V. S. Raxmanova



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/50
tarix13.10.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#127670
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
R.R.S. bolalar boshqa alohida yordamga muhtoj bolalardan nima bilan 
1. 
farq qiladi?
R.R.S. bolalarning qaysi guruhlari mavjud?
2. 
Ruhiy rivojlanishdagi sustlik nimadan kelib chiqadi?
3. 
R.R.S. bolalar qayerda ta’lim olishlari kerak va nima uchun?
4. 


55
6-bob. NUTQ NUQSONLARIGA EGA BO‘LGAN 
BOLALAR
6.1. Nutq nuqsonlari haqida tushuncha, ularning 
kеlib chiqish sabablari
Korreksion pedagogika fani rivojlanib borib, ayrim sohalari 
mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Shu fanlar jumlasiga 
logopediya ham kiradi. Logopediya (logos – so‘z, padeo – tar-
biyalash, o‘rgatish degan ma’noni anglatadi) – pedagogik fan-
lardan biri bo‘lib, nutq kamchiliklari va ularning sabablarini 
o‘rganish, shuningdek, bularning oldini olish, borlarini bartaraf 
etish uchun maxsus ta’lim-tarbiya vositalari va metodlarini ishlab 
chiqish, amaliyotga tatbiq etish masalalari bilan shug‘ul lanadi.
Logopediya fani mavzu bahsi, nutq kamchiligi bor kishilar 
bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayoni. Nutq kamchiligi bor 
kishi esa logopediya fanining o‘rganish mavzusi hisoblanadi.
Logopediya fanining vazifalari quyidagilardan iborat:
Turli xil nutq kamchiliklari bor kishilarning nutq faoliyati 

ontogenezini o‘rganish.
Nutq kamchiliklarining sabablari va simptomatikasi, ular-

ning turlari, kelib chiqish mexanizmlarini o‘rganish, dara-
jasini aniqlash.
Nutq kamchiliklarining kishi faoliyati, shaxsiyati, xulq-

atvori, ruhiy rivojlanishiga ta’sirini o‘rganish.
Eshitish, ko‘rish, intellektual va boshqa kamchiliklarga 

ega bo‘lgan bolalar nutqiy faoliyatining holati, yetish-
movchiliklarini o‘rganish, aniqlash.
Nutq kamchiliklarini aniqlash yo‘llari, usullarini ishlab chi-

qish va amaliyotga tatbiq etish.


56
Nutq kamchiliklarining oldini olish, bartaraf etish usul-

larini, tashkiliy shakllarini belgilash, ishlab chiqish, tako-
mil lashtirish.
Logopedik ishni tashkil etish masalalarini ishlab chiqish.

Logopediya fani anatomiya, fiziologiya, neyrofiziologiya, 
oto loringologiya, nevropatologiya, psixopatologiya, pediatriya, 
lingvistika, psixolingvistika, psixologiya va pedagogika fanlari 
bilan bog‘liq, shular asosida rivojlanadi.
Logopediya korreksion pedagogika fani kabi, asab siste-
masining tuzilishi, rivojlanishi faoliyati haqidagi naza riyaga 
asoslangan. Tabiiy fanlarni bilmay turib, nutq kamchilik larining 
kelib chiqish sabablari, mexanizmi, bola psixikasiga ta’sirini 
aniqlab bo‘lmaydi. Logoped nutq kamchiliklarining nevrologik 
asoslarini yaxshi bilishi kerak. Bu bilimlar nutq kamchiliklarini 
bartaraf etish, ularni oldini olish, bolani to‘g‘ri tarbiyalash, unga 
bilim berish yo‘llari va usullarini to‘g‘ri tanlashda logopedga 
yordam beradi. Tibbiy fanlar haqidagi bilimlar to‘g‘ri logopedik 
xulosa chiqarish, nutq kamchiliklarini ularga o‘xshash boshqa 
anomaliyalardan ajra tish, bolalarni tegishli muassasalarga to‘g‘ri 
saralash imkonini beradi.
Logoped o‘z oldiga qo‘ygan maqsad – vazifani hal etishda til-
shunoslik, lingvistik fanlarga, psixologiya va pedagogikaga suya-
nib ish ko‘radi.
Tilshunoslik fani kishilarning eng muhim aloqa quroli bo‘lgan 
nutqni ijtimoiy hodisa deb biladi. Nutqning asosiy tarkibiy qism-
lari: tovush, so‘z, so‘z birikmasi va gap bir butun tizimni tash-
kil etib, fikrni og‘zaki yoki yozma ravishda ifodalash uchun 
xizmat qiladi. Har bir logoped tilshunoslikning ilmiy-nazariy 
asoslarini, fonetika va grammatikani, lug‘at va stilistikani, or-
fografiya va punktuatsiyani mukammal bilish bilan birga, ifodali 
o‘qiy olish va to‘g‘ri so‘zlay olish qobiliyatiga ham ega bo‘lishi 
kerak. Tabiiyki, logopedning o‘zi imloni yaxshi bilmay turib, 


57
o‘quvchilarga hech qachon savod malakasini singdira olmaydi, 
logoped uchun og‘zaki va yozma nutq qobiliyati amaliy jihatdan 
juda muhimdir: logoped so‘z vositasida fan xulosalarini izohlab-
gina qolmasdan, ayni vaqtda nutqida kamchiligi bo‘lgan bolani 
tarbiyalaydi; tarbiyalanuv chilar yo‘lini yoritadi ham.
Logopediya – korreksion pedagogika fanining bir sohasidir. 
Logoped ham boshqa fan o‘qituvchilari kabi ta’lim va tarbiya 
shakllarining mohiyatini, maqsad va mazmunini, usul hamda vo-
sitalarini yaxshi egallab, ularni amalda qo‘llay olishi kerak.
Logoped bolalarning psixologik qobiliyatlarini hisobga olishi 
kerak. Bolalarni o‘z kuchiga ishontirishi, mashg‘ulotlarga havasi-
ni uyg‘ota bilishi, material bayoni vaqtida ularning diqqatini to‘la 
jalb qila olish, materialni esda saqlab qolish yo‘llarining (mashq, 
ko‘rgazmali qurollardan foydalanish, mustaqil ish, suhbat, gram-
matik o‘yin kabi vositalarni) qo‘llanishi o‘qitish samaradorligini 
yanada oshiradi. Inson idrokining mazmuni, fikri, nutqi orqali 
shakllanadi. Bolalar logoped tushuntirgan materiallarni eshi-
tib, yozganlarini ko‘rib, kuzatib, mushohada yo‘li bilan o‘zlari 
fikr yuritadilar va berilayotgan bilim-malakalarni mustahkamlab 
o‘zlashtirib boradilar.
Moddiy dunyodagi narsa va hodisalar ongimizda aks etib, 
bularning in’ikosi so‘z shaklida ifodalanadi, til hodisalari vosita-
sida namoyon bo‘ladi. Inson o‘zi ko‘rgan va ta’sirlangan buyum 
yoki voqealarni so‘z yordamida nomlab, ularning mazmuni 
haqidagi taassurotlarni obrazlar, fikrlar, tushunchalar, tasav
-
vurlar ko‘rinishida anglash, ifodalash imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Har qanday hodisaning miyada aks etishi va ongda mustahkam 
o‘rnashib qolishida nutq yetakchi vosita hisoblanadi. Modomiki 
shunday ekan, nutq aloqa bog‘lash jarayonida tafakkur kuragi 
bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga aloqa jarayonida nutq – ifo-
dalash, biror narsani bildirish, anglatish va ta’sir ko‘rsatish vosi-
tasi bo‘lib xizmat qiladi. fikrlash qobiliyati nutq negizida paydo 


58
bo‘ladi. Nutq kishi tafakkurining rivojlanish darajasini ham bel-
gilab beradi. Nutqdagi kamchilik bolaning tafakkuri, xotirasi, 
diqqati va boshqa ruhiy jarayonlarning rivojlanishiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi. Og‘ir nutqiy kamchiligi bo‘lgan bolalarda intellek-
tual kamchiliklar bo‘lishi, yuzaga kelishi mumkin va aksincha, 
masalan, oligofren bolalar nutqida bir qator nutqiy kamchiliklar 
kuzatiladi. Logopedik amaliyotda nuqsonlarning birlamchi va ik-
kilamchi ekanligini aniqlash nihoyatda muhim. Logoped har bir 
bolaning ruhiy rivojlanishini chuqur o‘rganib nutq kamchiligi tu-
fayli ruhiyatida paydo bo‘lgan ikkilamchi asoratlarni ajrata bilishi 
kerak. Agar aql-idrok rivoji nutqiy kamchilik tufayli orqada qol-
gan bo‘lsa, bunday bola nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalar uchun 
maxsus tashkil etilgan maktabgacha yoshdagi bolalar bog‘chasiga 
yuborilishi kerak. Bilish faoliyatining turg‘un buzilishi natijasida 
bola nutqi rivojlanmagan bo‘lsa, bu bolani oligofren bolalar uchun 
tashkil etilgan maktabgacha yoshdagi maxsus bolalar bog‘chasiga 
yuborish talab etiladi.
Ma’lumki, nutq murakkab funksional sistemani o‘z ichiga 
oluvchi jarayondir. Bu sistemaning har bir tarkibiy qismi boshqa 
qismlari bilan mahkam bog‘langan. R. Ye. Levina va shogird-
lari L. S. Vigotskiyning nutq va tafakkur haqidagi ma’lumotiga 
asoslanib turib, nutqni uch tarkibiy qismga bo‘lib: fonetiko-
fonеmatik, leksik va grammatik nutqqa ajratib o‘rganishni tav
-
siya etadi. Ana shu uchala qism kishining yaxlit nutq sistema-
sini tashkil etadi. Nutqida kamchiligi bo‘lmagan va kamchiligi 
bo‘lgan bolalarda nutq sistemasi har xil darajada rivojlanadi. Nutq 
sistemasining fonetiko-fonematik qismi tovushlar talaffuzi, ovoz, 
nutq maromi, sur’ati, ravonligidan, shuningdek idrok-qobiliyati-
dan tashkil topadi. Leksik va grammatik qismlari tilning lug‘at 
boyligi va grammatik qurilishini o‘z ichiga oladi. Nutq sistemasi-
da leksik qism yetakchi o‘rinni egallaydi. Bola nutqida so‘zlar 
soni kam, ya’ni nutqning leksik qismi rivojlanmagan bo‘lsa, fone-


59
tiko-fonematik, grammatik qismlarida ham ma’lum kamchiliklar 
yuza ga keladi, butun nutq sistemasida yetishmovchiliklar kuzati-
ladi. fonetiko-fonematik qismdagi kamchiliklar, masalan, tovush-
larni noto‘g‘ri talaffuz etish tufayli so‘zlar leksikaning o‘zgarishi, 
nutqning grammatik tuzilishiga ta’sir etadi. Sistemalilik prinsipi 
nutq kamchiliklarini aniqlash, bartaraf etish, oldini olish yo‘llari, 
usullarini to‘g‘ri belgilashga yordam beradi.
Logopediya fani barcha ishlarni kompleks yondashish asosida 
tashkil etishni tavsiya qiladi. Kompleks yondashish – bolaga har 
tomonlama ta’sir ko‘rsatishini ko‘zlab ta’lim-tarbiya jarayonida 
ham pedagogik, ham psixologik, ham tibbiyot metodlarini ish-
latishdir.
Rivojlanish prinsipi nutq kamchiligining kelib chiqish yo‘lini, 
uning rivojlanishini tahlil qilishni ko‘zda tutadi. Bunda kam-
chilikning kelib chiqish sabablarini rivojlanish jarayonida qanday 
o‘zgarishlar natijasi ekanligini ko‘rsatish – asosiy vazifadir.
Nutqdagi asosiy funksiyalarning buzilishi kishi faoliyatiga 
albatta salbiy ta’sir ko‘rsatadi, uning faolligini pasaytiradi, og‘ir 
ruhiy kechinmalar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Masalan, ayrim 
so‘zlarning noto‘g‘ri talaffuz etilishi kishini noqulay vaziyatga 
solib qo‘yishi bilan birga, uni atrofdagilar bilan muomala 
qilishida qiynab qo‘yadi, u gapirganda o‘z fikrini to‘la anglata 
olmaydi. Nutq kamchiliklarining og‘ir turlari (alaliya, rinolaliya, 
tutilib gapirish va boshqalar) maktab dasturini o‘zlashtirishga, 
keyinchalik, kasb tanlashga, ba’zan umuman o‘qishga to‘sqinlik 
qiladi, bilish faoliyati rivojlanishini susaytiradi, ba’zilarida 
intellektual yetishmovchiliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. 
Shu nuqtayi nazardan, nutqdagi kamchiliklarni boshqa ruhiy 
jarayonlar bilan bog‘langan holda o‘rganish prinsipiga amal qilish 
nihoyatda zarur.
Nutq kamchiliklari ko‘p hollarda biologik va ijtimoiy omil-
larning birgalashib ta’sir o‘tkazishi natijasida paydo bo‘ladi. Lo-


60
gopedik ishning samaradorligi nutq kamchiliklari kelib chiqish 
sabablari, mexanizmlari, turlarini to‘g‘ri aniqlashga bog‘liqdir. 
Bu o‘rinda ontogenetik, etiopatogenetik prinsiplarning ahamiyati 
katta.
Nutq kamchiliklarini o‘rganish, aniqlash, ularni bartaraf 
etishda logoped barcha didaktik prinsiplarga tayangan holda ish 
tutadi. Logopedik ishni tashkil etishda, har qaysi bolaga xos 
xususiyatlarni hisobga olish, bilim, ko‘nikma va malakalarni 
puxta o‘zlashtirish, ta’limning o‘quvchilarga xos bo‘lishi, ta’lim 
va tarbiyaning birligi prinsipiga amal qilish, onglilik, faollik va 
mustaqillik kabi prinsiplarning ahamiyati ayniqsa katta.
Nutq nuqsoni logopediya fanida muayyan tilning me’yor-
laridan chetga chiqish deb ta’riflanadi. O. V. Pravdina o‘zining 
«Logopediya» kitobida logopedik nutq nuqsonlarini quyidagicha 
xarakterlagan:
– Nutq nuqsoni o‘z-o‘zidan barham topmaydi, balki vaqt 
o‘tgan sari yanada mustahkamlanib, zo‘rayib boradi.
– Nutq nuqsoni gapiruvchining yoshiga mos kelmaydi.
– Nutqiy nuqsonlari bo‘lgan kishilar logopedik yordamga 
muhtoj bo‘ladi.
– Og‘ir nutq nuqsoni kishining nafaqat nutqiga, balki umumiy 
rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Yuqoridagi ko‘rsatilgan nutq nuqsonlari o‘z xususiyatlari 
jihatidan bolalarda va katta yoshdagi kishilarda ba’zan vaqtincha 
uchrab turadigan nutqiy kamchiliklardan farq qiladi. Yosh 
bolalarda keyinchalik o‘zidan-o‘zi to‘g‘rilanib, barham topib 
ketadi. Kattalarda esa bunday hodisalar asosan charchash, 
hayajonlanish, asabiylashish natijasida uchrab turadi. Ular 
ko‘pincha o‘z xatolarini sezib, bularni tuzatishga harakat qiladilar. 
Goho esa sezmasliklari ham mumkin. Lekin vaqti bilan bunday 
xatolar ham o‘z-o‘zidan to‘g‘rilanib ketadi. Nutqiy nuqsonlar 
ajnabiylarda, boshqa millatli kishilarda ham kuzatilishi mumkin. 


61
Ular tilni o‘rganib borganlari sari, nutqdagi kamchiliklar barham 
topib boraveradi.
Nutq kamchiliklari kelib chiqish sabablariga ko‘ra logo pediya 
fanida organik va funksional xillarga bo‘linadi. Orga nik nutq 
nuqsonlari nutqiy analizatorning tuzilishidagi kamchi liklarga 
aloqador bo‘lib, bu analizatorning qaysi bo‘limida shikastlanganiga 
qarab markaziy yoki periferik turlarga bo‘li nadi. funksional nutq 
nuqsonlarida analizator tuzilishida o‘zga rishlar kuzatilmaydi. 
Noto‘g‘ri tarbiya ota-ona, tarbiyachi yoki o‘qituvchi nutqidagi 
kamchiliklarga taqlid etish natijasida yoki noo‘rin reflekslarning 
mustahkamlanib qolishi funksional nutq nuqsonlariga sabab 
bo‘lishi mumkin. funksional nuqsonlar asab jarayonlari o‘rtasidagi 
muvozanatning buzilishi, analizator faoliyatidagi boshqa 
kamchiliklardan kelib chiqishi ham mum kin.
Nutq analizatori qaysi bo‘limining o‘zgarib qolganiga qa-
rab funksional nutq nuqsonlari ham markaziy yoki periferik xa-
rakterda bo‘ladi.
Logopediya fani surdopedagogika va tiflopedagogikalar 
ichidan ajralib, XIX asrning ikkinchi yarmida tibbiy fanlarning 
alohida bir oqimi bo‘lib vujudga keldi. Nutq nuqsonlarini asosan 
shifokorlar tuzatishar edi, biroq «davolash» ishlari yaxshi natija 
bermas edi.
Nutqiy kamchiliklarning ayrim belgilari nuqson sifatida 
o‘rganilar edi. Nutq komponentlari, nutqning sistemali tuzilishi 
haqidagi ma’lumotlar o‘sha davrlarda hali bo‘lmaganligi tufayli, 
nutq kamchiliklarini o‘rganish, aniqlash, bartaraf etish usullari 
ham noto‘g‘ri belgilangan. Asosan mexanik mashqlardan foyda-
lanilar edi.
Hozirgi kunda logopediya fani pedagogik va psixologik, 
tibbiy, lingvistik fanlar asosida, shularga tayangan holda 
rivojlanib bormoqda. Bir qator tibbiy fanlarni chuqur o‘rgangan 
maxsus mutaxassis pedagog (logoped) to‘g‘ri nutqni tarbiyalaydi.


62
Shifokor esa logopad bolaga anamnez tuzadi, uning diag nozini 
aniqlaydi, kerak bo‘lsa dorilar bilan davolashni tavsiya etadi.
Logopedik amaliyotda, eshitish organlaridagi kamchiliklar 
psixikasiga ta’sir etgan bolalar ko‘p uchrab turadi. Bunday 
bolalarni eng avvalo otoloringolog tekshirib, ularga tibbiy xulosa 
chiqarmog‘i lozim. Shundagina logoped bunday logopadlar bilan 
ishni to‘g‘ri olib borishi mumkin.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə