Variant-1 Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti



Yüklə 64,43 Kb.
səhifə7/13
tarix23.09.2023
ölçüsü64,43 Kb.
#123392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
javob

VARIANT-4
1.Takror ishlab chiqarish jarayonlari

2.Iqtisodiy faoliyat tarkibi


Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi. 2022- yil yanvar-mart oylarida bu xizmatlarning ulushi 25,2 % ni tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar moliyaviy xizmatlar (24,6 %), transport (20,9 %), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (6,4 %), shuningdek, ta’lim sohasidagi xizmatlar bo‘yicha (3,9 %) qayd etildi.Kompyuterlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlarining salmog‘I nisbatan pastroq bo‘lib, ulushi 1,7 % ga teng.


Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xizmatlarning tarkibi:
Savdo xizmatlari – 25,2 %;
Moliyaviy xizmatlar – 24,6 %;
Transport xizmatlari – 20,9 %;
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 6,4 %;
Ta’lim sohasidagi xizmatlar – 3,9 %;
Boshqa xizmatlar – 3,5 %;
Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar – 2,8 %;
Yashash va ovqatlanish xizmatlari – 2,8 %;
Shaxsiy xizmatlar – 2,6 %;
Me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar – 2,0 %;
Ijara xizmatlari – 1,8 %;
Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar –1,8 %;
Kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar – 1,7 %.
VARIANT-5
1.Ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar
Ishlab chiqarish jarayonida bevosita qo‘llaniluvchi barcha resurslar ishlab chiqarish omillari deyiladi. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’iy nazar uchta omil: ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat predmetlari bo‘lishi shart. Bundan ko‘rinadiki, ishlab chiqarish omillari, iqtisodiy resurslardan farqli o‘laroq, o‘z ichiga faqat ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi unsur- larni oladi. Misol uchun, iqtisodiy resursning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblan-gan pul resurslari ishlab chiqarish jarayonida bevosita qo‘llanilmaganligi sababli, ishlab chiqarish omili bo‘la olmaydi. Ishlab chiqarish omillarining mohiyatini yanada kengroq tushunish uchun ularning har birini alohida ko‘rib chiqamiz.
Ishchi kuchi deb insonning mehnat qilishga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobili-yatlarining yig‘indisiga aytiladi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning o‘zi emas yoki uning mehnati ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir.
Mehnat qurollari deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi. Bularga mashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalarni misol keltirish mumkin.
Mehnat predmetlari esa bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalardir. Yer, suv, xomashyo va boshqa turli materiallar mehnat predmetining asosiy turlarini tashkil etadi. Mehnat predmetlari tabiatda tayyor holda uchrashi mumkin yoki oldingi davrdagi mehnat mahsuli, ya’ni xomashyo bo‘lishi mumkin.
Mehnat qurollari va mehnat predmetlari birgalikda ishlab chiqarish vositalari deb yuritiladi. Bu esa mehnat jarayonining tabiatidan kelib chiqadi; shuning uchun ham ishlab chiqarish vositalari barcha ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xosdir.
Ishlab chiqarish omillari insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun umumiy bo‘lsada, bu omillarga turli adabiyotlarda turlicha ta’rif beriladi. Jumladan, «Siyosiy iqtisod» darsliklarida ishlab chiqarishning ikki omili: moddiy va shaxsiy omillari mavjudligi tan olinadi. Bunda mehnat qurollari va mehnat predmetlaridan iborat ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarishning moddiy omilini tashkil etadi, ishchi kuchi esa uning shaxsiy omili deb yuritiladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga doir ko‘pchilik adabiyotlarda esa ishlab chiqarishning to‘rt omili: mehnat, kapital, yer, tadbirkorlik qobiliyati tan olinadi.
Bu yerda ishchi kuchi bilan mehnat o‘rtasidagi farqni anglab olish juda muhimdir. Chunki, mehnat insonning, to‘g‘rirog‘i ishchi kuchining ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyati jarayoni bo‘lib, ishchi kuchi tushunchasidan tamo- mila farqlanadi. Ko‘pgina adabiyotlarda esa ularga sinonim (bir xil tushuncha) sifatida qaralib, bunday holat ko‘plab chalkashliklarni keltirib chiqaradi. Bizga ma’lumki, ishchi kuchi insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyati, uning bilim, malaka darajasi bilan birgalikda ishlab chiqarishda qatnashishiga tayyor turgan omillardan biri hisoblanadi. Mehnat esa barcha omillarning, shu jumladan, ishchi kuchining ishlab chiqarish vositalari bilan qo‘shilishi natijasida sodir bo‘ladigan va ma’lum samara olishga qaratilgan faoliyatdir.
Shuning uchun biz mehnat degan tushunchani emas, balki ishchi kuchi degan tushunchani ishlab chiqarishning omili deb bilamiz va ishlab chiqarish omillari ishchi kuchi, kapital, yer va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat deb ta’kidlaymiz.



1.7.4-rasm. shlab chiqarish omillarining turkumlanishi

Ishchi kuchi insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisi bo‘lganligi uchun bozor iqtisodiyoti davrida inson emas, mehnat jarayoni ham emas, balki ishchi kuchi tovar sifatida sotiladi va sotib olinadi. Ishchi kuchining boshqa tovarlar kabi qiymati va nafliligi mavjuddir va binobarin, uning bozori ham mavjud bo‘ladi. Shuning uchun hozirgi kunda keng qo‘llanilayotgan mehnat bozori tushunchasi o‘rniga ishchi kuchi bozori, mehnat resurslari o‘rniga ishchi kuchi resurslari deyilsa to‘g‘ri va tushunarli bo‘lar edi.

2. Mamlakatimizda tadbirkorlik sub’yektlariga sug’urta tashkilotlari tomonidan berilayotgan imtiyozlar


Sug‘urta - yuridik yoki jismoniy shaxslarning manfaatlarini sug‘urta shartnomasiga muvofiq to‘lash yo‘li bilan himoya qilish, sug‘urta qoplamasi (sug‘urta summasi)ni ma'lum bir hodisa (sug‘urta hodisasi) ro‘y berganda ular tomonidan, ya'ni sug‘urtalanuvchilar tomonidan to‘langan sug‘urta mukofotlaridan, shuningdek sug‘urtalovchining boshqa mablag‘laridan hosil bo‘lgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladigan faoliyat.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda moliya bozorining sug‘urta segmentini rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, respublikada sohaning turli yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatayotgan 30 ta sug‘urta kompaniyasi tomonidan yil mobaynida to‘langan sug‘urta to‘lovlari hajmi 461,1 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Bu esa oldingi yildagiga nisbatan 71 foizga ko‘p. Sug‘urta kompaniyalarining investitsiyalari hajmi esa 2 trln. so‘mga yetib, 35 foiz ortgan.
sug‘urtalanuvchining tadbirkorlik (xo‘jalik faoliyati)ning to‘xtab qolishi yoki sug‘urtalanuvchi tomonidan amalga oshirilgan tadbirkorlik (xo‘jalik faoliyati) ko‘lamining qisqarishi natijasida yuzaga keladigan zararlari, kutilmagan xarajatlar natijasida sug‘urtalanuvchining zararlari (huquqiy himoya bilan bog‘liq xarajatlarni sug‘urtalash shartlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), shartnomalar tuzish va ijro etish bilan bog‘liq faoliyat natijasida yo‘qotishlar;

Yüklə 64,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə