Va terrorizmga


Islom niqobi ostidagi ekstremizmning g‘oyaviy ildizlari



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/68
tarix23.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#156398
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   68
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari

Islom niqobi ostidagi ekstremizmning g‘oyaviy ildizlari. Diniy 
mutaassiblikning tarixiy ildizlari va hozirgi kunda dunyoda
ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasida ekstremistik guruhlar­
ning paydo bo‘lishi va faollashuvi sabablari, usullari qayerdan 
kelganini o‘rganish ularga qarshi kurashda eng muhim vosita 
hisob lanadi. 
Islom niqobi ostida paydo bo‘lgan ekstremistik harakatlar ta­
rixiga e’tibor beradigan bo‘lsak, ularning ildizlari uzoq o‘tmish­
ga, hatto islom tarixining birinchi asriga borib taqa lishini ko‘rish 
mumkin. Uning ilk vakillari sifatida 657­yili xa lifa Ali (r.a.) 
askaridan ajralib chiqqan, haqiqiy musulmon safla riga qo‘shil­
maganlarni «dindan qaytgan» deb e’lon qilib, ularga qarshi 
murosasiz kurash olib borgan «xorijiylar» (arab: ajra lib chiqqan­
lar, isyonchilar) diniy­siyosiy oqimi faoliyati fikri mizning isbo­
ti bo‘la oladi. 
Xorijiylik yo‘nalishi va ta’limoti. Xalifa Usmon ibn Affon (r.a.) 
(644–656) davriga kelib islom jamoasi ichida fitnalar paydo bo‘ldi. 
Usmon (r.a.)ga uyushtirilgan suiqasd (656­y.) ham ana shu siyosiy 
kurashlarning natijasi edi. Xalifa o‘ldirilgach, uning o‘rniga Ali 
ibn Abu Tolib (r.a.) (656–661) saylandi.


19
657­yil (37­hijriy)da Shomning (Suriya) shimoli­sharqida joy­
lashgan Siffin mavzesida xalifa Ali (r.a.) qo‘shini bilan u yer­
ning hokimi Muoviya (r.a.) qo‘shini o‘rtasida «Jamal voqeasi»dan 
bir oy o‘tib, to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Ushbu to‘qnashuvga 656­
yil uchinchi xalifa Usmonning (r.a.) o‘ldirilishi munosabati bilan
Ali (r.a.) va Muoviya (r.a.) tarafdorlari o‘rtasidagi keskin qara­
ma­qarshiliklar sabab bo‘ldi. Marhum xalifaning yaqin qarin­
doshi bo‘lgan Muoviya (r.a.) xalifalik taxtini egallagan Ali (r.a.)
dan aybdor jinoyatchilarni jazolashni talab qilib, shundan so‘ng­
gina Ali (r.a.)ga bay’at qilishni ma’lum qildi. Jang to‘qqiz kun 
davom etdi. Ali (r.a.)ning qo‘li baland kelib turganda, Muoviya 
(r.a.) tarafdorlari xiyla ishlatdilar. Ular Amr ibn Oss (r.a.) ko‘rsat­
masi bilan katta nayzalar uchiga yangi ko‘chirilgan Mushaf varaq­
larini ilib, Qur’on bilan hukm chiqarishni talab qildilar. Muoviya 
(r.a.)ning janjalni sulh orqali hal qilish haqidagi taklifini Ali (r.a.) 
qabul qilgach, jang to‘xtatildi. Ali va Muoviya (r.a.)lar o‘rtasi­
da hijriy 37­yil safar oyining 15­kuni (mil. 657­yil 8­sentyabr)da 
sulh tuzildi. Mazkur «Siffin» jangi musulmonlar uchun juda kat­
ta yo‘qotish bo‘ldi. Unda hammasi bo‘lib to‘qson ming musul­
mon halok bo‘ldi. Aynan «Jamal» va «Siffin» janglari musulmon­
lar o‘rtasida dastlabki bo‘linishlar va turli firqalar kelib chiqishiga 
sabab bo‘ldi.
Ahli sunna va­l­jamoa e’tiqodiga ko‘ra, sahobiylar orasida yuz 
bergan bu vaziyatlarda ular ayblanmay, ularning bari haqni izla­
gan mujtahidlar hisoblanadilar. Umumiy qoidaga asoslanib, ular­
dan qaysi birlari to‘g‘ri ijtihod qilgan bo‘lsalar ikki ajr, xato ijti­
hod qilgan tarafga esa bir ajr beriladi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə