog‘liq emas edi. Kadastr tom onidan 
berilgan m a’lum otlar asosida soliqlar bulinar va har bir shaxsga 
yetkizilar edi.
Fransuz va Avstriyaliklarning eng katta va asosiy kamchiliklari 
shundan iborat ediki, ular har bir yer uchastkalari uchun maxsus 
murakkab ishlab chiqilgan ta ’ritlar asosida yerlarni baholaganlar. 
Shuning uchun kadastrni kiritish ishlari bu davlatlarda uzoq mud- 
datga cho‘zilgan.
Prussiya kadastrini tashkil etishda sezilarli darajada olg‘a 
ketildi, uni amalga oshirish uchun atigi 4 yil zarur b o ‘ldi, xolos. 
Bu m am lakatda soliqlarning teng ravishda b o ‘linishiga sabab har 
bir yer maydoni birlik sifatida qabul qilinib, undan sof foyda 
olingan.
Shuning uchun sof foydani aniqlashda har qaysi yer uchastka 
maydonini baholash zaruriyati kerak bo'lmadi. Yerlarni baholashni 
amalga oshirish uchun mamlakat miqyosida mavjud bo‘lgan barcha 
yerlar suratga tushirilib, kadastr ishlari tez, arzon va juda sodda- 
lashtirilgan holda bajarildi.
Eng asosiysi kadastrlash jarayoni yerlar bir turlilikka olib kelinib 
va bir vaqtda baholashga erishildi, bu esa iqtisodiy taqqoslash 
uchun juda muhimdir. Keyinchalik Prussiya kadastri ko‘rinishi
9


jihatdan o ‘zgarib bordi, yer uchastkalarining chegaralari qonuniy 
ravishda hujjatlashtirildi va kadastr kitobiga kiritilib borildi.
Rossiya davlatida yerlarga kadastr ishlarini tatbiq etish 1842- 
yildan boshlanib, 20 yil davom etgan. Kadastr ishlarini o ‘sha 
davrda Rossiyaning davlat mulki vazirligining kadastr guruhlari 
amalga oshirgan. Ular yer maydonlarini toifalarga bo'lishda qishloq 
xo'jalik m ahsulotlarining hosiIdorligi haqidagi m a’lumotlariga 
tayangan holda ish olib borgan.
Rossiyada yerlarni baholashda o ‘rtacha hosildorlik so'rab- 
surishtirish yo‘li bilan yoki to ‘g‘ri nazorat qilish orqali aniqlanib, 
umumiy darom ad miqdori belgilangan. Bundan ishlov uchun 
qilingan xarajatlar hisoblanib, har bir turdagi yer maydonidan 
olinadigan sof foyda aniqlangan. 1899-yilda Rossiyaning Davlat 
Mulki vazirligi yerni baholashning yangi qoidalarini kiritdi, uning 
asosiga shartli ravishda ishlov beriladigan yerlarni beshta klassifi- 
katsiyaga bo‘lgan, ya’ni eng yaxshi yerlardan to eng yomon turdagi 
yerlargacha bo'lingan.
Amerika Qo'shma Shtatlarida kadastrni joriy etish 1785-yildan 
boshlangan. Kadastr ishlarini boshqarish davlat tomonidan nazorat 
qilinib, ikki guruhga bo‘lingan. Geodeziya xizmatidagi guruh 
vakillari, yeriarning chegaralarini, maydonlarini, ko'rilgan binolar- 
ning oMchamlarini, hajmini aniqlash bilan shug'ullangan. Ikkinchi 
guruh xizmatchilari huquqshunoslardan iborat bo'lib, ular yer 
va ko'chnias mulk egalarining mulkka bo‘lgan egalik huquqini 
aniqlashgan hamda maxsus kadastr kitoblariga kiritilib, sud idora- 
larida saqlangan.
Amir Temurning «Temur tuzuklari» kitobida keltirilishicha 
yer maydonining miqdori, undan olinadigan hosil soliq miqdorini 
belgilagan. «Hisobga olingan ekin yerlari birinchi, ikkinchi va 
uchinchi jarib (bir jarib 958 kv metr ga teng) ekin yer qilib 
ajratilsin. Birinchi jaribdan olingan hosilninguch havori (1 harvor 
300 kg) ga yaqin, ikkinchi jaribdan olinganning ikki baravari, 
uchinchi jaribdan olinganning bir xavori yig‘ib olingan. Buning 
yarmini bug‘doy yarmini arpa hisoblab, bo'lib ikkisini dehqonga 
qoldirib, birinchisini olsinlar. Agar raiyat bu yo‘sinda soliq to ‘lashga 
rozi bo‘lmasa, u holda bir havor bug‘doyga besh misqol (bir
10


misqol 4,8 grammga teng) kumush, bir havori arpasiga ikki yarim 
misqol kumush miqdori narx qo‘ysinlar. Shulardan boshqa qo‘- 
shim cha tarzda, ulardan liech qanday soliq talab qilmasinlar» 
deb yozilgan kitobda.
Yuqorida keltirilgan ishlarni aniq va to ‘g ‘ri bajarish uchun 
albatta, ekin yerlari o ‘lchangan va hosil hisobga olingan. Agarda 
noto‘g‘ri m a’lumotlar yig‘ilgan bo‘lsa, xizmatchilar jazolangan. 
0 ‘lchash natijalarini maxsus davlat daromadlari va yerlari bilan 
shug'ullanuvchi oliy mansabdorlardan iborat holisa deb ataluvchi 
hay’at tekshirgan. Holisa egasiz qolgan yerlarni obod qilishga 
yordam bergan.
Amerika Qo'shm a Shtatlarida kadastrni joriy qilish 1785-yildan 
boshlangan. Davlat qaromog'idagi geodeziya xizmati yerlarning 
chegarasi, maydonlari, unda qurilgan binolarning o ‘lchamiarini 
hajmini aniqlash bilan shug‘ullanishgan boMishsa, huquqshunoslar 
esa yer va ko‘chmas mulk egalarining mulkka b o ig a n egalik 
huquqini aniqlashgan. Barcha hu]jatlar maxsus mulkiy kitoblarda 
qayt etilib, sud idoralarida saqlangan.

Yüklə 60,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə