Variant-1 Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti



Yüklə 64,43 Kb.
səhifə10/13
tarix23.09.2023
ölçüsü64,43 Kb.
#123392
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
javob

Birinchidan, kutilayotgan global iqtisodiy pasayish va pandemiyaga qarshi ko`rilayotgan choralar iqtisodiy faollikni pasayishiga olib keladi. Bunda import va shunga mos ravishda xorijiy valyutaga bo`lgan talabning ham pasayishi kuzatilmoqda;
Ikkinchidan, iqtisodiy o`sishning sekinlashishi va koronavirusning sezilarli ta`siri bo`lgan sektorlarda kreditlarni qaytarish jadvallarini qayta ko`rib chiqilishi va muddatlarini uzaytirilishi hisobiga bank kreditlariga bo`lgan talabning avval prognoz qilingan ko`rsatkichlarga nisbatan sezilarli darajada kamayishi kutilmoqda;
Uchinchidan, inqirozga qarshi jamg`armani shakllantirishda asosan tashqi manbalarga urg`u berilayotganligi valyuta bozoriga qo`shimcha taklif olib keladi;
To`rtinchidan, oltin narxining o`sishi hisobiga Markaziy bankning oltin valyuta zahiralari neytralligi tamoyili asosida amalga oshiriladigan doimiy valyuta intervensiyalari hajmi o`tgan yildagiga nisbatan o`rtacha 30 foizga oshishiga imkon yaratadi.
Qayd etish lozimki, bugungi kun holatiga xo`jalik yurituvchi sub`ektlar tomonidan valyuta tushumlari va chet el valyutasini sotish hajmlari o`tgan oylar darajasida saqlanib qolmoqda.
Hozirda asosiy savdo hamkor davlatlar valyuta kurslarida kuzatilayotgan keskin tebranishlarni ushbu davlatlarda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida barqarorlashuvi ehtimoli yuqori bo`lib, kelgusida dunyodagi koronavirus bilan bog`liq vaziyat normallashishi hisobiga jahon bozorlarining asta-sekin muvozanatlashishi hamda yuqorida qayd etilgan xorijiy valyutalar kurslari qadrining ma`lum darajada oshishi kutilmoqda.
Kelgusida so`m almashuv kursi shakllanishi iqtisodiyotning importga bo`lgan talabi, eksport va pul o`tkazmalaridan valyuta tushumlariga darajasi bilan bog`liq. Bugungi kungacha qilingan tahlillar milliy valyuta almashuv kursi dinamikasida ma`lum bir kichik to`g`irlanishlar bo`lishi mumkinligini va so`mning keskin devalvasiyasi bo`yicha ehtimollarning yuqori emasligini ko`rsatmoqda.
Shu bilan birga, aholi va xo`jalik yurituvchi sub`ektlar orasida asossiz spekulyativ kutilmalarning paydo bo`lishini oldini olish maqsadida ichki valyuta bozoridagi holat va unga ta`sir etuvchi omillar to`g`risidagi ma`lumotlar muntazam e`lon qilib boriladi.

2.Tovar ishlab chiqarish



Yüklə 64,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə