V. S. Raxmanova



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/50
tarix13.10.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#127670
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
Nutq qanday paydo bo‘ladi?
1. 
Nutq jarayonida qaysi organlar, analizatorlar qatnashadi?
2. 
Eshituv analizatorini ta’riflab bering.
3. 
Nutq apparatining tuzilishini so‘zlab bering.
4. 
Nutq organlarida qanday nuqsonlar kuzatiladi?
5. 
Talaffuzdagi kamchiliklar va ularni bartaraf 
etish yo‘llari
O‘zbek tili fonemalari
Nutq tovushlari – talaffuz etiladigan so‘zning kichik, ayrim 
bir qismidir. Tovushni fonemadan farq qilmoq kerak. fonema 
so‘z ma’nolarini ifodalash va farqlash uchun xizmat qiladigan 
nutq tovushidir. fonemalar soni yagona umumxalq tili va uning 
shevalariga ko‘ra har xil bo‘lishi ham mumkin. Masalan, o‘zbek 
tilida 6 ta unli tovush bo‘lishiga qaramay, shu tilning ba’zi shev-
alarida unli fonemalar soni 6–7 dan tortib, 18 gacha bo‘ladi. 
Shuningdek, har bir til ning fonemalar sistemasi sifat va miqdor 
jihatidan bir xil emas: bir tilda fonemalar soni ko‘proq, boshqasi-
da esa ozroq bo‘lishi mumkin. Masalan, rus tilida 42, o‘zbek tili-
da 29 fonema bor.
Mustaqil fonema bilan uning variantlari orasida mohiyat 
e’tibori bilan olganda farq bor. fonema variantlari unga yondosh 
tovushlar ta’sirida paydo bo‘ladi. Masalan, «I» fonemasi (bildi, ich-
di) turli variantlarda bo‘ladi. Tovushlarning ana shunday turlicha 
talaffuz etilishida hosil bo‘ladigan variantlar – kombinator variant-
lar deyiladi. Biror fonemaning variantlari uning o‘ziga qaragan-
da boshqacharoq eshitiladi. Ba’zan esa bu variantlar tinglovchiga 
yaqqol sezilmasligi yoki aniq eshitilmasligi ham mumkin.


76
fonemalarning akustik (tovushga oid) xususiyatlari ularning 
artikulatsion xislatlari bilan belgilanadi.
Hosil bo‘lish mexanizmlariga ko‘ra fonemalar unli va undosh-
larga bo‘linadi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida unli fonemalar soni 
oltita (i, e, a, o, u, o‘). Undosh fonemalar 23 ta.
Unlilar talaffuzida asosiy vazifani tovush boylamlari, til va 
lablar bajaradi. Unli tovushlar talaffuzida lab har xil shaklda 
bo‘ladi, ya’ni u yoyiladi yoki burishib, cho‘chchayadi. Unli to-
vushlarni talaffuz etishda til og‘iz bo‘shlig‘ida turlicha harakat 
qiladi, o‘zini gorizontal harakatidan oldinga cho‘ziladi yoki orqa-
ga tortiladi, vertikal harakatdan esa tanglay tomon ko‘tariladi 
yoki pastki jag‘ bilan birgalikda quyi tushadi. Unlilar bo‘g‘izda 
hosil bo‘ladigan, og‘iz bo‘shlig‘ida turli tusga kiradigan sof ovoz-
dangina iborat bo‘lgan tovush yoki fonemalardir.
Unli tovushlar til harakatiga nisbatan olinganda uch toifaga 
bo‘linadi:
1. Tilning gorizontal harakatiga aloqador tovushlar.
2. Tilning vertikal harakatiga aloqador tovushlar.
3. Lablar ishtirokiga aloqador tovushlar.
Tilning gorizontal harakatiga aloqador unlilar 2 guruhga 
bo‘linadi: til oldi yoki old qator unlilar – i, e, a; til orqa yoki orqa 
qator unlilar – o, u, o‘.
Tilning vertikal harakatiga va og‘iz ochilish darajasiga aloqa-
dor unlilar 3 guruhga bo‘linadi: a) yuqori (tor) unlilar – i, u; b) 
o‘rta (keng) unlilar – e, o‘; d) quyi (keng) unlilar – o, a.
Lablar ishtirokiga aloqador unlilar 2 guruhga bo‘linadi: lab-
langan – o‘, u, o va lablanmagan – i, e, a unlilar.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə