Va terrorizmga



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/68
tarix23.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#156398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari

Аждодлар хотираси му³аддас. – «Тошкент о³шоми» газетаси. 2013-йил 
1-сентябрь, 177-сон
.


5
moqda. Ayniqsa, farzandlarimiz ma’naviya 
tiga tajovuz solayotgan 
tahdidlar qatorida, dinni niqob qilib, diniy qadriyatlarimizni oyoqos­
ti qilishga urinayotgan ekstremistik va missionerlik harakatlarining 
faoliyati jiddiy tashvish uyg‘otmoqda. Bunday kuchlar yoshlar ongi 
va qalbini zabt etish maqsadida har qanday qabih yo‘llardan foyda­
lanishga urinmoqda. Din bayrog‘i ostida talonchilik va bosqinchilik, 
terrorchilik va qo‘poruv chilik harakatlarini sodir etayotgan, jamiyat­
ga har tomonlama zarar yetkazayotgan bunday harakatlar yosh avlod 
orasida millatlararo va dinlararo adovat, millatchilik va diniy ayir­
machilik kayfiyatlarining shakllanishiga zamin yaratmoqda. 
Bunda yoshlarni ma’naviy tahdidlar ta’siridan asrash, ular­
ning ongida, tarbiyasida yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immu­
nitetni shakllantirish muhim o‘rin egallaydi. O‘zbekiston Res­
publikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, 
«... farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta 
baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safar­
bar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech 
shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi»
1
.
Darhaqiqat, zamonaviy ijtimoiy­siyosiy va iqtisodiy munosabat­
larning shiddat bilan rivojlanishi, kommunikatsiya va axborot tex­
nologiyalarining tez sur’atlardagi taraqqiyoti, g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish 
imkoniyatlarining kengayishi uslub va vositalarning takomillashuvi­
ga turtki bo‘lib, ma’naviy tahdidlar glo bal muammoga aylandi. Bu 
dolzarblik Yer yuzining turli mintaqalari xalqlarining ongi va qalbi 
turli g‘oyalarni sinash maydoniga, boshqacha aytganda mafkuraviy 
poligonga aylantirilayotgani bilan ham belgilanadi. Zamonaviy voqe­
lik inson qalbi va ongi uchun bo‘lgan kurashlarning yangidan­yan­
gi usul va vositalari ning ko‘payib borayotgani, ayniqsa, bu borada 
yuqorida qayd etilganidek, din omilidan foydalanishga urinishlarda 
yaqqol namo yon bo‘lmoqda.
Shunday ekan, XXI asrda qabohat o‘chog‘iga aylangan eks­
tremizm va har xil shaklu shamoyildagi mutaassiblikka yo‘g‘rilgan 
1
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 
2008. – 4-б.


6
buzg‘unchi urinishlarga qarshi hayotimizda sodir bo‘layotgan ijobiy 
o‘zgarishlar haqidagi chuqur tahliliy ma’lumotlarni yosh avlod­
ga yetkazish, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish, bunda «fikr­
ga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan 
kurashish» har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Mazkur o‘quv qo‘llanma «Ekstremizm va terrorizmga qarshi 
kurashning ma’naviy­ma’rifiy asoslari» maxsus kursi uchun tayyor­
langan bo‘lib, unda yoshlar ongida ekstremizm, mutaassiblik ham­
da missionerlikning salbiy oqibatlari haqida atroflicha bi 
lim va 
ko‘nikmalar hosil qilinadi. 
Shuningdek, kelajak avlodni insonparvarlik ruhida tarbiyalashda 
diniy va dunyoviy qadriyatlar uyg‘unlashuvi, oiladagi va jamiyatda­
gi muhitning tarbiyaviy ta’siri beqiyos o‘rin tutadi. Ota­bobo larimiz 
tomonidan ming yillar davomida shakllantirilgan va asrlar osha 
sayqallanib kelayotgan, ma’naviy merosimiz bo‘lgan diniy qadriyat­
lar yoshlar dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi. Farzand­
larni dunyoviy va diniy qadriyatlar uyg‘unligida tarbiyalash orqa­
li amalda sog‘lom e’tiqod shakllanadi hamda har xil bid’at­xurofot 
amallarni farqlash, turli diniy oqim va yo‘na lishlar ta’siri hamda 
aqidasiga qarshi immunitet hosil qilish imkonini yaratadi.
Shu o‘rinda qayd etish lozimki, mazkur o‘quv qo‘llanmani 
tayyorlashda ushbu fan doirasidagi xorijiy adabiyotlardan keng «is­
tifoda» etildi. Zotan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim 
vazirligining «2016–2017­o‘quv yilidan oliy ta’lim muassasalarida 
o‘quv jarayonini takomillashtirish va fanlarning zamo naviy o‘quv 
adabiyoti ta’minotini yaratish maqsadida xorijiy o‘quv adabiyotlarini 
tarjima qilish» bo‘yicha topshirig‘idan (№ 87­01/1­39, 05.03.2016­
y.) kelib chiqib, «Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash­
ning ma’naviy­ma’rifiy asoslari» fani uchun xorijiy adabiyotlardan 
keng foydalanildi.


7

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə