Variant-1 Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti



Yüklə 64,43 Kb.
səhifə8/13
tarix23.09.2023
ölçüsü64,43 Kb.
#123392
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
javob

VARIANT-6
1.Pul va uning funksiyalari

Pul to’rtta, ya’ni qiymat o’lchovi , muomala vositasi, to’lov vositasi va jamg’arma vositasi funksiyalarini bajaradi . Pulning qiymat o’lchovi funksiyasi asosan tovarlar qiymatini baxo shaklida aks ettirish orqali namoyon bo’ladi . Pulning qiymat o’lchovi barcha tovarlar uchun umumekvivalent vositasi sifatida ularning qiymatini o’lchaydi.


Pul - muomala vositasi
Iqtisodiyotda tovarlar harakati pul harakatini keltirib chiqaradi va aksincha, pul harakati tovarlar harakatini ta`minlaydi. Pul yordamida tovarlar oldi-sotdi qilinadi. Pulning muomala vositasi ekanligi tovarlarni naqd pulga sotilishi jarayonida namoyon bo`ladi. Bu vazifani banklar tomonidan muomalaga chiqariladigan banknotlar va tangalar bajaradi. Bunda tovar harakati pul harakatiga mos keladi, ya`ni bir vaqtning o`zida pul to`lanadi va tovar sotib olinadi.
Masalan, talaba do`konga kirib pul to`lab kitob yoki daftar sotib oldi. Pul muomala vositasi sifatida quyidagi xususiyatlarga ega:
- bu vazifani faqat naqd pullar bajaradi;
- tovar va pul o`zaro qarama-qarshi yo`nalishda harakat qiladi.
- tovar va pul harakati bir vaqtda yuzaga keladi;
- tovar sotuvchi va sotib oluvchi o`rtasidagi munosabat tugallanadi, tomonlar tovarga yoki pulga ega bo`ladilar.
Pul ishtirokisiz tovarni tovarga almashtirish barter deyiladi. Barter ma`lum kelishilgan narxlarda amalga oshiriladi.
Barter bozor iqtisodiyotiga to`g`ri kelmaydi, shu sababli pul qadrsizlangan, tovar topish mushkul bo`lgan sharoitda amalga oshiriladi.
2.Mamlakatimizda tadbirkorlik sub’yektlariga banklar tomonidan berilayotgan imtiyozli kreditlar

Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyalashtirish uchun banklarga 300 mln dollar ekvivalentida kredit liniyasi ajratiladi. Mablag‘larining kamida 70 foizi shaharlardan tashqari hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlarga ajratiladi. Kreditlar yillik 14 foiz stavkada, 5 mlrd so‘mgacha miqdorda ajratiladi.


Prezidentning «Hududlarda tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot Telegram kanali xabar berdi.
Qarorga ko‘ra, kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini moliyalashtirish uchun banklarga 300 mln dollar ekvivalentida kredit liniyasi ajratiladi.
Bunda:

  • kredit liniyasi tijorat banklariga 7 yil muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 10 foiz stavkada milliy valyutada;

  • banklar tomonidan kreditlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun yillik 14 foiz stavkada, 5 yilgacha muddatga, shu jumladan, 2 yilgacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 5 mlrd so‘mgacha miqdorda;

  • tadbirkorlarning faoliyat davri 6 oygacha bo‘lganda 1 mlrd so‘mgacha, 6 oydan 1 yilgacha bo‘lganda 2 mlrd so‘mgacha, 1 yildan 2 yilgacha bo‘lganda 3 mlrd so‘mgacha, 2 yildan 3 yilgacha bo‘lganda 4 mlrd so‘mgacha va 3 yildan oshganda 5 mlrd so‘mgacha kreditlar ajratiladi.

Qayd etilishicha, kredit liniyasi mablag‘larining kamida 70 foizi Nukus shahridan, viloyatlarning ma’muriy markazlaridan va viloyat bo‘ysunuvida bo‘lgan shaharlardan tashqari hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlarga ajratiladi.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 15 aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda hududlardagi kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish uchun banklarga 300 mln dollar ajratilishini ma’lum qilgan edi. Bu mablag‘ tadbirkorlar uchun eng yaxshi shartlar taklif qilgan banklarga 7 yil muddatga 10 foiz stavkada milliy valyutada joylashtiriladi. Mazkur yig‘ilishda davlat rahbari ajratilayotgan mablag‘lar xalqning puli ekani, biroq banklar eng katta poraxo‘rlik bilan shug‘ullanayotganini ta’kidladi.
«Ajratiladigan har bir dollar, har bir so‘m — budjetdanmi, bankdanmi — bu hammasi xalqning puli. Infrastruktaraga javob beradigan gaz, suv, svet vahokazo — o‘shalar juda katta poraxo‘rlik bilan shug‘ullanyapti. Banklar juda katta poraxo‘rlik bilan shug‘ullanyapti. Menda juda katta ma’lumot bor. Shuncha qiynalib topgan pulimizni halollik bilan xalqimizga yetkazib berish bo‘yicha harakat qilyapmiz, lekin yo‘limizda — [noqonuniy] yer berish, yer olish, yer sotish… Bilasizlarmi, menga qanday alam qiladi bu narsalarni eshitish», — dedi prezident Shavkat Mirziyoyev

Yüklə 64,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə