V. S. Raxmanova



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/50
tarix13.10.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#127670
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
Oligofren bolalar deb qanday bolalarga aytamiz?
1. 
Oligofreniyaning kelib chiqish sabablari nimada?
2. 
Aqliy nuqsonlar darajalarini aytib o‘ting.
3. 
Yengil darajadagi aqliy nuqsonli bolalarning rivojlanish xususiyatlarini 
4. 
ta’riflab bering.
Aqliy nuqsonli bolalarga qanday bolalar kiradi?
5. 
Aqliy nuqsonli bolalar qayerda ta’lim-tarbiya olishlari kerak?
6. 


48
5-bob. PSIxIK RIVOjLANISHI ORQADA 
QOLGAN BOLALAR
Ulgurmovchi o‘quvchilar orasida ruhiy rivojlanishi sustlash-
gan bolalar ham uchrab turadi. Ularning bilish faoliyati – intel-
lekti, mantiqiy tafakkuri, idroki, xotirasi, ixtiyoriy diqqati, ish 
qobiliyati va boshqa xislatlariga birinchi o‘rinda markaziy asab 
sistemasining kasalliklari natijasida ruhiy rivojlanishi sustlashadi. 
Bunday bolalarda hissiyot, iroda sferasidagi kamchiliklar birlam-
chi, aqliy zaiflik esa ikkilamchi hodisa bo‘lib hisoblanadi.
T. A. Vlasova, M. S. Pevzner, V. I. Lubovskiy, T. V. Yegorova, 
K. S. Lebedinskaya, N. A. Nikashina, K. K. Mamedov, T. B. Sho-
uma rov, N. A. Sipina, R. D. Triger va boshqa olimlarning ma’ lu-
mot lariga ko‘ra boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining 5–8 foizini ana 
shunday bolalar tashkil etadi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar aqliy darajasi jihatidan 
asosan ikki guruhga bo‘linadi:
1. Yengil nuqsoni bor bolalar – bular maxsus sharoitda 1–3 yil 
ta’lim-tarbiya olganlaridan keyin o‘qishni ommaviy maktabning 
tegishli sinfida davom ettirishi mumkin.
2. Ruhiy rivojlanishida sezilarli darajada orqada qolgan bola-
lar – bular maktabni bitirguniga qadar maxsus sharoitda o‘qitilishi 
kerak. Bunday bolalar maktab dasturini sog‘lom tengdoshlari 
qatori o‘zlashtira olmaydi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarni 
ommaviy maktabda hamma qatori o‘qitish ta’lim jarayoniga ham 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni o‘rtacha o‘quvchining saviyasini 
orqaga tortadi, yaxshi va a’lo o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni yetarli 
darajada o‘stirishga to‘sqinlik qiladi.


49
Dastur materiallarini yaxshi o‘zlashtira olmaganligi tufayli 
ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar doim muvaffaqiyatsizliklar-
ga uchrayveradi, bu narsa ularning xulq-atvorida aksariyat turli 
salbiy xislatlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Olimlardan K. S. Lebedinskaya, G. P. Berton, E. M. Dunayeva 
va boshqalar ruhan sust rivojlanganlikni klinik-psixologik jihat-
dan quyidagi xillarga bo‘lishni tavsiya etadilar: 1) konstitutsional; 
2) somatogen; 3) psixogen; 4) serebral shakli.
Ruhan sust rivojlanganlikning konstitutsional shaklini xarak-
terlovchi belgilarga quyidagilar kiradi: bolaning gavda tuzilishi 
sog‘lom tengdoshlarinikiga nisbatan 1–2 yosh kichik ko‘rinadi. U 
o‘zini bog‘cha yoshidagilarga o‘xshab tutadi va ta’lim olish uchun 
hali «yetilmagan» bo‘ladi. Bunday bola o‘quv faoliyatiga yaxshi 
kirishib ketmaydi, chunki unda o‘qishga qiziqish yo‘q, ish qobili-
yati past. Mas’uliyatsizlik, motivlarning sustligi, ruhiy jarayon-
lardan analiz, sintez qobiliyatlarining yaxshi rivojlanmaganligi 
tufayli o‘qish va yozishni, matematikani katta qiyinchiliklar bilan 
o‘zlashtiradi. Dars vaqtida tez charchab qolish hollari, bosh og‘rib 
turishi konstitutsion shakldagi bunday bolada ish qobiliyati, faol-
lik yanada pasayib ketishiga sabab bo‘ladi.
Rivojlanishdagi bu kamchilikka bola onasining homiladorligi 
davrida qalqonsimon bezlari faoliyatining buzilganligi, yurak 
qon-tomir kasalliklari sabab bo‘lishi mumkin.
Ilk yoshda har xil surunkali kasalliklar bilan tez-tez kasal-
lanib turishi natijasida bola yaxshi o‘sib-unmay qolishi mumkin, 
bu esa o‘z navbatida ruhiy jihatdan rivojlanishida orqada qo-
lishga, kechikishga olib keladi, sust rivojlanganlikning somatik 
shakli deb shunga aytiladi. Bolada surunkali infeksiyalar, allergik 
holat tug‘ma porok va shu kabi kasalliklar, ayniqsa tez uchrab 
turadi. Ruhiy rivojlanishning somatogen sabablarga aloqador 
sust ligi bolada asteniya holatini vujudga keltiradi. Ayrim bolalar-
da somatogen infantilizm kuzatiladi, ya’ni bola o‘sib-unmagan, 


50
go‘dak taxlit bo‘lib qolaveradi. Bunda bola psixikasida nevrozga 
o‘xshash holatlardan o‘z kuchiga ishonmaslik, qo‘rqoqlik, injiqlik, 
erkalik, qiziqishning pastligi va boshqalar kuzatiladi.
Ruhan sust rivojlanganlikning psixogen shaklida bola erta 
yoshligidan noqulay, noto‘g‘ri sharoitda tarbiyalanadi va shu tar-
biyaning salbiy tomonlari ruhan rivojlanishiga ta’sir o‘tkazgan 
bo‘ladi. Shu xildagi kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini 
3 guruhga bo‘lish mumkin:
1. Bola tarbiyasi bilan mutlaqo shug‘ullanmaslik, uni butunlay 
o‘z holiga tashlab qo‘yish, bunda bolalarda burch va mas’uliyat 
hissi shakllanmaydi. Aql-idrokning rivojlanishi, qiziqishlari, bi-
lish faoliyati, his-tuyg‘u va iroda yetishmasligi ustiga o‘quv fan-
larini o‘zlashtirish uchun zarur bilim va taassurotlarning yetish-
masligi ham qo‘shiladi.
2. Bolani har tomonlama erkalatish, yetarli mustaqil faoli-
yatga o‘rgatmaslik, tashabbuskorlik, mas’uliyat hissini shakllan-
tirmaslik bolani «oila erkasi» qilib o‘stirish, haddan tashqari 
uning ko‘ngliga qarab ish tutish natijasida ham bola ruhiy rivojla-
nishida bir qadar orqada qolishi mumkin.
3. Bolaga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lish, jismoniy ja-
zolash, qattiqqo‘llik qilish, ota-onalarning alkogolizmga aloqa-
dor tajovuzkorona munosabatlari bolani mudom asabiylashtirib, 
ruhan rivojlanishdan orqada qolishiga sabab bo‘ladi. Bunday 
bolalarda qo‘pollik, jur’atsizlik, tashabbussizlik, mustaqilsizlik, 
qo‘rqoqlik va boshqa xislatlar shakllanadi. Bularning hammasi 
aql-idrokiga, bilish faoliyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ruhan sust rivojlanganlikning psixogen shaklida aql-idrok, 
bilish faoliyatiga aloqador kamchiliklarga aksari noto‘g‘ri tar-
biya natijasida paydo bo‘lgan xislatlar ham qo‘shilib pirovard 
natijasida shaxsning rivojlanishi izdan chiqadi, unda patologik 
xislatlar yuzaga keladi. Ana shunday bolalarni pedagogik qarov-
siz bolalardan ajrata olish lozim. Pedagogik qarovsiz bolalarning 


51
psixikasi normal bo‘lib, ular noto‘g‘ri tarbiyalanganligi natijasida 
ulgurmovchi o‘quvchilar qatoriga o‘tib qoladilar. Holbuki, ruhan 
sust rivojlangan bolalarda shaxsiyatning har tomonlama noto‘g‘ri 
rivojlanishi markaziy asab sistemasidagi yengil darajadagi orga-
nik jarohatlanish bilan bog‘liq.
Ruhan sust rivojlanganlikning eng murakkab va keng tarqal-
gan psixogen shaklida bosh miyaning kasalligiga, yaxshi yetil-
maganiga aloqador o‘zgarishlar kuzatiladi. Olimlarimizning 
bergan ma’lumotlariga ko‘ra bunday bolalarning 50 foizida asab 
sistemasida organik nuqsonlar bo‘ladi. Bu narsa ularning his-
tuyg‘u, irodaviy holatlari taraqqiy etmaganligiga, asosan organik 
infantilizm tarzida namoyon bo‘ladi. Miyaga aloqador organik 
infantilizmni ikkiga bo‘lish mumkin:
1. Kayf-u ruhiyati o‘zgarib, aksari, ko‘tarinki ruhda bolalar
ularda o‘zlaridan yosh bolalarga xos xislatlar saqlangan bo‘ladi.
2. Ko‘proq kayfiyati past bo‘lib ma’yus tortib yuradigan bola
-
lar, ularda vazifani mustaqil hal qila olmaslik, tashabbus ko‘rsata 
olmaslik, qo‘rqish holatlari ko‘riladi.
Miyaga aloqador organik xarakterdagi yana shu ikki xil in-
fantilizm ko‘p holatlarda qator qo‘shimcha hodisalar bilan birga 
davom etadi. Bularga quyidagilar kiradi:
– serebral-endokrin infantilizm. Bunda asosan ichki sekretsiya 
bezlari faoliyati buzilgan bo‘ladi. Natijada bolalarda his-tuyg‘ular 
yaxshi rivojlanmay nevropatiya holatlari yuzaga keladi. Bolaning 
uyqusi, ishtahasi yaxshi bo‘lmaydi, dispepsiya holatlariga moyil-
lik paydo bo‘ladi;
– serebrastenik holatlar, bular ham tez-tez uchrab turadi. Mar-
kaziy asab sistemasi tez charchaydi, neyrodinamik o‘zgarishlar 
kuzatiladi. Natijada aqliy qobiliyati susayib, xotira pasaya-
di, diqqati tarqoq bo‘lib qoladi, tez ta’sirlanish, qiz bolalarda 
yig‘loqilik, o‘g‘il bolalarda haddan tashqari qo‘zg‘aluvchanlik ku-
zatiladi, bola ish qobiliyati past, arzimagan narsaga tez charchay-
digan bo‘lib qoladi;


52
– tabiatan nevrozga yaqin holatlar, bular qorong‘udan, yak-
kalikdan qo‘rqish, o‘zi va atrofdagilar sog‘lig‘i uchun xavfsirash, 
giperkinezlar, duduqlanish, enurez kabi hodisalar bilan birga ifo-
dalanadi;
– psixomotor qo‘zg‘aluvchanlik asosan o‘g‘il bolalarda 
ko‘proq uchraydi. Serharakatlilik, diqqatning tarqoqligi, tez 
chalg‘ish bunga xarakterlidir;
– affektiv o‘zgarishlar – kayf-u ruhiyatning aytarli sababsiz 
aynib turishi, tajovuzkorlik qilishga moyil bo‘lish bilan xarakter-
lanadi;
– psixopatik o‘zgarishlar – aqliy faoliyatga rag‘bat pastligi, 
o‘qishga salbiy munosabatda bo‘lish, o‘g‘rilik qilish (kleptomaniya), 
ko‘proq yolg‘on gapirish kabi salbiy xislatlarni o‘z ichiga oladi;
– epileptik buzilishlar – har xil ko‘rinishlarda tutqanoq tutib 
turishi bilan namoyon bo‘ladi;
– apatik-adinamik buzilishlar – tashabbuskorlik pasayishi
aqliy faoliyat sustligi, haddan tashqari emotsional bo‘shanglik bi-
lan xarakterlanadi.
Ruhiy sust rivojlanishning serebral shakli miya shikastlari, 
meningit, meningoensefalit, gidrotsefaliya va boshqa kasalliklar 
natijasi bo‘lib hisoblanadi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning o‘qishi pasayib 
keta di, biroq bu holat o‘z vaqtida va to‘g‘ri aniqlansa, bolalarga 
tegishli yordam tashkil etilsa, ular ommaviy maktab dasturini 
o‘zlashtira oladilar.
Ruhan rivojlanish kamchiliklarining ba’zi bir shakllarida bo-
lalarni vaqt-vaqti bilan maxsus psixonevrologik sanatoriyalarda 
davolash foydalidir. Sanatoriyada bola kollektiv ishiga asta-sekin-
lik bilan jalb etiladi. Unda charchash alomatlari paydo bo‘lganda, 
u o‘quv mashg‘ulotlaridan vaqtincha ozod etiladi yoki unga sod-
daroq boshqa vazifalar beriladi. Sanatoriyada davolanib kelgan-
dan so‘ng bola o‘qishni o‘z maktabida davom ettiraveradi.


53
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar uchun mamlakatimizda 
maxsus maktabgacha tarbiya muassasalari – internatlari kuni 
uzaytirilgan maktablarda tenglashtirish sinflari tashkil etilgan.
Ushbu masalalarda ta’lim umumta’lim oddiy bog‘cha yoki maktab 
dasturi va darsliklari asosida olib boriladi, himoyalaydigan 
muloyim davolovchi maxsus tartib tashkil etiladi. Ta’lim-
tarbiyaviy ishlar bolalarning fikrlash qobiliyati, diqqati, ish 
qobiliyati, xotirasi, nutqi va tafakkuridagi kamchiliklarni bartaraf 
etishga qaratilgan bo‘lib, bunday bolaga bilim berishda o‘qituvchi 
uning o‘ziga xos individual xususiyatlarini e’tiborga olgan holda 
maxsus sharoitda, maxsus usullar bilan ishlaydi, tegishli yordam 
tashkil etadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi bolalar va o‘smirlar 
gigiyenasi instituti xodimlari, jumladan N. P. Vayzman va boshqa 
olimlarning o‘tkazgan ilmiy tekshirishlari shuni ko‘rsatadiki, 
ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar o‘zlashtirish jihatidan 
olganda sog‘lom va yengil darajadagi aqli zaif bolalar o‘rtasida 
oraliq o‘rinda turadi. Bu olimlar tekshirish vaqtida yengil 
darajadagi aqli zaif va ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarga 
bir xildagi topshiriqlarni berib ko‘radilar, shunda normal sog‘lom 
bolalar berilgan vazifani to‘g‘ri tushunib, uni kerakli tartibda 
bajargan bo‘lsalar, yengil darajadagi aqli zaif bolalar vazifani 
tushunmay, bajara olmaydilar, ruhiy rivojlanishi sustlashgan 
bolalar esa xuddi shunday vazifani qisman tushunib, qisman 
bajarishadi. Demak, ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar aqli 
zaif, yengil darajadagi aqli zaif bolalarga nisbatan ancha yaxshi 
tushunadi va bularni bajarish uchun ularda kerakli imkoniyatlar 
mavjud bo‘ladi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning 
o‘zlashtirish qobiliyati sog‘lom tengqurlariga nisbatan past bo‘lsa-
da, yengil darajadagi aqli zaif bolalarnikidan ancha durust 
bo‘lganligi uchun bunday bolalarni yordamchi maktabga yuborish 
noto‘g‘ri, chunki ushbu maktab dasturi ular uchun soddalik 


54
qiladi. Ommaviy maktab esa bola uchun zarur bo‘lgan sharoitni 
yaratib (maxsus sinf – tenglashtiruvchi sinf ochib) o‘z dasturini 
o‘zlashtirishini ta’minlash uchun maxsus yordam ko‘rsatishi 
lozim.
Bog‘cha tarbiyachilari va boshlang‘ich maktab o‘qituvchilari 
ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning maxsus sharoitda 
ta’lim-tarbiya olishlariga yordam berishlari kerak, ularni o‘z 
vaqtida aniqlab, boshqa bolalardan ajratib olib, ota-onalarga 
mutaxassis psixonevrologlarga murojaat qilishga maslahat 
berishlari lozim. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar bilan 
inkluziv sharoit me’yorda rivojlangan, sog‘lom tengdoshlari 
orasida yoki maxsus muassasalarda davolab, himoya etish va 
ruhiy faoliyatni rostlashni ko‘zlab alohida ta’lim-tarbiya ishlari 
olib boriladi.
O‘z vaqtida va to‘g‘ri tashkil etilgan yordam tufayli ushbu 
toifadagi alohida yordamga muhtoj bolalar keyinchalik yaxshi 
rivojlanib ketib, maktabni bitirgach, oliy o‘quv yurtlarida ham 
muvaffaqiyatli ta’lim oladilar.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə