Va ijtimoiy geografiyasi



Yüklə 9,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/144
tarix28.04.2023
ölçüsü9,8 Mb.
#107562
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   144
Geografiya. 8-sinf (2014, P.Musayev, J.Musayev)

yoqilg‘i–energetika 
balansi
deyiladi.
1.
Energetika boy lik larining asosiy turlarini aytib bering. 
2.
Yoqilg‘i–energetika balansi deganda nimani tushunasiz?
3.
O‘zbekiston yoqilg‘i–energetika balansida qanday o‘zgarishlar bo‘lmoqda va 
bunga sabab nima?
?


28
topilishi natijasida O‘zbekiston gazni 
eksport qila boshladi. 
Gaz quvurlar orqali yuborilishi 
sababli transport xarajati har qanday 
yoqilg‘ini tashishdan arzon tushadi.
Gaz quvurlari ning uzunligi tez 
oshib bormoqda. Dastlabki tabiiy 
gaz quvurlari Farg‘ona vodiysida 
qurilgan edi. O‘zbekistonda issiq 
kunlar ko‘pligidan faqat qish kunlari 
gaz ko‘p talab qilinadi. Gazni ko‘p 
iste’mol qiladigan Toshkent, Farg‘ona, Andijon kabi shaharlarda yozda tejal-
gan gazni yerosti omborlariga yig‘ib qo‘yib qishda foydalaniladi. Gaz sifatli 
yoqilg‘igina emas, balki kimyo sanoatining qimmatli xomashyosi hamdir. Gazga 
bo‘lgan talab kimyo, issiqlik elektr stansiyalari va maishiy xo‘jalikda tobora 
ortib bormoqda. Shunga ko‘ra qo‘shimcha gaz chiqarish yo‘llari izlanmoqda, 
gaz quvurlarining gaz o‘tkazish imkoniyati oshi rilmoqda.
Neft sanoati.
Neftsiz hozirgi zamon iqtisodiyotini yuritish mumkin emas. 
Neft xom holida ishlatilmaydi. Qayta ishlash natijasida undan turli xil yoqilg‘i, 
ya’ni kimyoviy mahsulotlar olinadi. Neftni qazib chiqarish xarajati ko‘mirni 
qazib chiqarish xarajatidan o‘rta hisobda 4 barobar kam. Milliy iqtisodiyotda 
neftdan keng foydalanish juda ko‘p mablag‘ni tejashga imkon beradi.
Mahsulot birligini olish (aytaylik, 1 t neft qazib chiqarish) uchun keta-
digan pulda ifodalangan hamma xarajat 
mahsulot tannarxi 
deyiladi.
Neftning tannarxi u qanday chuqurlikdan olinayot ganligidan ko‘ra konning 
neftga qanchalik boyligiga bog‘liq. Neft qazib olishning eng arzon usuli fontan 
usuli bo‘lib, bunda neft quduqlardan kondagi bosim tufayli otilib chiqadi. Bosim 
kamaygan holda uni turli usullar bilan ko‘tarib turiladi. Neftni nasoslar yorda-
mida chiqarib olish ham keng tarqalgan. Gaz singari neftni ham quvurlar orqali 
yuborish uni tashishning eng arzon va xavfsiz usulidir 
(temiryo‘lda tashish ga 
nisbatan 4 barobar arzonga tushadi).
Qu vur transporti neftni iste’mol chilarga 
bir maromda yetkazib be rishni ta’ min laydi. Tur li trans port vosita la ri ga ortish-
tushirish dagi muqarrar isrof gar chi lik ka barham beriladi.
Ilgarigi vaqtda neft qayerda qazib chi qarilsa, o‘sha yerda qayta ishlanar edi. 
Hozirda neftni qayta ishlash sanoati mahsulotlari qayerda ko‘p iste’mol qilinsa, 
neft o‘sha yerga yetkazilib, qayta ishlanadi. Bunday qilinmasa, neft mahsulot-
19-rasm. 
Muborak gazni qayta ishlash 
korxonasi.


29
20-rasm. 
Neft-gazli min ta qalar.
Ustyurt
Buxoro-Xiva
Janubi-g‘arbiy Hisor
Surxondaryo
Farg‘ona

Yüklə 9,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə