V. S. Raxmanova



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/50
tarix13.10.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#127670
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50
I. P. Pavlov.
To‘la asarlar to‘plami, III tom, 2-kitob. – M.-L., 1951-y., 335-bet.


68
sistema bo‘lsa, boshqalari o‘zga faoliyatlari uchun ham xizmat 
qilaveradi. funksional sistemalarning bunday uyushmalari ko‘p 
tomonlama va ko‘p darajalidir. Nutq jarayonini ta’minlashda 
«stimul-reaksiya» tipidagi juda sodda fiziologik mexanizmlar 
ham, nutq faoliyatining yuksak shakllari, masalan, ichdan 
programmalashtirib, nutq vositasi bilan fikr bayon qilishning har 
xil darajasidagi maxsus mexanizmlari ham qatnashadi.
Ma’lumki, nutq har xil darajadagi sistemalar bilan, avvalo 
eshituv analizatorining funksiyasi bilan mahkam bog‘langan. 
Bola so‘zlarni, o‘ziga qaratilgan nutqni eshitadigan bo‘lgani 
uchun ham, garchi ularning ma’nosini tushunmasa-da, unda eslab 
qolish qobiliyati – asta-sekin rivojlanib borib, keyinchalik ayrim 
so‘zlarni oson takrorlay oladigan va hatto, oddiy jumlalarni tuza 
oladigan bo‘lib qoladi. Modomiki, shunday ekan, nutq funk-
siyasining rivojlanishida eshituv analizatorining ahamiyati katta.
Eshituv analizatori tashqi, o‘rta, ichki quloq, ichki quloqdan 
boshlanadigan va asab qo‘zg‘alishlarini miyaga o‘tkazib beruvchi 
eshituv asab tolasi va bosh miyadagi eshituv markazlarini o‘z 
ichiga oladi. Tashqi quloq – quloq suprasi va tashqi eshituv 
yo‘lidan iborat. Quloq suprasi tovushni tutib olish va yo‘nalishini 
aniqlashga xizmat qiladi, tashqi eshituv yo‘li ingichka tuklar bilan 
qoplangan kanaldan iborat bo‘lib, uzunligi kattalarda 2,5 sm ga 
boradi va quloqning tashqi chegarasi bo‘lmish quloq pardasi – 
nog‘ora parda bilan tutashib turadi. Quloq pardasi egiluvchan, 
elastik bo‘ladi, shunga ko‘ra tovush to‘lqinlari ta’sirida tebranib, 
shu tebranishlarni buzmasdan takrorlaydi. Quloq pardasi kalla 
suyagining chekka qismida joylashgan o‘rta quloq bo‘shlig‘ining 
tashqi devorini hosil qiladi. Bu bo‘shliqda eshituv suyakchalari va 
shu bo‘shliqni burun-halqum bilan tutashtirib turadigan kanal – 
Yevstaxio nayi bor. O‘rta quloqning ichki devorchasi ikkita 
darcha – oval darcha va yumaloq darcha bilan ichki quloqdan 
ajralib turadi. O‘rta quloqdagi eshituv suyakchalari bolg‘acha, 


69
sandon va uzangi deb ataladigan uchta suyakchadan iborat. 
Bolg‘achaning dastasi quloq pardasiga yopishgan, boshchasi 
harakatchan bo‘lib, sandonga taqalib turadi. Sandon esa, uzangi 
bilan tutashgan. Uzangining keng tarafi oval darchadagi pardaga 
yopishgan. Quloq pardasining tebranishlari eshituv suyakchalariga 
o‘tib, ularni ham harakatlantiradi, buning natijasida quloq 
pardasining hamma tebranishlari oval pardasiga ham tarqaladi.
Oval darcha yumaloq darcha bilan birgalikda ichki quloqqa 
tutashadi. Ichki quloq (labirint) chekka suyagining piramida 
degan qismida joylashgan bo‘lib, suyak labirint va uning ichidagi 
parda labirintdan iborat. Suyak labirint bilan parda labirint 
devorchalari o‘rtasida kichik bir kamchak bo‘lib, u perelimfa 
degan suyuqlik bilan to‘la turadi. Parda labirint ichida ham suyuq 
bor, buni enfolimfa deyiladi.
Labirint dahliz, chig‘anoq va yarim doira kanallar 
degan qismlardan iborat. Labirintning yarim doira kanallari 
muvozanatni saqlash organi bo‘lib hisoblanadi. Asl eshituv 
organi chig‘anoqdir. U gajakka o‘xshab, 2,5 marta o‘ralgan suyak 
kanaldir. Uning ichida korti organi joylashgan. Korti organi 
tovushni sezuvchi moslama bo‘lib, miyadan keladigan eshituv 
asab tolalarining oxirlari shu organda tugaydi.
Eshituv sezishlari quyidagicha kelib chiqadi. Tovush to‘lqin-
lari havo orqali tashqi eshituv yo‘liga kirib, quloq pardasiga uril-
ga nida uni tebratadi. Bu tebranish eshituv suyakchalariga o‘tib, 
ularni ham tebrantiradi. Eshituv suyakchalaridan uzangi oval 
darcha pardasiga taqalib turadigan bo‘lganidan shu parda ham 
tebranadi. Bu tebranish perelimfaga undan endolimfaga o‘tadi, 
endolimfa tebranganda chig‘anoqdagi korti organi tuklarni ham 
tebrantirib, shu yerdagi eshituv asab tolasi oxirlarini qo‘zg‘atadi. 
Bu asab tolalarda paydo bo‘lgan qo‘zg‘alish bosh miya po‘stlog‘iga 
– eshituv analizatorining oliy markaziga yetib boradi va u yerda 
tahlil etilib, bizda tovush sezgisini keltirib chiqaradi.


70
Bolada nutq rivojlanib borishi, yuqorida aytilgandek, 
eshituv analizatori funksiyasiga, miyada bo‘lib o‘tadigan tahlil 
jarayonlarining takomillashib borishiga bevosita bog‘liqdir. 
Bola hayoti birinchi yilining oxirlari va butun ikkinchi yili 
nutq shakllanib qaror topib boradigan davridir. Bu davrda asl 
nutq apparati rivojlanib, takomillashib boradi va bosh miya 
po‘stlog‘idagi tegishli markazlar bilan o‘zaro aloqalar hosil qiladi.
Asl nutq apparati: 1) nafas a’zolari; 2) hiqildoq; 3) artiku-
lat sion apparatlardan tashkil topgan. Nutqiy tovushlarni hosil 
qiluvchi vosita o‘pkadan nafas yo‘llari orqali chiqib, hiqildoqqa va 
undan og‘iz bo‘shlig‘i, ba’zan burun bo‘shlig‘iga o‘tadigan havo 
oqimidir. Demak, o‘pka nutq tovushlarini talaffuz etish uchun 
zarur bo‘lgan havo oqimining manbayidir.
Ovoz hiqildoqda hosil bo‘ladi. Hiqildoqda ko‘ndalang joylash-
gan elastik, yupqa tovush boylamlari mavjud bo‘lib, bular 
so‘zlash paytida, o‘pkadan chiqadigan havo oqimining kuchi 
bilan tebranadi, shularning tebranishida ovoz hosil bo‘ladi. 
Unli, sonor va jarangli undosh tovushlari ovozi ana shu tovush 
boylamlarining hiqildoq bo‘shlig‘ida tebranishi natijasidir. 
Jarangsiz undoshlar hosil bo‘lishida bu boylamlar tebranmaydi, 
ularning orqasi ochiq turadi: orasi yopiq bo‘lsa havo oqimi 
ularning orasidan o‘tadi va ovozdor: unli, sonor, jarangli undosh 
tovushlar hosil bo‘ladi.
Tovush boylamlarining tebranishi natijasida hosil bo‘lgan 
ovoz kuchsiz, past, noaniq bo‘ladi. Og‘iz va burun bo‘shlig‘i – 
nutq rezonatori, ya’ni ovozni kuchaytirib beradigan joydir. Og‘iz 
bo‘shlig‘ida joylashgan a’zolarning turlicha harakati va holati 
tufayli xilma-xil tovushlar hosil bo‘ladi. Nutq organlarining 
tovush hosil qilish paytidagi harakati va holati artikulatsiya degan 
atama bilan belgilanadi. Og‘iz bo‘shlig‘idagi eng faol organ tildir. 
Til o‘zining harakatchanligi bilan tovush hosil qilishda boshqa 
nutq organlariga nisbatan kattaroq vazifani bajaradi. Til, lablar, 


71
yumshoq tanglay, kichik til (lak-luk), tovush boylamlari – faol 
organlar deb; tish, qattiq tanglay, burun bo‘shlig‘i – nofaol organlar 
deb sanaladi. Hiqildoq orqali o‘tgan havo oqimi til, tanglay yoki 
ikki labning to‘siqligiga duch kelib, shovqin hosil bo‘ladi. Og‘iz 
bo‘shlig‘i pastki harakati bilan keng va tor holatga o‘tib turadi. Til 
bilan tanglayning nutq tovushi hosil qilishidagi harakatini aniq 
belgilash maqsadida bularning har biri bir necha qismga bo‘linadi: 
til oldi, til o‘rtasi va til orqasi; tanglay oldi yoki qattiq tanglay 
va tanglay orqasi yoki yumshoq tanglay. Til og‘iz bo‘shlig‘ida 
gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda harakat qiladi: tilning oldinga 
– milkka va orqaga qarab siljib turishi gorizontal yo‘nalishdagi, 
tanglayga tomon yuqori ko‘tarilishi va undan past tushishi vertikal 
yo‘nalishdagi harakatdir. So‘zlash paytida lablar turlicha harakat 
qiladi: cho‘chchayadi, pastki lab ustki labga yo tishlarga tegadi 
va hokazo. U yoki bu nutq organining tovush hosil qilishida faol 
qatnashgan qismi artikulatsiya o‘rni bo‘ladi. Masalan, tilning 
old qismi oldingi tish milkka tegishi yoki yaqinlashishi bilan 
«D», «T», «Z», «J», «SH» kabi tovushlar paydo bo‘ladi, demak, 
bunday tovushlarning artikulatsiya o‘rni til oldidir. Pastki labning 
ustki tishlarga sal tegishi bilan «f» tovushi hosil bo‘ladi, «f» 
undoshining artikulatsiya o‘rni lab va tishlardir.
Artikulatsiya o‘rni va usuli nutq tovushlarini tasvirlash, 
tasniflash, logopedik kamchiliklarni aniqlash, bartaraf etishda 
mu himdir.
Nutq apparatining tuzilishi va faoliyatida turli xil kamchiliklar 
kuzatilishi mumkin. Shulardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz.
Tilning tuzilishi yoki harakatchanligida kuzatilishi mumkin 
bo‘lgan nuqsonlari:
1. Tilning nihoyatda katta bo‘lishi natijasida «S», «R», «L» va 
boshqa tovushlar noto‘g‘ri talaffuz etiladi, masalan, sirg‘aluvchi 
tovushlar talaffuzida tish aro sigmatizm kabi nuqson kuzatilishi 
mumkin.


72
2. Uzun, tor til yon sigmatizmiga, ya’ni havo oqimi o‘rtadan 
o‘tishi o‘rniga tilning yon tomonlaridan o‘tishi natijasida paydo 
bo‘ladigan talaffuz kamchiliklariga olib kelishi mumkin. Tilning 
tor, uzun bo‘lishi «R», «T», «D», «N» kabi tovushlarning noto‘g‘ri 
talaffuz etilishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.
Til haddan tashqari kalta bo‘lsa, uni tanglay bilan birikishi 
natijasida paydo bo‘ladigan tovushlar («r», «s», «sh», «l»)ning 
noto‘g‘ri talaffuz etilishiga olib kelishi mumkin.
Tilning tug‘ilishdan bo‘lmasligi. Bunday hollarda kishi gapira 
olmaydi, so‘zlarini mutlaqo tushunib bo‘lmaydi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə