Va terrorizmga


-mavzu. EKSTREMIZM, MUTAASSIBLIK VA



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/68
tarix23.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#156398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari

1-mavzu. EKSTREMIZM, MUTAASSIBLIK VA
TERRORIZMNING MAZMUN-MOhIYATI
1. Ekstremizm, aqidaparastlik va mutaassiblikning maz­
mun­mohiyati.
2. Terrorizm tushunchasi va uning asosiy belgilari.
3. Islom niqobidagi ekstremizmning g‘oyaviy ildizlari.
4. Soxta salafiylik harakatining yuzaga kelishi va g‘oyaviy 
asos lari.
Tayanch so‘z va iboralar: ekstremizm, diniy ekstremizm
fundamenta 
lizm, mutaassiblik, aqidaparastlik, terrorizm, xalqaro 
terro rizm, xorijiylar, soxta salafiylar.
Ekstremizm va terrorizm kabi hodisalarning ildizlari uzoq 
tarixga borib taqalsa­da, ular hech qachon ijtimoiy barqarorlik 
va taraqqiyot uchun bugungidek tahdid solmagan. Zero, hozirda 
ekstremizm va terrorizm global xarakterga ega bo‘ lib, dunyoning 
barcha mamlakatlari hamda mintaqalariga birdek xavf solmoq­
da. Shunday ekan, uning oldini olish va unga qarshi kurashish 
insoniyatning istiqboliga daxldor masalaga aylangandi.
Ekstremizm (lotin: «aql bovar qilmas darajada», «haddan 
oshish») jamiyatda qabul qilingan qonun­qoidalarga zid radikal 
qarashlar va harakatlarni anglatadi. Ularga diniy tus berish esa, 
ekstremizmga olib keladi. 
Diniy ekstremizm – jamiyat uchun an’anaviy bo‘lgan diniy 
qad riyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid g‘oyalarni aldov 
va zo‘rlik bilan targ‘ib qilishga asoslangan nazariya va amaliyot­
ni anglatadi. 
Ekstremistik qarashlarni barcha dinlarda, buddizm, xristian­
lik, islomdagi turli oqimlarda uchratish mumkin. Masalan, mu­
taxassislar katolik cherkovining erkin fikr yurituvchi, hukmron 
feodal­katolik cherkovi aqidalarini rad etuvchi kishilar – papa 
hokimiyati dushmanlarini ta’qib qilish uchun XIII asrda tuzilgan 
va minglab odamlarning qurbon bo‘lishiga olib kelgan inkvizit­


8
siya faoliyatini ham ekstremizmning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida 
baholaydilar. Ammo hozirda islom dini niqobi ostidagi diniy­si­
yosiy harakatlar a’zolari tomonidan turli jinoyatlar sodir etilayot­
gani jamiyat xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə