V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev


-§. PERFORATORLARNING TURLARI



Yüklə 10,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/125
tarix19.09.2023
ölçüsü10,38 Mb.
#122427
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   125
burgilash va portlatish ishlari

1.5-§. PERFORATORLARNING TURLARI
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga kiruvchi mamlakatlarda per-
foratorlar ishlab chiqarish standart bilan ma’lum tartib va qoidalarga 
bo‘ysundirilgan.
Perforatorlar qo‘llanish sharoiti va og‘irligi (massasi) bo‘yicha uch-
ta guruhga bo‘linadi: qo‘lda ko‘chiriladigan, teleskopli va kolonkali.
1.2-rasm. 
Qo‘l perforatorining tuzilishi.


26
Qo‘lda ko‘chiriladigan perforatorlar gorizontal va kavjoyning 
pastiga qarab burg‘ilanadigan shpurlarni chuqurligi 5 m va diametri 
36–46 mm o‘lchamda burg‘ilashga mo‘ljallangan. Eng ko‘p tarqalgan-
larining diametri 40 va 42 mm li shpurlardir. Burg‘ilash ishlari mah-
kamlik koeffitsiyenti 

= 6 – 20 bo‘lgan jinslarda olib borilishi mum-
kin. Burg‘ilash ishini yengillashtirish uchun qo‘lda ko‘chiriladigan 
perforatorlarda pnevmouzatkich (pnevmoko‘targich) qo‘llaniladi.
1.2-rasmda qo‘lda ko‘chiriladigan perforatorning tuzilishi ko‘rsa-
tilgan. Perforator quyidagilardan iborat: silindr 
8
, bosh qismi 
3
, siqil-
gan havo jo‘mragi 
2
, boshqarish qurilmasi 
18
, stvoli 
9
, burg‘i ush-
lagich 
14 
bilan, mahkamlab qisuvchi boltlar 
1
, silindrning ichkarisida 
siqilgan havo taqsimlovchi qurilma 
4
, porshen 
11
, gelikoidal vint 

va 
suv quvuri 
12
, ishlatilgan havo chiqadigan silindrda shovqin kamay-
tiruvchi moslama 

mahkamlanadi, silindrning havo oqib kiradigan 
qismiga perforator qaltirashini so‘ndiruvchi qurilma 
1
o‘rnatilgan.
Porshen ishchi yo‘nalishining oxirida burg‘i shtangasining dum 
tomoniga zarba beradi. Porshenning orqaga qaytishida gelikoidal vint 
bilan tutash bo‘lgan buksi 
10

13 
va burg‘i shtangani aylantiradi (bu-
radi). Siqilgan havoning avtomatik tarzda ishchi va orqaga qaytishida 
uzatilishini klapan 
5
, havo taqsimlagich qurilma 
4
amalga oshiradi.
Siqilgan havo perforatorga magistral quvurdan patrubok 16 orqa-
li kiradi. Havo jo‘mragi 4 ta holatga ega: to‘liq ishlashga, shpurni 
burg‘ilashni boshlash davrida, stop (to‘xtatish) va intensiv puflash
-
ga. Perforatorlarga yuvadigan suv magistral suv quvuridan keltirilib
jo‘mrak 
19
orqali va patrubok 
17
ni suv quvuri bilan birga ulanadi.
Perforatordagi blokirovkalaydigan qurilma suvni perforator ish-
laganida va to‘xtatilganida avtomatik tarzda ulaydi va o‘chiradi.
Perforatorning quvvatini asosiy o‘lchami sifatida porshenning 
zarbalovchi energiyasi qabul qilingan bo‘lib, bu energiya Joul bilan 
ifo dalanadi. Qo‘l perforatorlarining shifri quyidagicha o‘qiladi: 
П
– 
perforator, 
П
– ko‘chuvchi (peredvijnoy), raqamlar porshen kuchay-
tiradigan zarbalovchi energiyasi, Joul; 
В 
chang miqdorini suv bilan 
so‘ndirish; 
Б
– shpurni yon tomonidan yuvish; 

– puflash qurilmasi.
Barcha qo‘l perforatorlari uning vibratsiyasidan saqlovchi, 
shovqin so‘ndiruvchi qurilmaga ega.
Sanoatda ishlab chiqarilayotgan perforatorlarning xarakteristi-
kasi 1.2-jadvalda keltirilgan. Shpurlarni burg‘ilashda hosil bo‘ladi-
gan burg‘i unidan tozalash uchun ПП63Б perforatorga suv burg‘ilov
-


27
chi kallakni o‘q yo‘nalishidagi markaziy qismidagi kovak-naydan, 
ПП54ВБ1 va ПП63ВБ turlarida kallakning yon tomonidan shpur tubi
-
ga yuboriladi, natijada shpur tubi tozalanib, burg‘i uni loyqa (shlam) 
sifatida shpurdan oqib chiqadi. Shpurni puflab tozalash uchun ПП63Б; 
ПП54В1 va ПП63В rusumli perforatorlar qisqa muddat intensiv puf-
laydigan qurilmaga ham ega. Puflagich qurilma ishga tushirilgan
-
da zarbalab aylanuvchi mexanizm ishlaydi. Teleskopli va kolonkali 
perforatorlar asosiy markaziy yuvish tizimiga ega. Doimiy muzlik, 
baland tog‘li, dasht-sahro hududlarida, ruda konlariga suv berish 
imkoni bo‘lmasa yoki suv bilan ta’minlash qiyin bo‘lsa, bunday joy-
larda qo‘llanish uchun ПП63И rusumli perforatorlar (markaziy chang 
so‘rg‘ichli) qo‘llaniladi. Ularda chang to‘plagich ВНИИ-1М53РД turi 
(Magadan mashinasozlik zavodida ishlab chiqariladi) qo‘llaniladi.
Doimiy muzliklardagi sochma konlarni ishlatishda АА63СВИ ru
-
sumli perforatorlardan foydalaniladi. U shpurni issiq havo oqimi bilan 
tozalaydi. Shpurni tozalashga yuboriladigan issiq havo oqimini per-
foratorga o‘rnatilgan maxsus moslama qizdirib beradi. Ishchi opera-
torlar organizmini muhofaza etib, qaltiroq va shovqin ta’siridan ka-
sallanmasligi uchun barcha burg‘i kallaklari vibratsiyani (qaltiroqni) 
so‘ndiradigan va shovqinni pasaytiradigan qurilma bilan ta’minlangan.
Shpurlar burg‘ilash uchun mo‘ljallangan teleskopli perforator 
yuqoriga qarab o‘rtacha mahkamlikdagi va mahkam jinslarni diamet-
ri 40–85 mm, chuqurligi 15 m ga qadar burg‘ilashga mo‘ljallangan.
Kolonkali perforatorlarda shpur va skvajinalarni xohlagan yo‘na-
lishda burg‘ilash mumkin. Shpurlar diametri 40–85 mm, chuqurligi
50 m qadar burg‘ilanadi.
AQSH, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya, Fin-
lyandiya, Polsha, Germaniya kabi konchilik sanoati rivojlangan 
mamlakatlarning ko‘pgina firmalari 70 turdan ko‘proq gidroperfo
-
ratorlarni va 300 yaqin pnevmoelektr perforatorlar turlarini ishlab 
chiqarmoqda.

Yüklə 10,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə