Variant-1 Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti



Yüklə 64,43 Kb.
səhifə6/13
tarix23.09.2023
ölçüsü64,43 Kb.
#123392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
javob

Iqtisodiy kategoriyalar. Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiy jarayonlarning alohida tomonlarini tavsiflaydigan kategoriyalarning mazmunini ham ochib beradi.
Iqtisodiy kategoriyalar - doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushunchadir.
Iqtisodiy kategoriyalar real iqtisodiy hodisalarning mohiyatini ifoda etadigan ilmiy tushuncha bo‘lib, ilmiy tafakkur mahsulidir. Ular nihoyatda ko‘p va xilma-xildir. Bozor, pul, tovar, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat, moliya, kredit, bank va boshqa shu kabi tushunchalar iqtisodiy kategoriyalarga misol bo‘la oladi. Iqtisodiy qonunlardan farq qilib, ilmiy kategoriyalar, iqtisodiy hodisalarning mazmunini ifoda etadi. Iqtisodiy printsiplar va modellar omillardan faqatgina Pepsi ichimligin narxigina iqtisodiy baholashni tahlil qilishda va iqtisodiyotni qanday ishlashini tushunishda juda qo’l keladi. Bu tushunchalar iqtisodiy tizim ichida sodir bo’ladigan sabab va oqibatni anglash vositalaridir. Yaxshi nazariyalar o’z navbatida kengroq tushunishga va to’g’ri baholashga yordam beradi. Ular haridor va ishlab chiqaruvchi orasidagi munosabatlarga bog’liq faktlarga tayanadi.


2.Pul va tovar munosablari bo’g’liqligi
Tovar-pul munosabatlarini tushunishda tovarning mazmunini, uning xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga ega. Tovarga ta’rif berishda ham iqtisodchilar tomonidan turlicha yondashuvlar mavjud. Jumladan, E.F.Borisov ta’rifiga ko‘ra «Tovar – bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida ayirboshlashga mo‘ljallangan, mehnat orqali yaratilgan ijtimoiy naflilikdir». Bundan ko‘rinadiki, u tovarga inson mehnati mahsuli sifatida qaraydi. Pul – bu hamma tovarlarni sotish va sotib olish mumkin bo‘lgan, umumiy ekvivalent rolini o‘ynovchi maxsus tovardir.
Pulning qiymat o‘lchovi vazifasini ideal pul bajaradi. Tovar egasi yoki sotib oluvchi fikran ideal ravishda shu tovarning almashuv qiymatini pul bilan ifodalaydi. Tovarning narxi talab va taklif miqdori teng bo‘lgan taqdirdagina uning qiymatiga muvofiq keladi. Aks holda, narx qiymatdan farq qiladi.Tovar almashuv qiymatining pul bilan ifodalanishi uning narxini anglatadi. Tovarning almashuv qiymatini o‘lchash uchun muayyan miqdordagi pul materialini birlik qilib olish zarur. Bunday birlik narxlar o‘lchovi (masshtabi) deb ataladi. Bir tomondan narxlar o‘lchovi har qanday o‘lchov birligi kabi shartlidir. Ikkinchi tomondan esa, u muayyan mamlakatda hamma tomonidan e’tirof etilgan bo‘lishi kerak.
Shuning uchun davlat pul birligi huquqini qonun bilan mustahkamlaydi, bu birlik shu tariqa rasmiy tan olinadi.
Tovar muomalasi jarayonida naqd pul bo‘lishi kerak, chunki tovarlarni oldi-sotdi paytida ularning ramziy narxlari real pulga aylanmog‘i lozim. Bu jarayonda pul muomala vositasi vazifasini bajaradi.
Pul muomaladan chiqarilganda boylik to‘plash vazifasini bajara boshlaydi. Natural xo‘jalik sharoitida boylik to‘plash, jamg‘arish mahsulot jamg‘arish shaklida amalga oshirilgan. Tovar xo‘jaligining rivojlanishi boylik to‘plashning pul jamg‘arish shaklini keltirib chiqaradi.105
Tovarlar nasiyaga to‘lov muddati kechiktirib sotilganda, pul to‘lov vositasi vazifasini bajaradi. Xaridorlar tovarning pulini to‘lov muddati kelgandan keyingina to‘laydi. Pulning bu vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan cheklanmay, pul qarz berilganda, renta va soliqlarni to‘lashda ham to‘lov vositasi vazifasini bajaradi. Qog‘oz pullar, veksel va banknotlar - pulning to‘lov vositasi sifatidagi vazifasidan kelib chiqqan.

Yüklə 64,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə