V. S. Raxmanova


NUTQNING FONETIK jIHATDAN O‘SISHI



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/50
tarix13.10.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#127670
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50
NUTQNING FONETIK jIHATDAN O‘SISHI
Bola tilga kira boshlagan dastlabki paytlarda nutq tovushlarini 
mukammal ayta olmaydi. Bolalar ba’zi so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz 
qiladilar. Masalan, tovushlarni buzib, birining o‘rniga boshqasini 
qo‘yib talaffuz qiladilar (parta-payta, qand-and, oyoq-oloq).
Ko‘pincha so‘zlardagi ayrim tovushlarni va hatto butun-bu-
tun bo‘g‘inlarni tushirib qoldiradilar, tovushlarning o‘rnini al-
mashtirib yuboradilar. Masalan, ber deyish o‘rniga be, olib kel 
o‘rniga abe, holva o‘rniga havla, sariyog‘ o‘rniga sayrog‘ deydi-
lar. Endi tishi chiqib kelayotgan bolalar nutqining fonetik jihat-
dan to‘liq bo‘lmasligining sababi shuki, bunday bolalarda nutq 
(artikulatsiya) apparati yetarli o‘smagan, yetilmagan bo‘ladi. Ayni 
vaqtda oliy asab faoliyatining nomukammalligi ham bunga sa-
bab bo‘ladi. Bundan tashqari ayrim so‘zlardagi tovushlarni bir-


64
biridan ajra tib yetarlicha farq qila olmaydi, umumlashtirish va 
so‘z tarkibiga kiri tishni bilmaydi. Lekin bola o‘sib-unib borgan 
sayin lug‘atdagi so‘zlar soni tez ko‘paya boshlaydi. Masalan, ikki 
yashar bolalar ning lug‘atidagi so‘z boyligi 250–400 ga yetadi. 7 
yoshga to‘lgan bolalar lug‘atida so‘zlar soni 3000–3500 ga boradi. 
Shu bilan birga tengdosh bolalarda so‘z boyligining oz yoki ko‘p 
bo‘lishi asosan shu bola tarbiyalanadigan muhitga, shuningdek, 
bolaning voyaga yetib borishidagi o‘ziga xos xususiyatlariga 
bog‘liqdir.
Bolalar lug‘atidagi so‘z soni ko‘payib borgan sari bir tomon-
dan, ular nutqning leksik jihati ham o‘sib borsa-da, ikkinchi to-
mondan, bolalarning so‘zlar ma’nosini tushunish layoqati, umum-
lashtirilgan holda idrok eta olish qobiliyati kengayib boradi.
Tilga kira boshlagan bola o‘z nutqida dastlab bosh kelishikda 
keladigan ba’zi fe’llarni ishlatadi. Bolalarning dastlabki gaplari 
bir so‘zdan iborat bo‘ladi. Bu gap ularda bir necha ma’noga ega 
bo‘lishi mumkin. Masalan, bola «koptok» der ekan, bunda «kop-
tokni menga ber», «ana koptok» degan va boshqa ma’nolarni ifo-
dalashi mumkin.
Lekin bola bir yarim yoshga to‘lgandan keyin, ayniqsa 3 yosh-
ga qadam qo‘yganda ona tilisining grammatik tuzilishini tezda 
egallay boshlaydi.
Bola «oz» va «ko‘p» tushunchasini juda erta farq qila bosh-
laydi, 2 yoshga yaqinlashganda «katta» va «kichik» tushunchasi-
ni ham farq qila boshlaydi. Ammo qaratqich kelishigi o‘rniga 
tushum kelishigi qo‘shimchasini ishlatadi (bizani uyimiz). Bolalar 
bu yoshda fe’llarni shaxs va zamon e’tibori bilan ham birmuncha 
to‘g‘ri ishlatadigan bo‘lib qoladilar. Bolalar buyruq fe’lini ancha 
tez va barvaqt o‘zlashtirib oladilar.
Bola ikki yoshga to‘lganida sodda gaplarni to‘g‘ri tuzib ga-
pirishni o‘rganadi. Endi bola o‘zi turgan vaziyatdan tashqaridagi 
narsalar, shu paytdagi biror ish-harakat bilan bilvosita bog‘langan 


65
narsalar haqida ham gapira boshlaydi, ya’ni o‘zi bevosita ko‘rib 
turmagan narsalar to‘g‘risida gapira boshlaydiki, bu xildagi nutq 
tasavvurlarga asoslanib fikr qilishning ifodasidir.
Ikki yarim yoshdan besh yoshgacha bo‘lgan bolalarda aksari 
o‘zicha so‘z yasash hodisasi ko‘riladi, masalan, bu yoshdagi bola-
lar o‘zlari bilgan so‘zlarning shakllariga o‘xshatib so‘z tuza bosh-
laydilar: non – nanna, osh – ashsha va hokazo. Maktabgacha tar-
biya yoshdagi bolalarning kattalardan eshitgan so‘zlarnigina tak-
rorlab qolmasdan, balki shu tariqa o‘zlaricha so‘z yasash gram-
matik shakllarini ham egallay boshlaganini ko‘rsatuvchi belgidir.
Bola yetti yoshga to‘lganida og‘zaki nutqning grammatikasini 
amaliy yo‘l bilan egallab oladi, deyish mumkin. Bu esa keyincha-
lik savod chiqarish va til grammatikasini o‘rganishga imkon be-
radi.
Maktabda o‘qiyotgan bola o‘z nutqini grammatika qoidala-
riga muvofiq sur’atda, ongli ravishda tuzishni o‘rganadi. Gram-
matikani o‘qib-o‘rganish jarayonida bola nutqining fonetik ji-
hati qaror topib, nutqning morfologik jihati to‘g‘rilanib boradi, 
sintaksis tuzilishi ancha takomillashadi.
Maktabda o‘qitilayotgan hamma fanlarni o‘rganish va shu 
fanlar bilan shug‘ullanish jarayonida o‘quvchi nutqining lug‘at 
boyligi ko‘payadi, so‘zlarning mazmuni chuqurlashadi va 
kengayadi, har qaysi so‘zning, har qaysi atamaning ma’nosi aniq, 
ravshan bo‘lib boradi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchi yozma nutqni to‘g‘ri tushunishni 
o‘rganib oladi: o‘z fikrlarini yozma nutq bilan ham bayon qilish 
va boshqalarga tushuntirishni o‘rganadi.
Yozma nutqni egallash og‘zaki nutqni va ayniqsa monolog 
nutqni to‘g‘ri va kengroq qilib tuzishga yordam beradi.
O‘quvchi ovoz chiqarib o‘qish, matnni aynan yoki o‘z so‘zlari 
bilan takrorlash yo‘li bilan o‘zining artikulatsiya apparatini 
mashq qildiradi, o‘z nutqining qay darajada to‘g‘riligini, shu bilan 


66
birga o‘zi o‘zlashtirgan bilimlarining to‘g‘ri va mustahkamligini 
ham nazorat qilib boradi.
Insonning eng muhim fazilatlaridan biri uning so‘zlash 
qobiliyatiga ega bo‘lib, nutq vositasida o‘zaro aloqa bog‘lay olishi, 
fikrlay bilishidir. Turli tovushlarning ma’lum tartibda birgalashib, 
payvasta bo‘lib qo‘shilishidan yuzaga keladigan ma’noli nutq 
muayyan organizmlarning faoliyati natijasida paydo bo‘ladi.
Nutq hosil bo‘lishida ishtirok etadigan organlarning jami 
nutq apparati deyiladi. Nutq apparati markaziy va periferik 
bo‘limlardan iborat. Nutq apparatining markaziy bo‘limiga bosh 
miya po‘stlog‘i, po‘stloqdagi markazlar osti va o‘tkazuvchi asab 
tolalar kiradi.
Odam miya po‘stlog‘ining ma’lum qismi (miya chap yarim 
peshana qismining pastki tomondagi pushtlarning orqa qismi) 
shikastlansa, bemorda nutq artikulatsiyasi, ya’ni nutq talaffuzi 
buzilib qolishini bundan yuz yil avval 1861-yilda Broka kashf 
etgan. Broka bunday miyaning ana shu qismi «so‘z obrazlarining 
motor, ya’ni harakatlantiruvchi markazidir», deb xulosa chiqargan 
edi. So‘zlar talaffuzining markazlari miyaning xuddi shu qismida 
joylashgandir. Birmuncha vaqt o‘tgandan keyin (1874-yilda) 
K. Vernike miya chap yarim shari tepa qismidagi pushtlarning orqa 
qismi shikastlanganda nutqni tushunish qobiliyati yo‘qolib qolishini 
aniqladi va miya po‘stlog‘ining ana shu qismida «so‘zlarning 
sensor obrazlari» joylashgan degan xulosaga keldi. Bunday 
tadqiqotlar odamning nutq bilan bog‘langan hamma funksiyalarini 
psixologik va fiziologik jihatdan o‘rganishga aloqador bir qancha 
tekshirish ishlarini boshlab berdi. Shu ishlar natijasida nutq bilan 
bog‘liq bo‘lgan barcha psixofunksiyalar miya po‘stlog‘ining ma’lum 
qismlari ishtirokida yuzaga chiqishi aniqlandi.
Ma’lumki, organizm atrofidagi muhit bilan doimo va 
mustahkam o‘zaro aloqada bo‘lmay turib yashay olmaydi. 
Organizmning shunday tashqi ta’sirlarga moslanishi, atrofdagi 


67
muhit bilan muvozanatda bo‘lishi asab sistemasi tufayli yuzaga 
chiqadi. Oliy darajadagi organizm bo‘lmish odamda tashqi muhit 
bilan bog‘lanish, aloqada bo‘lishning yangi shakllari vujudga kelib, 
qaror topib borgan. «Rivojlanib borayotgan hayvonot dunyosida, – 
deb yozadi I. P. Pavlov, – odam darajasiga kelganda asab faoliyati 
mexanizmlariga juda ham katta qo‘shimcha qo‘shi ladi»
1
.
Bu qo‘shimcha odamda nutq paydo bo‘lib, ikkinchi signal 
sistemasi yuzaga kelishi va rivojlanib borishidan iborat bo‘ladi.
Nutqning yuzaga kelishi va idrok qilinishida biz «signallar-
ning signallari» (I. P. Pavlov) tarzidagi so‘zlardan foydalanamiz, 
ya’ni so‘zlarni tanlaymiz va ularning ma’nosiga qarab tahlil 
qilamiz, ajratamiz. Bu murakkab jarayon katta miya yarim 
sharlarining po‘stlog‘ida amalga oshiriladi. Bolada ayrim tovush 
va fonemalar hayotining dastlabki oylarida paydo bo‘lsa-da, 
lekin ular hali tegishli signallar rolini o‘ynamaydi, ma’lum bir 
tushunchani, ma’noni ifoda qilmaydi. So‘zni, gapni talaffuz etish, 
narsalarning nomini, gaplardan iborat nutqni tushunish uchun 
miyada shartli aloqalar qaror topishi fiziologik korrelantlar paydo 
bo‘lishi, ya’ni miya faoliyatining tegishli mexanizmlari yuzaga 
kelishi lozim.
So‘nggi 40 yil mobaynida fiziologlar (P. K. Anoxin, N.A. Bern-
shteyn) hamda psixologlar (A. R. Luriya, A. N. Leon tyev, 
E. G‘oziyev, D. N. Uznadze, AQSHda Dj. Miller va boshqalar) 
olib bor gan ilmiy-tadqiqot ishlaridan ma’lum bo‘lishicha, nutq 
faoliyatining fiziologik asosini bunday tushunish uni butunlay 
ochib berib, talqin qilish uchun yetarli emas.
P. K. Anoxin tadqiqotlaridan olingan ma’lumotlar nuqtayi 
nazaridan qaraganda, nutq faoliyatining fiziologik asosini 
ixtisoslashgan funksional sistema yoki, aniqroq aytganda, bir necha 
funksional sistemalardan iborat murakkab uyushma tashkil etadi, 
bu funksional sistemalardan ayrimlari nutq uchun ixtisoslashgan 


Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə