Va ijtimoiy geografiyasi



Yüklə 9,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/144
tarix28.04.2023
ölçüsü9,8 Mb.
#107562
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   144
Geografiya. 8-sinf (2014, P.Musayev, J.Musayev)

Mintaqalar
Nukus
Urganch
Buxoro
Gazli
Samarqand
Termiz
TOSHKENT
Chirchiq Namangan
Farg‘ona
Gaz
Gaz kondensati
Neft
Qurilayotgan GKM
Ishlayotgan GQIZ
Ishlayotgan NQIZ
Qarshi
larining har bir turini yuborish 
uchun alohida quvurlar kerak 
bo‘lib, transport xarajatlari qim-
matlashib ketadi. 
Qazib olinayotgan neftni 
Farg‘ona va Oltiariq neft zavod-
lari qayta ishlashga ulgurolmay 
qoldi. Holbuki, mustaqillik-
kacha zavod quvvatidan to‘la 
foydalanish maqsadida Turkma-
nistondan temiryo‘l orqali neft 
keltirilardi. Jarqo‘rg‘on konidan 
olinayotgan neftda moy va para-
fi n ko‘pligidan uni qayta ishlanmay, faqat yo‘l qurilishida foydalaniladi.
Mamlakatimizda olib borilgan geologiya qidiruv ishlari natijasida ko‘plab 
gaz-neft konlari topilmoqda (20-rasm). Jumladan, 1992-yilda Namangan 
viloyatida yirik Mingbuloq neft koni ochildi. 
Neftga bo‘lgan ehtiyojning uzluksiz ortayotganligini hisobga olib, Buxoro 
viloyatida yiliga 5 mln tonna neftni qayta ishlay oladigan kombinat qurildi. 
Bu korxona 1997-yildan mahsulot bera boshladi. Hozir 50 turdan ortiq neft 
mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. 
O‘zbekistonda yiliga 3–4 mln tonna neft va gaz kondensati qazib chi-
qarilmoqda. Neftni qayta ishlash korxonalari bir yilda 11 mln tonna 
neftni qayta ishlash quv vatiga ega.
Rivojlangan mamlakatlarga qiyoslaganda bizda energiya iste’moli tarkibida 
neft mahsulotlarining ulushi ancha yuqori. Yoqilg‘i-energetika balansida neft 
mahsulotlari ulushi kelgusida kamayishi zarur. Buning uchun mavjud avtomobil 
va traktorlarni yangi tejamkor texnologiya bilan jihozlash kerak bo‘ladi. Bu 
ko‘p mablag‘ talab etadigan va ancha murakkab vazifa. Binobarin, yaqin o‘n 
yilliklarda ham yoqilg‘i-energetika balansida neftning ulushi barqaror saqlanib 
turadi.

Yüklə 9,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə